40
bilan ajratilgan mablag’.
Budjet subvensiyasi – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
muayyan maqsadlarda sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablaglari.
Budjet dotatsiyasi- o’z daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa
mablag’lar yetishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari
o’rtasidagi farqni qoplash yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti
bilan ajratiladigan pul mablaglari.
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining
yaratilishida boshqa xo’jalik tadbirlari bilan moliya-soliq tizimida tub
o’zgarishlar ro’y berishini ko’zda tutadi. Mahalliy budjetlar daromadini
oshirishni ichki zararlarni, hududlarni ishlab chiqarishini rivojlanishi, joylarda
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan chambarchas bog’liq.
Budjet tushumini ushbu tartibda takomillashtirish hisobiga mahalliy
hokimyat organlari o’z hududlarida joylashgan korxonalar faoliyatining
samaradorligini oshirishdan manfaatdor bo’ladi. Soliqning to’la va o’z vaqtida
to’lanishi ustidan ham nazorat qilishga qiziqish paydo bo’ladi. Chunki
Respublika budjetiga ushbu soliqlardan tushgan umumiy tushumdan
belgilangan me’yorlar asosida ajratma qilishdan ko’ra, mazkur hududda ushbu
soliqlar tushumida o’z ulushini qonuniy tartibda kafolatlab qo’yilishi bizning
fikrimizcha afzalroq.
Mahalliy budjetlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish va
davlatning markazlashgan tartibda bajaradigan tadbirlarni to’g’ri qilish
imkonini beradi. Budjetlararo munosabatlarnining muhim sharti turli
daromadddagi budjetlarning moliyaviy bazasini shakllanishining o’zaro
bog’liqligini ta’minlash. Bu baza har bir budjetning o’z daromadidan,
biriktirilgan va tartibga soluvchi soliq tushumlari, yuqori budjetdan
ajratiladigan turli shakldagi moliyaviy yordamlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: