Menejment va marketing


Birinchi bob bo’yicha xulosa



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

Birinchi bob bo’yicha xulosa 
Birinchi bob bo’yicha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning innovatsion omili sifatida innovatsion tadbirkorlikning turfa tashkiliy 
shakllari keng rivojlanmoqda ekan. Shakllarning har xilligi, innovatsion tashkliy tizim 
innovatsion faoliyatning asoslarini o’zgartirilgan ko’lamda innovatsiya bilan bog’liq 
innovatsion loyihalar taklifi doirasini aniqlanadi. Innovatsiyaning tashkiliy shakli yoki 
innovatsion tashkilotning umumiy yaqinlashuvi alohida korxona sifatida yoki uning 
bo’limlari, yoki majmuaviy korxona, aniq iearxarik tarkibiy qism va boshqaruv 
mexanizmi faoliyatini xususiyatini belgilovchisi sifatida ko’rish mumkin, 
innovatsiyaning zarurligi asoslangan, innovatsion g’oyalar bazasining paydo bo’lishi, 
innovatsiyani amalga oshirish maqsadi bilan tashkiliy innovatsion jarayonlar va 
texnologiyani qo’llash va aniqlashni ta’minlaydi. Zamonaviy innovatsion rivojlanish 
tajribasi innovatsion tadbirkorlik tashkiliy shaklining har xilligi farqlanar ekan. 
Demak, innovatsion tadbirkorlik xo’jalik yuritishning alohida ijodkorlik jarayoni 
bo’lib, uning asosida yangi imkoniyatlarni muntazam izlash, innovatsiyaga 
yo’naltirilganlik, turli-tuman manbalardan doimiy masalalarni hal etish uchun resurslar 
izlashni uddalash va ulardan foydalanish demakdir.


29 
II BOB. 
JIZZAX SHAHAR HOKIMLIGI MOLIYA BO’LIMINING 
INNOVATSION TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI O`RNI. 
 
2.1. Jizzax shahar hokimligi Moliya bo’limining tashkil topishi, 
maqsadi va vazifalari. 
Hammamizga ma’lumki, aholini ijtimoiy himoyalash masalasining ustuvorligi 
O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish bozor 
iqtisodiyotiga o’tish dasturining eng ustuvor yo’nalishi sifatida tan olinadi. 
O’zbekiston Respublikasining Prizdenti I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan 
bozor munosabatlariga o’tishning bosh tamoyilidan biri aholini demografik tarkibini 
hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish hisoblanadi. Shu sababli 
mahalliy budjetdan aholining kam ta’minlangan qatlamlariga to’lanayotgan ijtimoiy 
to’lovlar hajmi oshib bormoqda. 
O’zbekiston Respublikasida budjet ijrosining amaldagi holatidan kelib 
chiqqan holda, mahalliy budjetlar hukumatning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatini amalga 
oshirishda mavqeini yanada ko’tarishga sabab bo’layotgan qator omillarni ajratib 
ko’rsatish mumkin. Masalan, mahalliy moliya organlarining budjet ijrosidan 
manfaatdorligini oshirish va shuning asosida budjet xarajatlarini to’g’ri va oqilona 
tarzda sarflanishi va budjet tushumlarining yangi manbalarni qidirib topish ga 
rag’batlantirishni ta’minlashdir. 
Bugungi kunda mahalliy budjetning huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil 
etadi: 
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
2. O’zbekiston Respublikasining ”Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni 
3. O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi 2004 y O’ZRDSQ 80-bet 
4. O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati to’g’risida”gi 
Qonuni 
5. O’zbekiston Respublikasining ”Buxg’alteriya hisobi to’g’risidagi” Qonuni. 
6. O’zbekiston Respublikasi VMning 2002-yil 5-dekabrdagi 610-sonli 
”O’zbekiston Respublikasining 2005-yilgi davlat budjeti asosiy makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar to’g’risida”gi qarori 


30 
7. ”Budjetda ko’zda tutilgan xarajatlarni to’liq va o’z vaqtida moliyalashtirishni 
ta’minlash va budjet mablag’larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni yanada 
kuchaytirish maqsadida” 2005-yil 2-yanvardagi buyrug’i 
8. O’zbekiston 
Respublikasi Vmning 2005-yil asosiy makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlari to’g’risidagi 244-son qarori 
O’zbekiston Respublikasining 2006-yil 14-dekabrdagi qabul qilingan «Budjet 
tizimi to’g’risida»gi qonunning 4-moddasiga budjet tizimiga quyidagicha ta’rif 
berilgan: «Budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va budjet mablag’lari oluvchilar 
yig’indisini budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, budjet jarayonida ular 
o’rtasida, shuningdek, budjetlar va budjet mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga 
keladigan o’zaro munosabatlarni o’zida ifodalaydi.» Jamlangan budjetning 
ko’rsatkichlari mamlakat markazlashtirilgan moliyaviy fondidan foydalanish va uni 
shakllantirishni tahlil qilishda muhim rol o’ynaydi. 
Mahalliy boshqaruv organlariga yuklatilgan vazifalarnbi samarali amalga 
oshirishni ularning moliyaviy mablag’larga ega bo’lishlari bilan bog’liq. Albatta 
mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining asosiy moliyaviy negizi mahalliy budjetlar 
hisoblanadi. Davlat budjeti tarkibida Respublika budjeti, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri budjetlari, davlat maqsadli 
jamg’armalari jamlanadi. 
O’zbekiston Respublikasi budjeti bir butundir, ya’ni budjet tizimi barcha 
bo’g’inlarga davlatning yagona davlat budjetiga kiradigan Qoraqalpog’iston 
Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri, shahrlar, tumanlar budjetlarining 
uzviy birligini bildiradi.
Budjet 1-navbatda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy tiziming yahlitligini 
belgilab beradi. Budjet tizimi butun respublika hududida amal qilayotgan davlat 
daromadlari hamda umumman Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, 
Toshkent 
shahri, 
shahrlar, 
tumanlarni 
ijtimoiy–iqtisodiy 
rivojlantirishga 
yo’naltirilgan davlat xarajatlarining bir butun tizimiga asoslanadi. Budjet yaxlitligi 
budjetga doir prognozlashtirish uslubiyati va tashkil etish bir bo’g’inligini 
kafolatlaydi.


31 
 Moliya boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsi-
yasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining boshqa qarorlariga, Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlariga, 
Vazirlar 
Mahkamasining 
qarorlari 
va 
farmoyishlariga, 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nizomga va boshqa me’yoriy 
aktlarga amal qiladi. 
Jizzax viloyat hokimligi moliya boshqarmasi davlat boshqaruvi organi 
hisoblandi va yagona soliq-budjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga 
oshiradi. Jizzax viloyat hokimligi moliya boshqarmasi tizimiga: shahar va tuman 
hokimliklarining moliya bo’limlari kiradi. 
Jizzax viloyat mahalliy budjeti loyhasini tayyorlash, tasdiqlash, uning 
bajarilishini ta’minlash, mahalliy budjetning bajarilganligi haqidagi hisobotni 
tayyorlash va moliya vazirligiga taqdim etish. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin