Menejment va marketing


-rasm. Innovatsion tadbirkorlik bosqichlari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

2-rasm. Innovatsion tadbirkorlik bosqichlari.
5
 
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish har doim qandaydir aniq g’oyalarga 
asoslanadi. Faollik va jur’atga asoslangan tadbirkorlik g’oyasi, shaxsan 
tadbirkorning innovatsion tashabbusi har bir qismigacha puxta o’ylangan bo’lib, 
nafaqat ishlab chiqarish jarayonini butunlay qamrab oladi, balki uning bir yoki bir 
necha alohida qismlarini ham qamrab olishi mumkin. Tadbirkorlik g’oyasining 
aynan fragmentar shakliga diqqatimizni qaratib, g’oyani tatbiq etish mumkin 
bo’lgan tadbirkor faoliyatidagi asosiy yo’nalishlarini ajratib ko’rsatib o’tamiz: 
5
 
www.jizzax.uz
 sayti


24 
– ishlab chiqarish boshqarish tizimining o’zgartirilishi; 
– yangi texnika yoki texnologiyani qo’llash; 
– tovar ishlab chiqarishda yangi, yanada tejamkor yoki mustahkam 
materialdan foydalanish; 
– mahsulot o’rami, dizaynini yaxshilash; 
– korxonaning reklama kampaniyasini tashkil etish sxemasining yangilanishi 
va h.k. 
Lekin tadbirkorlik firmasining innovatsion faoliyat xarakteri nafaqat ishlab 
chiqarish omillariga nisbatan, ishlab chiqarish jarayoni o’zini tashkil etish yoki 
mahsulotning o’zida namoyon bo’lmay, balki ishlab chiqarish jarayonida ishtirok 
etayotgan odamlar faoliyatini tashkil etishga nisbatan ham namoyon bo’lishi 
mumkin. Bu hollarda tadbirkorlik g’oyasi quyidagi harakatlarda asoslanishi 
mumkin: 
– “malakasi etarli bo’lmagan ishchilarni bo’shatish” maqsadida ishlab 
chiqarish jarayonida ishtirok etuvchilarni qisman yoki butunlay almashtirish; 
– ushbu maqsadlarga jalb etish shartlari va manfaatlari hisobiga ishlaydigan 
jamoada “o’ziga xos ruhiyat”ni yaratish; 
– har bir ishchi tomonidan o’z ish vaqtidan unumli foydalanish choralarini 
qabul qilish va h.k. 
Shunday qilib, innovatsion g’oyani noyob mahsulot, tovar, xizmat yoki 
ularning yaxshilangan variantlari yoki modifikatsiyalarini, shuningdek, yangi 
nusxalarini ishlab chiqarish kabi real mavjud imkoniyat deb belgilashimiz 
mumkin. Tadbirkor o’zi uchun, shuningdek, unga qandaydir ma’lum innovatsion 
g’oyani topishga ko’mak beruvchi axborot manbalarini alohida ajratishi muhim. 
Bunday manbalar bozor va bozor ehtiyojlari haqidagi aniq bilimlar, yangi 
texnologiya, materiallar, ishlab chiqarish uslublarining paydo bo’lishi, 
ta’minotdagi ma’lum mahsulotga ehtiyojning tarkibiy yoki geografik uzilishlari 
bo’lishi, innovatsion g’oyalarning aniq manbalari sifatida namoyon bo’lishi 
mumkin: 
– iste’molchilar, ya’ni iste’mol talabini o’rganish; 


25 
– mahsulot, xizmatning takomillashtirilgan yoki noyob variantlarini 
yaratishga imkon beruvchi, yangi material, tovar xususiyatlari yoki ixtirochilik 
bilan mashg’ul bo’lgan olimlar; 
– raqobatchilar, ayrim hollarda iste’mol talabini o’rganishga qaratilgan 
ularning faoliyati, tadbirkorni o’zining shaxsiy innovatsion g’oyasini 
shakllantirishga turtki bo’lishi; 
– savdo agentlari, dilerlar va boshqa vositalar; 
– innovatsion faoliyatning ma’lum elementlari bo’yicha tadbirkorning 
maslahatchilari; 
– bevosita tashkilotning ishchilari. 
Ayrim firmalarda innovatsion g’oyalar manbai sifatida aynan korxona 
xodimlaridan faol foydalanadilar, buning uchun yangi tovarlarni ishlab chiqarish 
bo’yicha rag’batlantirishning alohida usullarini qo’llaydilar. 
Innovatsion g’oyalar manbalarini ko’rsatishda etti manba namoyon etildi: 
1) kutilmagan hodisa (tashkilot yoki tarmoq uchun – kutilmagan 
muvaffaqiyat, kutilmagan muvaffaqiyatsizlik, kutilmagan tashqi hodisa); 
2) nokongruentlik – reallik o’rtasida nomuvofiqlik, haqiqatda qanday bo’lsa, 
u haqidagi tasavvurimiz ( shunday, qanday bo’lishi kerak bo’lganday); 
3) 
jarayon 
ehtiyojlariga 
asoslangan 
yangiliklar 
kiritish 
(jarayon 
ehtiyojlarida uning kamchiliklari va “salbiy joylari” nazarda tutilib, ular bartaraf 
etilishi mumkin va shart; 
4) bozor yoki soha tarkibidagi keskin o’zgarishlar; 
5) demografik o’zgarishlar; 
6) qabul qilish, kayfiyat va qimmatli ko’rsatmalarda o’zgarishlar; 
7) yangi bilimlar (ilmiy kabi noilmiy ham). 
Birinchi to’rt manba korxona ichida bo’lib, sanoat tarmoqlari yoki xizmat 
ko’rsatish sohasi tasarrufida bo’lganligi sababli ichki manbalarga kiradi, shuning 
uchun shu korxona yoki tarmoqda ishlovchi odamlar uchun foydalanish 
imkoniyatiga ega. Yangilik kiritishning qolgan uch manbai tashqi hisoblanadi, 
chunki korxona yoki tarmoq tashqarisida joylashgan mazkur korxona harakati 


26 
natijasida yuzaga kelgan. Ammo ushbu etti innovatsion g’oya orasidagi chegara 
muqim emas va o’zaro almashinishi mumkin, lekin bunda barcha etti manba 
muhim va samarasidir. 
Shuni ta’kidlash kerakki, sohalarning birontasi boshqalariga ko’ra birlamchi 
juda muhim bo’lmasa-da, ular oldindan aytib berish va tahlil qilishning aniqligi 
pasayib borishi tartibi bo’yicha joylashtiriladi. 
Bironta soha ularga birinchi ajratib ko’rsatiladigan manba, muvaffaqiyatli 
innovatsiya uchun kutilmagan yutuq kabi katta imkoniyatni bermaydi. 
Yangilik kiritishga imkon beruvchi vazifa shunday: tashkilotdagi har kim zaif 
bo’g’in mavjudligini biladi, lekin hech kim chora ko’rmaydi. Lekin, yangilik 
kiritilishi bilan u ma’lum narsa kabi qabul qilinadi va tezda me’yorga aylanadi. Bu 
manbani ishlatishdagi muhim daqiqa, aytilayotgan ehtiyojni qondirish uchun yangi 
bilimlar olish zaruratidir. 
Kompaniya yoki soha uchun yangilik kiritishning eng so’nggisi bozor yoki 
tarmoq taraqqiylik o’zgarishi hisoblanadi. Ushbu tarkib ko’p yillar davomida 
o’zgarishsiz qolishi va muqim yangilik ko’rinishida bo’lishi mumkin, haqiqatda u 
“zaif” bo’ladi. Soha tarkibidagi kutilayotgan o’zgarishning tavsifli belgilari tezkor 
rivojlanish va texnologiyalarning uyg’unlashuvi. 
Innovatsion g’oyalarning eng muhim manbalaridan biri – demografik 
o’zgarishlardir (aholi tarkibidagi, jins va yosh tizimidagi, ish bilan bandligi, 
ma’lumot darajasidagi daromadi). Ushbu o’zgarishlarning muhimligi, ularni 
hisobga olish zarurati tan olingan, lekin, shu bilan birga, ushbu o’zgarishlarni 
kundalik ish amaliyotida hisobga olish muhim emas, degan qat’iy fikr ham 
mavjud. Demografik o’zgarishlarni oldindan bashorat qilib bo’lmaslik mumkin, 
ammo ularni idrok etish va ularni qo’llash orasidagi muddat ancha katta, bu esa 
ularni nazarda tutish lozimligini taqozo etadi. Ular aynan kundalik ish amaliyotida 
hisobga olinmaganligi bilan innovatsion tadbirkorlik uchun muhimdir. 
Innovatsionlikning 
navbatdagi 
muhim 
manbai 
zehn 
va 
qimmatli 
ko’rsatmalarning o’zgarishidir. Agar qabul qilish birinchi ta’kidlashdan 
ikkinchisiga qadar o’zgarsa, yangilik kiritish uchun real imkoniyatdir. Kutilmagan 


27 
yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik, odatda, kayfiyat o’zgarishini bildiradi. Bunday 
o’zgarish yuz bergan hollarda, faktlar o’zgarmaydi, balki ularga munosabat 
o’zgaradi. 
Yangi bilimlarga asoslangan yangiliklar o’zining asosiy tavsiflari bilan 
boshqa yangiliklardan farq qiladi: vaqtni qamrab olish, muvaffaqiyatsizlikni 
oldindan bashorat qilish va tadbirkorga bo’lgan talab darajasi. 
Innovatsion g’oyalar shakllantirilganidan so’ng tadbirkor kelgusidagi ustuvor 
g’oyalarni tanlab oladi. Bunda u nafaqat ushbu loyihaning zarurligini, balki uning 
amalga oshishi qanchalik aniq ekanligini ham hisobga olishi kerak, chunki 
mablag’, zarur malaka bo’lmasa yoki hal qilib bo’lmaydigan to’siqlar yuzaga 
kelsa, yaxshi innovatsion g’oya ham amalga oshmasligi mumkin. Shuning uchun 
tadbirkorlik firmasi biron innovatsiyani tatbiq qilishidan oldin, birinchidan, biror 
mahsulot bozorda yaxshi imkonga ega yoki ega emasligini aniqlashi lozim (agar 
gap mahsulot innovatsiyasi haqida borsa), ikkinchidan, innovatsion g’oya bilan 
bog’liq so’nggi qarorni qabul qilishda, shuningdek, konstruktor-tadqiqodchilik 
ishlari bilan bog’liq ishlarda quyidagilarni nazarda tutishi lozim: 
– loyihadan tushgan foyda uni ishlab chiqarishdan ko’ra ancha yuqori 
bo’lishi; 
– loyihani sotishdan tushgan daromad bilan loyihaga oid tavakkalchilik ruxsat 
etilgan chegara nisbatida bo’lishi lozim. 
Bundan tashqari, hatto ilg’or g’oya ham o’z-o’zidan ijodkor korxonaga 
bozorda avtomatik ravishda yutuqqa kafolat bermaydi. Ko’zlangan maqsadga 
erishish va innovatsion faoliyatdan monopol yuqori foydaga erishish uchun 
tadbirkorlik firmasi ayrim shartlarga rioya qilishi va aniq talablarga javob berishi 
kerak: 
1. Salohiyatli iste’molchilarning yangilikka bo’lgan ehtiyoji hajmini, mazkur 
ehtiyojni qondirishning ma’lum usullarida iqtisodiy ustuvorlikni aniqlab olishi 
lozim. Bundan tashqari, yangilik kiritish, ishlab chiqarish va yaratishda yuzaga 
keladigan manbalar chegarasini aniqlash lozim, ya’ni yangilikning iqtisodiy 
salohiyatining har tomonlama bashoratini to’g’ri tashkil etish lozim. 


28 
2. Innovatsion tashkilotning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun korxona 
xodimlarining ayrim talablarga mosligi asosiy shart hisoblanadi. Firma 
tashkilotchilarining yoshi (o’rtacha 30 – 35 yosh) va ularning shaxsiy xususiyatlari 
muhim ahamiyatga ega bo’ladi: yuqori javobgarligi. 
3. Moddiy-moliyaviy 
resurslarning 
cheklanganligida 
va 
bozorga 
moslashmaganlikda innovatsion korxonalarning muvaffaqiyatida boshqaruvni 
tashkil qilish sifati muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun aynan kichik 
innovatsion tashkilotlar yanada samaralidir. Chunki resurslarni kam ishlatish bilan 
ham natijaga erishish mumkin bo’ladi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin