5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/35
tarix21.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#118930
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
5 mavzu gnoseologiya a007a4c8ca028358a58bf353c8ff4093

Gipoteza – yangi dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi 
asosli taxmindir. Gipoteza olimlar tomonidan ilmiy muammoning qo’yilishiga sabab bo’lgan 
ilmiy dalillarni taxminiy tushuntirish maqsadida ilgari suriladi. Gipoteza tekshiriladigan bo’lishi 


lozim, u empirik tekshirish imkonini beruvchi oqibatlarga olib keladi. Agar bunday 
tekshirishning iloji bo’lmasa, gipoteza ilmiy jihatdan asossiz hisoblanadi.
Gipoteza formal-mantiqiy qarama-qarshiliklardan xoli va ichki izchillikka ega bo’lishi 
lozim. Gipotezani baholash mezonlaridan biri – uning mumkin qadar ko’proq ilmiy dalildan 
kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish qobiliyati. Biroq ilmiy muammoni qo’yish bilan bog’liq 
dalillarni tushuntiruvchi gipotezani ilmiy jihatdan asosli deb bo’lmaydi.
Gipoteza ilgari ma’lum bo’lmagan narsalar va hodisalarni, empirik tadqiqot jarayonida 
hali aniqlanmagan yangi ilmiy dalillarning paydo bo’lishini bashorat qiladi. Gipoteza mumkin 
qadar sodda bo’lishi lozim. U oz sonli asoslar bilan ko’p sonli hodisalarni tushuntiradi. Unda 
ilmiy dalillarni va gipotezaning o’zidan kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish zarurati bilan 
bog’liq bo’lmagan ortiqcha farazlar bo’lmasligi kerak. Gipoteza qay darajada asosli bo’lmasin, u 
nazariyaga aylanmaydi. SHu sababli ilmiy bilishning navbatdagi bosqichi – gipotezaning 
haqiqiyligini asoslash serqirra jarayon bo’lib, mazkur gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarning 
mumkin qadar ko’prog’i o’z tasdig’ini topishi lozimligini nazarda tutadi. SHu maqsadda 
kuzatish va eksperimentlar o’tkaziladi, olingan yangi dalillar gipotezadan kelib chiqadigan 
oqibatlar bilan taqqoslanadi. Empirik darajada qancha ko’p oqibatlar o’z tasdig’ini topgan bo’lsa, 
ularning boshqa gipotezadan kelib chiqish ehtimoli shuncha kam bo’ladi. Gipotezaning eng 
ishonarli tasdig’i – empirik tadqiqot jarayonida gipotezada bashorat qilingan oqibatlarni 
tasdiqlovchi yangi ilmiy dalillarning aniqlanishidir. SHunday qilib, har tomonlama tekshirilgan 
va amalda o’z tasdig’ini topgan gipoteza nazariyaga aylanadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin