O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Ushbu o`quv modulining maqsadi amaliy masalalarning modellarini qurish,
chiziqli dasturlash masalalarini grafik metodda echish,
chiziqli programmalash
masalasining tayanch yechimini toppish ko`nikma va malakalarini hosil qilishdan
iborat.
Har bir o`quv moduli boshlang’ich nazoratdan iborat bo`ladi. Buning uchun
mavzusiga oid 10 yoki 15 ta testlar tavsiya qilinadi.
Bu talabalarning modulga
tayyorgarligi, ularda mavzu bo`yicha dastlabki bilimlarning shakllanganlik darajasini
aniqlab olish uchun zarur bo`ladi.
Modulning ikkinchi bosqichida ushbu o`quv modulining modulli dasturdagi
o`rni, uning oldingi o`quv moduli bilan bog’liqligi, asosiy maqsadi nima ekanligi
qisqacha bayon etiladi. Modulni bajarish uchun qaysi o`quv
darsliklari va
qo`llanmalar zarur bo`lishi hamda modulning qisqacha sharhi yozib qo`yilishi
maqsadga muvofiq.
Fanning ishchi dasturida “Chiziqli dasturlash masalalarini echish” modulining
ikki soat nazariy mashg’ulotning mavzusi “Chiziqli programmalash masalalarini
geometrik usulda echish”. Mavzuda o`rganilishi lozim bo`lgan asosiy tushunchalar va
ulardan foydalanish jarayonlarini talabaga tushuntirib berish kerak. Shu asosida
tegishli o`quv materiali hajmini hisobga olgan holda mavzuni bir-biri bilan bog’liq
bo`lgan bo`laklarini
birlashtirib, o`quv elementlarini hosil qilishga o`tamiz. Shu
asosda bu 2 soat uchun mo`ljallangan dars mavzusi asosida 2 ta o`quv elementiga
ajratamiz:
1. Funktsiyalar grafigini qurish.
2. Optimal yechimni topish
3.
Bunda 1-o`quv elementi bo`yicha o`qituvchi talabalar bilimlarini nazorat
qiladi va ularda mavjud bilimlarni yodiga tushiradi. Ikkinchi o`quv elementida
optimal yechimni topish usulining mohiyati o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
Dars oxirida esa nazorat savollari yoki testlar
yordamida talabalarning
o`zlashtirganlik darajasi baholanadi.
Dostları ilə paylaş: