qoidalar to’g’ri bo’lgan holda fikrning mantiqiyligi uning tafakkurda, tushunchalar harakatida
aks etishida namoyon bo’ladi. Inson teran fikr yuritishida, mantiq qonunlariga bo’ysunadi, uning
biron-bir tamoyilini buzmaydi.
Hozirgi zamon fani va texnikasi qarshisida ko’ndalang bo’lgan muammolarning
murakkabligi mantiqni faol rivojlantirish, tafakkurning mantiqiy apparatini, ayniqsa kibernetika
texnikasining juda o’sgan talablari bilan muvofiq holatga keltirishni talab qildi. Bu muhim
ehtiyoj mantiqda yangi yo’nalishlar – ko’p ma’noli, ehtimol tutilgan va boshqa mantiqiy
fanlarning paydo bo’lishini belgilab berdi, formal mantiqni matematika bilan yaqinlashtirdi va
matematik mantiq yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Ob’yektiv borliq jarayonlarining aloqasi, ularning rivojlanishi o’ziga xos «narsalar
mantig’i», ob’yektiv mantiqni tashkil etadi. Bu mantiq bizning tafakkurimizda tushunchalar
aloqasi ko’rinishida aks etadi – bu sub’yekt mantig’i tafakkur mantig’i. Fikrlarimizning
mantiqiyligi shu bilan belgilanadiki, biz narsalarni ular amalda qanday bog’langan bo’lsa,
shunday bog’laymiz. Hamonki borliq dialektika qonunlariga bo’ysunar ekan, inson tafakkurining
mantig’i ham shu qonunlarga bo’ysunishi lozim.
Dostları ilə paylaş: