75
Marks nazariyasining Kene jadvalidan yana bir farqli tomoni Shu ediki,
Kene sodda ishlab chiqarishni ko`rib chiqgan, marks esa sodda ishlab chiqarish
bilan bir qatorda keng qamrovli ishlab chiqarishni ham ko`rib chiqgan.
Marksning jamoatchilik ishlab chiqarilishi kengaytirilgan sxemalari
mohiyatan iqtisodiy o`sishning birinchi modeli edi.
Tarmoqlararo
raqobatchilik.
Marks
sohalararo
raqobatchilik
tushunchasini kiritib, bu tushuncha ichki sohaviy raqobatchilikdan farqli o`laroq,
bir - xil turdagi tovarlar sotilishi uchun raqobatchilikni emas, kapitalning eng
daromadli sohalarga yo`naltirilishi uchun raqobatchilikni bildiradi.
Bunda, «Kapital» asarining 3 tomida, Marks qo`shimcha qiymat tushunchasini
qo`llamay, uning o`zgargan shakli daromad tushunchasidan foydalangan. Xalq
xo`jaligining turli sohalari, turli daromad normalariga egaligi, ya`ni daromadning
avanslangan kapitalga nisbati turlichaligi sababli (m/c+v), kapital kam daromadli
sohalardan yuqori daromadli sohalarga o`tuvchanligi boshlanadi. Bu holat,
korxonaning kam daromadli sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar yopilishi,
yuqori daromadli sohalarda Yangidan - Yangi korxonalar qurilishida namoyon
bo`ladi. Natijada, kam daromadli sohalarda, taklif pasayib boradi, narx va
daromadlar esa o`sadi, yuqori daromadli sohalarda esa teskari jarayon kuzatiladi.
Umuman olganda iqtisodiyot, barcha sohalar uchun o`rtacha daromadni
shakllantirishga harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: