Menejment va marketing


Innovatsion tadbirkorlikning asosiy tamoyillar va vazifalari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

 
1.2. Innovatsion tadbirkorlikning asosiy tamoyillar va vazifalari 
Yangi g’oyalarni izlash va ularni tatbiq etish tadbirkorlikning eng muhim va 
shu bilan birga eng murakkab vazifasidir, chunki, bu holda tadbirkordan nafaqat 
ijodiy fikrlash va yangi echimlarni topish, balki istiqbolli fikrlash, kelajakdagi 
jamiyatning ehtiyojlarini ko’ra olish xususiyatini ham talab etadi. Innovatsiya – 
tadbirkorlikning alohida quroli, tadbirkor ona fikrlash innovatsion ko’rinishidir. 
Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday innovatsion faoliyat tadbirkorlikdir, 
zero, u yangi g’oyalarni izlash (va ularni baholashga yangi mahsulotdan tortib to 
tarkibga qadar); zarur resurslarni izlash; korxonani yaratish va boshqarish; moddiy 
daromad olish va uning natijasidan shaxsan qoniqishga asoslanadi. 
Ammo har qanday tadbirkorlik ham innovatsion bo’la olmaydi, faqatgina 
yaratilish 
natijasida 
tadbirkorlik 
daromadini, 
innovatsion 
mahsulotning 
diffuziyasini ishlatishga imkoniyat beruvchilarnigina innovatsiya deyish mumkin. 
Innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar innovatsion tadbirkorlik 
subyektlari hisoblanadi. 
Shunga ko’ra tadbirkorlikning ikki modeli ajratib ko’rsatiladi. Birinchi model 


15 
– tadbirkorlik tashkiloti tasarrufida mavjud resurslardan maksimal qaytarish hisobi 
bilan faoliyatni tashkil etishga qaratilgan klassik tadbirkorlik (an’anaviy, 
sermahsul, eskirib qolgan). 
Tadbirkorlikning aynan klassik modelida ishlab chiqarishning o’sish 
kontseptsiyasi shakllantiriladi, uning tatbiq etilishi davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlashni, tadbirkorlik firmasi uchun tashqi subsidiyalashtirish omillari 
hisobiga o’tkaziladigan tadbirlar uchun vaqt talab etadi. Bundan tashqari, firma 
faoliyati samaradorligini oshirish uchun uning ichki zaxiralari ham foydalaniladi. 
Ikkinchi model – korxona rivojlanishining yangi yo’llarini nazarda tutuvchi
innovatsiyalar yoki o’sish kontseptsiyasi haqida gapirishga imkon beruvchi 
innovatsion tadbirkorlikdir. Innovatsion tadbirkorlik butunlay innovatsiyaga 
asoslangan, shuning uchun bunday faoliyat natijasi yangi mahsulot yoki asosan 
yangi tavsiflar va xususiyatlarga ega bo’lgan yangi mahsulot yoki yangi 
texnologiyalar bo’lishi mumkin. 
Odatda, har qanday shakldagi tadbirkorlik faoliyati o’z ichiga kichik 
innovatsion fursatni oladi, masalan, ishlab chiqarishni boshqarish uchun 
tashkilotdan sifatli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullarini 
joriy qilish yoki yangi texnologiyadan foydalanish. Bozorga an’anaviy 
mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki olib chiqish, shuningdek, ishlab chiqarishni 
tashkil etish, ishlab chiqarishning texnik elementlari yoki ishlab chiqarishdan tovar 
sifati tavsifi o’zgarishi bilan bog’liq qandaydir yangi elementlari yoki usullarini 
qo’llash bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish zarurati quyidagi omillar bilan 
shartlanadi: 
– iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida innovatsiyalarni qo’llashga 
ko’maklashuvchi ishlab chiqarishning intensiv omili rolini oshirish; 
– ishlab chiqish samaradorligini ko’tarishda fanning muhim roli va yangi 
texnikani joriy etish; 
– yaratish muddatlarini sezilarli qisqartirish zarurati, yangi texnikani 
o’zlashtirish, ishlab chiqarishning texnik darajasini ko’tarish, ixtirochi va 


16 
ratsionalizatorlar ijodini ommaviy rivojlantirish zarurati; 
natijalarning noaniqligi, tadqiqotlarning ko’pvariantliligi, tavakkal-
chilikning mavjudligi va salbiy natijalarga erishish mumkinligi bilan ifodalanuvchi 
ilmiy-texnikaviy ishlab chiqarish jarayonining o’ziga xosligi; 
– sarf-xarajat ortishi va yangi mahsulotni o’zlashtirishda korxonalarning 
iqtisodiy ko’rsatkichlari pasayishida; texnika va texnologiyaning shiddatli 
ma’naviy eskirishida; yangi texnika va texnologiyani tezkor tatbiq etishning 
ob’ektiv zarurati bilan va h.k. 
Innovatsion 
tadbirkorlikning 
rivojlanishi 
iste’molchilar 
tomonidan 
innovatsiyalarga, milliy iqtisodiyotning ilmiy-texnik salohiyati rivojlanishi, 
tavakkal innovatsion faoliyatni moliyalashtiruvchi venchur firma va investorlar 
faoliyatiga bog’liq. 
1-jadvalda innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar 
keltirilgan. 
Innovatsion tadbirkorlik – g’oya va ixtirolardan amaliy foydalanish orqali 
yangi tovar va texnologiyalar yaratish jarayoni hisoblanadi. Odatda, tadbirkorlik 
faoliyati zamirida yangi ehtiyojlarni qondirishga imkon beruvchi, yangi bozorni 
barpo etish, mahsulot yoki xizmatlar sohasiga yangilik kiritishdir. Innovatsiyalar – 
tadbirkorlikning maxsus quroli bo’lib, bunda innovatsiyalar o’z holicha emas, balki 
yangiliklarni yo’naltirilgan tashkiliy izlash, ularga tadbirkorlik tarkiblarining 
muntazam qaratilganligidir. Tadbirkorlar fikrlashning innovatsion turini farqlaydi, 
innovatsion faoliyat esa o’zida tadbirkorlikning alohida qurolini aks ettiradi. 
Shunday qilib, tadbirkor-novatorning vazifasi – ixtirolarni tatbiq etish bilan 
birga ishlab chiqarishni isloh qilishdir, yanada kengroq ma’noda yangi texnologik 
imkoniyatlarni qo’llash orqali yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki tayyor 
mahsulot bozori ochilishi yoki yangi manbaning ochilishi evaziga eski 
mahsulotlarni yangi uslubda ishlab chiqarishdan iborat. 
Innovatsion tadbirkorlik – yangilik yaratishning alohida ijodkorlik 
jarayonidir, xo’jalik jarayoni, uning zamirida muntazam yangi imkoniyatlarni 
izlash, innovatsiyalarga yo’naltirilganlik yotadi. Bu mavjud loyihani 


17 
takomillashtirish yoki yangisini amalga oshirishdagi tavakkalchilikni, shuningdek, 
bu jarayonda yuzaga keladigan moliyaviy, ma’naviy va ijtimoiy javobgarlikni 
tadbirkor o’z zimmasiga olishga tayyorligi bilan bog’liq. Innovatsion tadbirkorlik 
jarayonida o’z xususiyatlariga ko’ra innovatsiyalar orqali yangilik kiritish amaliy 
foydalanish orqali (mahsulot va xizmatlar, oliy mahsulotlar) va texnologiyalar 
vositasida ishlab chiqariladi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin