73
iqtisodiyotni tilga olib, iqtisodiyot birinchi navbatda texnika
rivojlanish darajasi
tomonidan belgilanadi (Ishlab chiqarish kuchlari). Iqtisodiyotga aloqasi bo`lmagan
boshqa barcha jamiyat munosabatlari (siyosiy, madaniy va boshqalar), bazis
poydevoriga asoslangan qurilmalardir. Shunday qilib, texnika (ishlab
chiqarish
kuchlari) iqtisodiyot tavsifini belgilaydi (ishlab chiqarish munosabatlari),
iqtisodiyot esa barcha jamoatchilik munosabatlari uchun tavsiflidir. Shu bilan
birgalikda, mo„ayyan jamoatchilik munosabatlarini (Shu jumladan iqtisodiy
munosabatlar:
kapitalistik, kichik tovar yoki sotsialistik) tabiiy deb hisoblagan
mumtoz siyosiy iqtisodning boshqa namoyandalaridan farqli o`laroq, Marks tarixiy
yondashuvni qo`llab, jamiyat formatsiyalari bir - birini faqatgina inqilobiy yo`l
bilan o`rin almashishini isbotlagan, ammo nima bo`lganida ham, tabiiylik g`oyasi
uning asarlarida baribir mavjud, Chunki kommunistik formatsiya o`z
sxemasiga
ko`ra oxirgi va to`laqonlidir.
O`zining jamiyat formatsiyalari haqidagi nazariyasini Marks kapitalistik
iqtisodiyotning tarixan o`zgaruvchan tavsifining isboti sifatida qo`llagan. Uning
fikricha, mazkur iqtisodiyot baribir sotsialistik iqtisodiyotga o`z o`rnini bo`shatib
beradi.
Dostları ilə paylaş: