74
Uchinchi bobda, Marks Yangi tushuncha, «takror ishlab chiqarish»
tushunchasini kiritib, uni qiymat formasiga aylantirilgan tushuncha deb ataydi. U
ishlab chiqarish vositalarini xarid etish xarajatlari, va ishchi kuchining
daromadning barcha sohalari uchun o`rtacha ko`rinishi deb atagan. Ishlab chiqarish
qiymati tushunchasi, iqtisodchilar orasida ko`plab munozaralarni keltirib chiqardi.
Eslatib o`tamizki, Smitdan keyin, mehnat qiymati nazariyasi va qiymat
nazariyasining mo„ayyan xarajatlar bilan talqin etilishi, mumtoz siyosiy iqtisod
doiralaridagina qarama - qarshi qo`yilar edi.
Shu sababli kapital asarining uchinchi tomi nashr etilganidan keyin,
«Kapitalning» birinchi va uchinchi tomlari orasidagi qarama - qarshiliklar haqidagi
ta`kidlar paydo bo`ldi, Chunki ularda, qiymatning turli nazariyalari qo`llanilgan,
ya`ni mehnat nazariyasi va xarajat nazariyasi.
Marksistlar («Kapital» asari uchinchi tomi nashr etilgan davrda Marks vafot etgan
edi), bunga javoban bir toifa, boshqa toifadan kelib chiqganligini ta`kidlashar edi;
mashhur nemis iqtisodchisi V. Zombert ta`kidlashicha, mehnat qiymati
qiymatning real tushunchasini mantiqiy asosi bo`lib, xarajatlar bilan belgilanadi,
ammo munozaralar keng tarqalmadi, Chunki mumtoz siyosiy iqtisodiyot davr
diqqat e`tiboridan tushib kelayotgan edi. Kapital boshqa iqtisodiy toifalari orasida,
zamonaviy iqtisodiy fan, Marksning jamiyat ishlab chiqarish va sohalararo
raqobatchilik, hamda kapitalning o`zgaruvchanlik nazariyasini Marksning
iqtisodiyot faniga asosiy hissasi deb qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: