O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
3.2.Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan
modulli ta`lim texnologiyasi asosida bilim va malakalarni hosil qilish
Modulning amaliy mashg’ulotlari ma`ruzalar bilan birga tuziladi, ular ma`ruzalar
mazmunini o`rganiladigan yangi material bilan to`ldiradi. Talabalar ma`lum amaliy
ko`nikmalarga ega bo`ladilar. Amaliy mashg’ulotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda
nazariy mashg’ulotlarda olgan bilimlar mustahkamlanib, yangi material bilan
to`ldirilgan bo`lishi kerak.
Talabalar chuqur bilimga ko`proq amaliy mashg’ulotlarda ega bo`ladilar, chunki
amaliy mashg’ulotlar bevosita nazariyani amaliyotga tatbiqi bilan olib boriladi.
Bunda talabalar nafaqat eshitadilar, balki bevosita masalalaryechib, natijalar oladilar.
Bu esa talabalarda malaka va ko`nikmalarni hosil qiladi [12].
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o`quv dars ishlanmasi.
4-Modul: “Chiziqli dasturlash masalalarini echish”
Yo`nalishi: Kasb ta`limi “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-
kommunikatsiya tizimlari”
I. Maqsad
Chiziqli dasturlash masalalarini echish usullari haqida talabalarda bilim va
ko`nikmalar hosil qilish.
II. O`quv modulining vazifasi.
1. Chiziqli dasturlash masalalarining qo`yilishi. Chiziqli dasturlash
masalalarini kanonik formaga o`tkazishni o’rganish;
2. Chiziqli dasturlashning amaliy masalalarining modellarini qurishni
o’rganish;
3. Chiziqli programmalash masalalarini geometrik usulda echishni o’rganish;
4. Chiziqli programmalash masalasining tayanch yechimini topishni o’rganish.
Dostları ilə paylaş: