Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Ouen qiymat nazariyasi va nasroniy faylasuflarning adolatli qiymat 
nazariyasi o`xshash tomonlari nimada? 
2. Adolatli almashinuv bozorlarining tanazulga uchraganligi sabablari nimada? 
3. Sismondi va Ouen realizatsiya nazariyasining o`xshash va farqli tomonlari. 
 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 
1. Оуэн Р. Избранные сочинения: В 2 т. М.; Л., 1950. 


69 
VIII-BOB. XIX ASR O`RTALARIDA MUMTOZ SIYOSIY IQTISODNING 
TUGASHI 
 
8.1. Dj.S. Mill` iqtisodiy nazariyasi 
XIX asrning o`rtalarida mumtoz siyosiy iqtisod yuqorida ko`rsatilgan uch 
yo`nalish doirasida rivojlanishni davom ettirdi, ammo asrning o`rtalariga kelib, 
mazkur metodolik yondashuvlardan kapitalistik iqtisodiyot tadqiqotlari, o`zining 
mantiqiy 
yakuniga 
etib 
keldi. 
1848 
yilda, 
mumtoz 
siyosiy 
iqtisod 
nazariyachilaridan biri Dj. S. Mill` yozishicha, - «Qiymat qonuniyatlarida 
zamonaviy yoki kelajakda tug`ilajak mualliflar aniqlashi mumkin bo`lgan hech 
narsa qolmadi. Mumtoz siyosiy iqtisod, natijalarini aniqlashtirish davri kelib, uning 
asosiy toifalari tenglashtirila boshlandi». Bu ish, XIX asr o`rtalari mumtoz siyosiy 
iqtisodning yirik namoyandalaridan Dj. S. Mill` va K. Marks tomonidan amalga 
oshirildi. 
Shu bilan birgalikda, ularning asarlarida, Yangicha nazariy yo`nalishlarni 
metodolik elementlari aks etgan bo`lib, ular mumtoz siyosiy iqtisod o`rnini bosdi. 
Ushbu yo`nalishlar Mill` g`oyasi bo`yicha «Marjinalizm» va Marks fikriga ko`ra 
esa «Institutsionalizm» nomini oldi. Mazkur Yangi yo`nalishlar, XIX asrning 
oxirida iqtisodiy fandan mumtoz siyosiy iqtisodni siqib chiqara boshladi, ammo 
iqtisodiy ta`lim sohasida u XX asr boshigacha hukmronligini davom ettirdi. 
Faqatgina mumtoz siyosiy iqtisod tarafdorlari bo`lmish marksistlar, iqtisodiy 
tadqiqotlarni XX asrda ham davom ettirshdi.
Iqtisodchi va faylasuf Djon Styuart Mill` (1806-1873), iqtisodchi Djeyms 
Mill`ning o`g`li edi. Dj. S. Mill`ning o`zini Rikardo maktabi tarafdori deb 
hisoblagan, ammo haqiqatda XIX asr birinchi yarmi mumtoz iqtisodchilari barcha 
nazariyalarini umumlashtirgan bo`lsa ham , Dj. S. Mill` falsafa sohasida O. Kant 
va G. Spenser bilan bir qatorda pozitivizm nazariyasi asoschisi bo`ldi. Bundan 
tashqari, u faol jamiyat arbobi, parlament a`zosi bo`lib, kambag`allar, yollanma 
ishchilar, xizmatchilar va ayollar huquqlarini kengaytirish uchun kurash olib 
borgan. Uning fikricha, insoniyat rivojlanishining hozirgi holatida asosiy maqsad, 
xususiy mulk tizimini barham qilish emas, jamiyat tomonidan kelitirib chiqarilgan 
foydalarda jamiyatning barcha a`zolari qatnashishi uchun teng to`liq huquqlarni 
bergan holda, bu tizimni yaxshilashdan iborat. Mill`ning asosiy iqtisodiy asarlari 
«Siyosiy iqtisodning ba`zi echilmagan muammolariga nisbatan ocherklar» (1844) 
va «Siyosiy iqtisod asoslari va ularning ijtimoiy falsafada qo`llanilish mo„ayyan 
aspektlari» (1848) deb nomlanadi. Bu asarlar yarim asr davomida universitet 
siyosiy iqtisod kurslari asosi sifatida o`rganilgan. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin