Menejment va marketing


Moliya boshqarmasi zimmasiga yuklatigan vazifalarga muvofiq quyidagi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

Moliya boshqarmasi zimmasiga yuklatigan vazifalarga muvofiq quyidagi 
ishlarni amalga oshiradi: 
- Iqtisodiyotni rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligini oshirish 
maqsadida soliq siyosati va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan 
takliflar ishlab chiqish va Moliya vazirligiga taqdim etish; 
- Budjetga soliq va boshqa tushumlarni, shuningdek davlat mulkini 
xususiylashtirishdan hamda davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushishi 
ustidan nazorat olib boradi; 
- Berilgan vakolati doirasida budjet mablag’laridan maqsadli va samarali 
foydalanishi hamda davlat ulushi bo’lgan xo’jalik subyektlarda moliya intizomiga 
rioya etilishini nazorat qiladi; 
O’zbekistonda budjet tizimini isloh qilish mahalliy budjetlarni samarali 
boshqarishning hozirgi kundagi amaliyoti va nazariyasi oldiga uning yangi 
muammolariga yechim topishni ko’ndalang qo’ymoqda. 
Bilamizki, budjetning mustaqilligi uning asosiy tamoyili sifatida belgilangan 
bo’lib, bu tamoyil turli darajadagi vakolatli hokimyat organlariga berilgan 
vakolatlari doirasida budjet jarayonini mustaqil amalga oshirish huquqlarini 


32 
anglatadi. Har bir darajadagi budjet daromadlarining mablag’lari, joylardagi 
vakolatli hokimyat organlarining qonunlarida belgilangan doiralarda soliqlar va 
yig’imlar soliq stavkasini o’zgartirish huquqini asosida mustahkamlab qo’yilgan. 
Daromad manbalari belgilanishi va ular mahalliy budjetga tushushi qonun asosida 
mustahkamlab qo’yilganligi mahalliy hokimyat organlari mustaqilligi va 
budjetlarni shaklanishida manfaatdorligini oshiradi. 
Hududiy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo’g’inlar kiradi: 
 
3-rasm. Mahalliy moliyani tarkibiy tuzilishi.
6
 
 
Mahalliy budjetlar “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq
Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat budjeti, viloyatlar budjetlari, viloyatlar 
budjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) budjetlarni o’z ichiga oladi. 
Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, budjet jarayoni va budjet huquqi 
qonun bilan belgilangan. Mahalliy maxsus fondlar – mahalliy boshqaruv organlari 
tomonidan tuziladi va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ehtiyojlarini 
qo’shimcha pul mablag’lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Ularga: 

mahalliy hukumat organlarining maxsus mablag’lar bo’yicha hisob raqami; 

“Mahalla fondi” kabilar kiradi. 
Horijiy davlatlarda mahalliy hokimiyat organlari ihtiyoridagi maxsus pul 
fondlari soni va mahalliy moliya tizimidagi salmog’i ancha yuqori bo’lib, ular 
6
www.ziyonet.uz 


33 
avtonom mustaqillikka egaligi, markaziy hukumat tomonidan qattiq nazoratga 
tortilmasligi, doimiy yoki vaqtinchalik, ayrim ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni 
ko’zlab tuzilishi bilan xarakterlanadi. 
Hududiy iqtisodiyot muammosini ilmiy talqin etishda ikki xil yondoshuv 
mavjud: 
1. Mazkur muammoga hududlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovutlar 
mavjudligi bois davlatning qoloq hududlarni qo’llab-quvvatlashi zarurligini 
ta’kidlash nuqtai-nazaridan yondoshish. 
2. Mazkur muammoga har qaysi hudud o’zi egalik qilayotgan iqtisodiy 
imkoniyatlardan yanada ko’proq va hatto o’zi foydalanishi zarurligini, har qaysi 
hudud o’z ijtimoiy muammolarini o’zi hal qilishini yoqlash orqali yondoshish. 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bugungi kundagi o’ta mas’uliyatli 
holati hududlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining yangidan-yangi muammolarini 
ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Hozirgi kunning global vazifalarini hal etishning 
samarali usullarini qidirib topishga intilishgina emas, balki iqtisodchi-olimlar 
diqqat-e’tiborini jahon iqtisodiy xazinasi durdonalaridan iborat butun «pragmatik» 
potentsialdan, jumladan, jahon miqyosida iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish 
konseptsiyasining uslubiy, metodologik, nazariy ahamiyatini o’rganishga qaratish 
ham muhim hayotiy zaruriyatdir. 
Jizzax viloyati hududlarining moliyaviy-budjet rivojlanishi istiqbollari 
belgilanayotganda imkon doirasida shunga e’tiborni qaratish kerakki, iqtisodiy va 
ijtimoiy muammolar ma’muriy usullardan holi, yuqori organlarning aralashuvisiz, 
asosan, hududda yaratilgan va jalb qilingan mablag’lar hisobidan hal etilishi kerak. 
Jizzax viloyati hududlarida barcha subyektlar o’rtasidagi o’zaro moliyaviy 
munosabatlar quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi: 
- hudud mahalliy budjeti daromadlar qismining barqarorligini iqtisodiy 
potensialni samarali rivojlantirish asosida ta’minlash; 
- mahalliy budjetlar uchun daromadlar manbalari va ajratmalar stavkalari 
tizimini, shuningdek ularning amalga oshiradigan funksiyalariga mos ravishda 
xarajatlar turlarini qat’iy belgilash; 


34 
- hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida korxonalar va 
tashkilotlarning, hududda joylashgan davlat korxonalirining, shuningdek aholining 
va chet el investorlarining mablag’larini jalb qilish va muvofiqlashtirilgan holatda 
ishlatish. 
Respublika budjeti-davlat budjetining umumdavlat to’g’risidagi tadbirlarini 
moliyalashda foydalaniladigan qismi, unda daromadlar manbalar va ulardan 
tushumlar miqdori, yana, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan 
mablag’lar sarfi yo’nalishi, miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston mustaqillikka 
erishishi va ijtimoiy bozor iqtisodiyoti asri yo’l tutish davrida budjetning va 
mahalliy budjetning respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi roli yanada 
oshdi. 
Moliya huquqiga oid adabiyotlarda moliya tizimi, organlari, kredit, soliq organlarigan 
iborat, ularga davlat pul jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bo’yicha 
tegishli vakolat berilgan. 
Budjet orqali moliyaviy ta’minlash munosabat ishtirokchilaridan biri kredit 
muassasasi hisoblanadi. Unda budjetdan moliyalanuvchi tashkilotlarga hisobvaraqa 
ochiladi. U budjetni kassa ijrosida va moliyaviy intizomga rioya etish yuzasidan nazoratni 
bajarishda ishtirok etadi. 3-ishtirokchi budjet mablagini taqsimlovchi budjet tashkiloti. 
U ajratilgan mablaglarni tasarruf etadi, quyi taqsimlovchilarga beradi. 
Har davlat hayotida moliya umumiqtisodiy vazifalarni hal etishga, ijtimoiy 
taraqqiyotning dolzarb muammolarini yechishga imkon beradi. Shu sababli moliya 
tizimi o’zaro bog’liqlik va ta’sir etuvchi bo’g’inlar. Bu tizimda budjet tizimini 
boshqarish, muvofiqlashtirish davlat moliyaviy faoliyati samaradorligining muhim 
vositasi. 
Mahalliy budjet ob’ektiv iqtisodiy kategoriya bo’lib, ikki tomonlama xususiyatga 
ega. 
Birinchidan, u iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan 
xarajatlardan iborat. 
Ikkinchidan, esa bu xarajatlar korxonalarning daromadidan tashkil topadi. 
Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish 


35 
davrida respublika va uning hududlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish va mahalliy budjetlar imkoniyatlarini hamda 
iqtisodiy erkinlashtirish shart-sharoitida mahalliy budjetlarni shakllanishi va ijrosini 
ta’minlashda mahalliy xokimiyat organlarining moliyaviy va xuquqiy rolini oshirish 
yo’nalishlarining ilmiy tadqiqi hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Biz 
bilamizki, budjetlarning mustaqilligi budjet tizimining asosiy tamoyili sifatida 
belgilangan bo’lib ushbu tamoyil turli darajadagi vakolatli hokimiyat organlarining 
o’zlariga berilgan vakolatlari doirasida budjet jarayonini mustaqil ravishda amalga 
oshirish huquqlarini anglatadi. Har bir darajadagi budjet daromadlarining o’z 
manbalari, shuningdek, joylardagi vakolatli hokimiyat organlarining qonunlarida 
belgilang
an doiralarida mahalliy soliqlar va yig’imlar soliq stavkalarini o’zgartirish 
huquqini qonun asosida mustahkamlab qo’yilgan.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin