O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Mehnat xavfsizligi standartlar tizimining tadbiq qilinishini ta’minlaydi, mehnat
sharoitini
yaxshilash, sanitariya sog’lomlashtirish tadbirlari haqida tuzilgin rejalarni
ko’rib chiqadi va ularni yuqori tashkilotga tasdiqlash uchun taqdim etadi, kasaba
uyushmasi qo’mitasi bilan kelishadi. Nomenkulatura chora tadbirlarining bajarilishi
uchun zarur bo’lgan mablag’ni ajratadi, bajarilishini tekshiradi.
Har yili muhandis - texnik xodimlar kengash o’tkazadi. Statistik hisobot, baxtsiz
hodisalar axborotini o’z vaqtida tavsiya etilishini ta’minlaydi.
Bosh muhandis korxonada barcha tashkiliy - texnikaviy ishlarni bajaradi, buning
uchun mexnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari
lavozimi bo’lishi mumkin. Katta korxonalarda ishlab chiqarish
quvvati xavfsizligi
jihatdan mehnat muxofazasi bo’lishi tashkil etiladi. Kichik korxonalarda esa
xavfsizlik masalalari bilan muhandis shug’ullanadi.
Bosh muhandis korxona bo’yicha mexnat muxofazasi xizmati ishlariga raxbarlik
qiladi, tuzilgan rejani tasdiqlaydi.
Bosh muhandis kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birga xavfsizlik rejalari,
yo’riqnomalarini ko’rib chiqadi, tasdiqlaydi. Malaka oshirish, xavfsizlik texnikasi
bo’yicha sinov, teshirish va o’qitish ishlarini uyushtiriladi. Korxona bo’limlarning
xavfsizlik holatini shaxsan ko’rib chiqadi, qonun
- qoidalarga amal qilish
jarayonlarning bajarishini teshiradi, suxbatlar o’tkazadi. Kamchiliklarni mutasaddi
shaxslarga ko’rsatib maxsus daftarga belgilab qo’yadi.
Mehnatni muxofaza qilish bo’limi (MMQB) o’z faoliyatini korxonaning boshqa
bo’limlari, kasaba uyushmasi qo’mitasi, mehnat bo’yicha texnik nazoratchi, mahalliy
davlat nazorati organlari bilan birlalikda tasdiqlangan reja asosida olib boradi.
Bo’lim quyidagi vazifalarni bajaradi:
- xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitini takomillashtirish;
- shikastlanish, kasallikdan ogohlantirish;
- ilg’or samarali tajriba,ilmiy usullarni tadbiq ilish;
- korxonada nazorat? o’rnatish, shikastlanish va kasallanishlarning sabablarini
tekshirish;
- sharoitni yaxshilash borasida
chora tadbirlar ishlab chiqish;
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
- qayta ta’mirlangan asbob uskunalarni qabul qilish komissiyasida ishtirok etish;
- baxtsiz xodisalarni tekshirishda ishtirok etish, xisobot tuzish va boshqalar.
Sanitariya va gigiena qoidalari
Tashkilot xonalaridagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va
boshqalar GOST 12.1.005-88 talablariga muvofiq bo`lishi kerak. Noqulay omillar
ta`siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ
2.04.05-97 «Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash» talabiga muvofiq tashkil qilish
kerak. Ishlab chiqarish xonalari tabiiy va sun`iy yorug’liligi darajasi QMQ 2.01.05-98
«Tabiiy va sun’iy yorug’lik» talablariga muvofiq bo`lishi kerak. Ishlab chiqarish
binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 «Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi
sanitariya me`yorlari» talablariga muvofiq bo`lishi kerak.
Ish joylari ishlab chiqish
jarayonlari xususiyatlariga muvofiq tik turib va o`tirib ishlash uchun GOST 12.2.032-
78 va GOST 12.2.033-78 talablariga muvofiq moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Yoritishga qo`yiladigan talablar
1. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun`iy yoritish QMQ 2.01.05-98 «Tabiiy va
sun`iy yoritish» talabiga mos bo`lishi kerak.
2. Yoritish vositalarida ko`zni qamashtirishdan saqlovchi choralar ko`rilgan bo`lishi,
yoritish vositalari uchun 220 V dan yuqori bo`lmagan kuchlanish qo`llanishi kerak.
3. Ko`chma
yoritish
vositalarini
ishlatishda
rezina
shlangli
egiluvchan
o`tkazgichdan foydalanilishi kerak.
4. Yoritish vositalarini ta`mirlash va uning ichki elementlarini ko`zdan kechirish,
kuygan lampa va himoya shishalarini almashtirish ishlari elektr tarmog’idan
o`chirilgan holda bajarilishi kerak.
5. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo`lishi kerak.
6. Yoritish vositalarini nazorat qilish va ta`mirlash ishlari shu ishlarni amalga
oshirishga mas`ul bo`lgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
7. Elektr yoritish o`tkazgichlari poldan 2,5 m dan past bo`lmagan balandlikda
bo`lishi kerak.
8. Evakuatsiya yo`laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo`lishi lozim.
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
9. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o`lchamlari
va maxsus
tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: