axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish fanidan modulli oqitish uslubiyotini yaratish chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish
Elektr tokining inson organizmiga ta`siri Elektr tokidan inson organizimidan termik (ya`ni issiqlik), elektrolitik va
biologik ta`sir ko`rsatiladi.
Elektr tokining termik ta`siri inson tanasining ba`zi joylarida kuyish, qon
tomirlari, nerv va xujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. elektrolitik ta`sir esa, qon
tarkibidagi yoki xujayralar tarkibidagi tuzalrning parchalanishi natijasida qonning
fizik va kimyoviy xususiyatlarining o`zgari shiga olib keladigan holat tushuniladi.
Bunda elektir toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimni kesib o`tmasdan
tananing ba`zi bir qisimlarigagina ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Elektr tokining biologik ta`siri – bu tirik organizm uchun xos bo`lgan xususiyat
xisoblanadi. Bu ta`sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson
organizmidagi tirik xujayralar to`lqinlanadi, bunda asosan organizimdagi bioelektrik
jarayon buziladi. YA`ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida
boshqariladi. Bunga tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta`siri
natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati
vujudga keladi. YA`ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba`zi bir
funktsiyalari boshqarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish
tizimining ishlamay qolishi va x.k.
Elektr tokining inson organizmiga ta`sirining xilma xilligidan kelib chiqib, uni
ikki gurupaga bo`lib qarsh mumkin: mahalliy elektr ta`siri va tok urish.
Mahalliy elektr ta`siri - kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo`lishi, terining
metallashib qolishi hollaridir. elektr ta`qsirida kuyish asosan organizim bilan elektr
o`tkazgichi o`rtasida volta yoyi hosil bo`lganda sodir bo`ladi. elektr o`tkazgichdagi
kuchlanishning ta`siriga qarab bunday kuyish turlicha bo`lishi mumkin. Engil kuyish
faqat yallig’lanish bilan chegaralanadi, o`rtacha og’irlikdagi kuyishda pufakchalar
hosil bo`ladi va og’ir kuyishda xujayra va terilar ko`mirga aylanib, og’ir asoratlarga
olib kelishi mumkin. elektr belgilari – bu terining ustki qismida aniq kulrang yoki och
sarg’ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo`lishi bilan ifodalanadi. Bunday
belgilar odatda xavfli emas. Terining metallashib qolishida, odatda erib mayda
zarrachalarga parchalanib ketgan metal teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr
yoyi hosil bo`lganda ro`y beradi. Ma`lum vaqt o`tgandan keyin bu teri ko`chib tushib
ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.
O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish)