Menejment va marketing


I BOB. INOVATSION TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISHNING



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

I BOB. INOVATSION TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISHNING 
NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. Innovatsion tadbirkorlik tushunchalarining mazmuni va mohiyati. 
 
Tadbirkorlikni – kapitalni yo’naltirishning yangi sohalarini izlash, mavjud 
mahsulotlar ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangilarini yaratish, shaxsiy 
ustuvorlikni rivojlantirish, daromad olish uchun turli imkoniyatlardan samarali 
foydalanish deb ta’riflash mumkin. Shu bilan birga tadbirkorlik bozor uchun yangi 
mahsulot ishlab chiqarish, faoliyat sohasining o’zgartirilishi yoki yangisi korxona 
yoki tarmoq barpo etilishida majburiy foydalanish deb tavsiflanadi.
 
Tadbirkorlik mohiyatini idrok etishda tadbirkorlarning o’zaro bog’liq to’rt 
faoliyatini alohida ko’rsatgan amerikalik iqtisodchilar R.Mak Konnell va S.Yu. 
Bryularning quyidagi nuqtai nazarlari alohida ahamiyat kasb etadi: 
– tadbirkor yer, mablag’ va mehnat resurslarini mahsulot ishlab chiqarish 
hamda xizmat jarayoniga birlashtirish tashabbusini o’z zimmasiga oladi; 
– tadbirkor biznesni olib borish jarayonida asosiy qarorlarni ishlab chiqish va 
qabul qilishni, ya’ni biznesni rivojlantirish yo’nalishlari, korxona faoliyati 
yo’nalishini belgilovchi operatsiyalarni o’z zimmasiga oladi; 
– tadbirkor yangi mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarishga intiluvchi, yangi 
ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi yoki biznesni tashkil qilishni 
va rivojlanishning yangi shakllarini olib kiruvchi tashabbuskor shaxsdir; 
– tadbirkor tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan xavfni o’z zimmasiga oladi, 
zero, tadbirkor uchun daromad olish kafolatlanmagan, sarf etilgan vaqt, harakat va 
qobiliyatlardan daromad olish barobarida zarar ko’rish ham mumkin. Bunday hollarda 
tadbirkor nafaqat o’zining o’z vaqti, mehnati va ishbilarmonlik obro’si bilan, balki 
sarf etilgan mablag’ bilan ham tavakkal qiladi. 
Shunday qilib, ijodkorlik tadbirkorlik vazifalaridan biri bo’lib, tadbirkorlik 
faoliyatida doim mavjud bo’lishi shartdir. 
Tashkilotni o’sish turidan tadbirkorlik turiga aylanishi. Faoliyatning 
tadbirkorlik usuli keng tarqalgan o’sish usulidan tubdan farq qiladi. Tashkilotning 



ichki azaliy odatlaridan oz bo’lsa ham voz kechish va shuningdek, tovar olib 
keluvchilar, sheriklar, iste’molchilar bilan munosabatiga yo’naltirilgan 
tashkilotning asoschilari (mulk egalari, rahbariyat, aktsionerlar) tadbirkorlik usuli 
ahloq, faoliyat motivatsiyasida uzoq maqsadga yo’naltirilgan o’zgarishlar hamda 
tashkiliy tuzilmani boshqarish tizimi, rahbarlarni tayyorlarni darajasi va 
mutaxassislarni menejer hamda rahbar sifatida tayyorlash bilan bog’liq. Bu 
o’zgarishni aktsionerlik va xususiylashtirish natijasida paydo bo’luvchi 
tashkilotning xususiy mulkka yangi munosabati jarayonida o’zlashtirish zarur. 
Agar tashkilotda barqaror xulq-atvorni o’sib boruvchi usuli o’rnatilgan bo’lsa, 
u holda sezilarli o’zgarishlar amalga oshirishga shart bo’lmay, bozor iqtisodiga 
sharoitida uning faoliyatida muvaffaqiyatga erishish imkoniyati pasayib boradi. 
Tasavvur qilish joizki, innovatsion tadbirkorlik usuliga o’tish uchun qaysi 
yo’nalishdan harakat qilish kerak, tashkilotning xarakter faoliyatida o’sish va 
tadbirkorlik ko’rinishini taqqoslaymiz. 
Tashkilot maqsadi. O’sish tashkilotning ish sharoitini zamonaviylashuvi 
sharoitida foydaning unga mos bo’lishini taqozo etadi. Innovatsion tadbirkorlik 
faoliyati uchun foyda imkoniyatini o’sishga erishishga harakat qilishdan iborat. 
Texnologiyaga yangi kiritilgan, uzulmas zanjirga ega bo’lgani kabi, shuningdek, 
tashkiliy jihatdan ham yangiliklarga ega bo’lishi kerak.
Maqsadga erishish yo’llari. O’sish holatidagi tashkilot avvalgi tajribasiga 
suyanadi va hozirgi paytdagi faoliyati sharoitiga moslashadi. Innovatsion 
tadbirkorlik ko’rinishidagi tashkilot esa innovatsion loyixalar asosida foyda olish 
imkoniyatini baholash va boshqaruv sifatini yaxshilash asosida maqsadga erishish 
yo’lini aniqlaydi.
Cheklovlar. Xulq-atvorning o’sishi jarayonida chegaralash tashkilot 
doirasidagi vositalari va ichki imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Innovatsion 
tadbirkorlik usuli uchun atrofdagi vositalarni o’zgartirish xarakterlidir (masalan, 
kerakli loyixalarni va texnologik jihozlarni tanlash yoki ular o’rtasidagi o’zaro 
harakat xarakterini o’zgartirish), yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, o’zini 
boshqarishning har xil usullarni ichki va tashkilotdan tashqari holda (masalan, 



bozor talabi; raqobatiga o’zini moslash, raqobatning zarurligini asosi sifatida qabul 
qilish, innovatsiya va tadbirkorlik harakati; professor-ukituvchilarni yangiliklarni 
kiritishga bo’lgan qarshiliklarini ijtimoiy yo’naltirilgan holda bartaraf etish va shu 
kabilar).
Taqdirlash va jazolash tizimi. 
O’sish holatidagi tashkilotda barqarorlik kengaytiriladi. O’sish holatidagi
tashkilot 
ijodkorlik 
va 
tashabbus 
kengaytiriladi 
va 
tashabbuskorlikni 
rivojlantirishga bo’lgan to’siqlar va qarshiliklar qoralanadi.
Axborot. O’sish sharoiti uchun faoliyat natijalari va ishning jarayoni haqida 
ichki ma’lumot va uzoq muddatli tashqi istiqbol imkoniyatlar ko’lami belgilanadi. 
Innovatsion tadbirkorlik usuli uchun imkoniyatlar haqidagi ichki ma’lumot va 
global darajadagi imkoniyatlar haqidagi tashqi ma’lumot talab etiladi.
Muammo 
xususiyati. 
Xulq-atvordagi 
o’sish takrorlanadigan tanish 
muammolar doirasidan chiqmaydi. Innovatsion tadbirkorlik xulqi yangi, 
takrorlanmas muammolar bilan ish olib boradi.
Rahbarlik usuli. Rahbarlikda o’sish va mashxurlik uchun harakat va 
erishishga yagona yondashuv xarakterlidir. Innovatsion tadbirkorlik omili uchun 
esa tavakkalli harakatlarni yo’lga qo’yishi va personalni yangiliklarni qabul qila 
olishiga erishishidan iborat. 
Tashkiliy tuzilma. O’sish holatidagi tashkilot uchun doimiy va kengayuvchi 
tizim va tashkiliy faoliyat resurslarini qayta ishlash jarayonida texnika bilan 
mosligi xususiyatlidir. Faoliyatning har xil ko’rinishlari ( ta’lim xizmati, 
marketing, yangi loyixalar va boshqaruv, va ijtiomiy rivojlanish) uzviy bog’langan.
Boshqaruv muammolarini hal qilish. O’sish holatida kech qolish bilan harakat 
qilishni tan olish, paydo bo’layotgan muammoni ko’rsatishdir. Bunga muqobilini 
tanlash o’tgan tajribaga asoslanadi. Talabgorlarning ehtiyojini qondirish uchun 
yagona muqobili ko’rib chiqiladi.Innovatsion tadbirkorlikda faol imkoniyatlarni 
qidirish va muammolarni oldindan ko’rish xarakterlidir. Muqobilini ijodiy tanlash 
va izlashda katta o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi qarorlar qabul qilish uchun 
faoliyat olib borish lozim bo’ladi. Ko’plab muqobillarini ko’rib chiqish orqali eng 



yaxshisi tanlab olinadi. 
Tavakkalchilikka munosabat. Oddiy tashkilot uchun o’tgan tajribaga 
asoslangan holda tavakkalni kamaytirishga erishish xarakterlidir. Innovatsion 
tadbirkorlik xulq-atvori uchun esa yangi tavakkalni yaratib borishga bo’lgan 
moyillik va tavakkallikning jami variantlarni tenglashtirish xarakterli. Tadbirkorlik 
xulq-atvorini baholash darajasi ikki xulq turlarini taqqoslash asosida amalga 
oshirilishi mumkin. Agar o’sish holatidagi tashkilot hamma tavsiflar bo’yicha -5 
ball to’plasa, innovatsion tadbirkorlik xulq-atvori esa baho +5 ball, aralash holatda 
esa baho intervali -5+5 ball o’rtasida bo’ladi. Noldan yuqori ball bu xususiyatning
tashkilot tadbirkorlikka yaqin degan ma’noni anglatadi. Tashkilotga tashkiliy 
xulq-atvor bahosi o’z xulqini qanday usul bilan almashtirish kerakligi imkoniyatini 
beradi.
Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishi ko’p omillarga bog’liq, ular orasida 
muhim ahamiyatga ega bo’lgan innovatsion doiradagi tadbirkorlikning tashkiliy 
shakllari mavjud. Ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat har-xil shakllarning rivojlanishi 
darajasi va bosqichining ahamiyati ularning tashkiliy rivojlanish darajasi va 
tashkilotga bog’liq. Tashkilotning ichki tartib tizimi, uning bo’limlari bilan o’zaro 
harakatni, jarayonlar va harakatlar mosligini, bo’limlar o’rtasidagi to’liq o’zaro 
aloqa va ta’lim yo’naltirilganligini xarakterlaydi. Ijtimoiy faoliyat darajasida 
tashkilot kishilarning birlashishini, u yoki bu dasturlarning aniq maqsadga erishishi 
jarayonida birga ishlab chiqish, o’rnatilgan xulq-atvor normalari va qoidalariga 
mos harakat qilishni namoyon etadi. Tashkiliy rivojlanish darajasi uchun maqsadni 
amalga oshirishda samaradorlik katta ahamiyatga ega. Tashkiliy rivojlanish 
darajasida sinergetik natija elementlarni bo’lingan qismlari yig’indisi ularning 
tashkilotdan 
tashqaridagi 
tarqoq 
qismlarining 
faoliyatini 
ta’minlaydi. 
Kibernetikada ob’ektlarning tizimli rivojlanish darajasi sifatida tashkilotning 
rivojlantirishdagi ob’ektlarining asosiy g’oyalar muammosini o’rganish o’z 
ifodasini topgan. Tashkilot boshqarish jarayoni va tarkibiy tizimi, ularning turfa 
darajasi o’rtasidagi innovatsion o’zaro harakatni namoyon etadi. Innovatsion 
tadbirkorlikning tashkiliy tuzilmalari amalga oshirishda tashkilot shakllari


10 
innovatsion faoliyat tashkiliy usullari katta ahamiyatga ega. Innovatsion 
tadbirkorlikda tashkiliy shakllarni innovatsion g’oyalarni amalga oshirishni hal 
qilishda rol o’ynaydi. Innovatsion g’oya innovatsion tadbirkorlikning faqat 
boshlang’ich bosqichini ko’rib chiqadi. Uni amalga oshirish esa tashkiliy tuzilma 
bilan bog’liq.
Bugungi kunda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion omili 
sifatida innovatsion tadbirkorlikning turfa tashkiliy shakllari keng rivojlanmoqda. 
Shakllarning har xilligi, innovatsion tashkliy tizim innovatsion faoliyatning 
asoslarini o’zgartirilgan ko’lamda innovatsiya bilan bog’liq innovatsion loyihalar 
taklifi doirasini aniqlaydi. Innovatsiyaning tashkiliy shakli yoki innovatsion 
tashkilotning umumiy yaqinlashuvi alohida korxona sifatida yoki uning bo’limlari, 
yoki majmuaviy korxona, aniq iearxarik tarkibiy qism va boshqaruv mexanizmi 
faoliyatini xususiyatini belgilovchisi sifatida ko’rish mumkin, innovatsiyaning 
zarurligi asoslangan, innovatsion g’oyalar bazasining paydo bo’lishi, innovatsiyani 
amalga oshirish maqsadi bilan tashkiliy innovatsion jarayonlar va texnologiyani 
qo’llash va aniqlashni ta’minlaydi. Zamonaviy innovatsion rivojlanish tajribasi 
innovatsion tadbirkorlik tashkiliy shaklining har xilligi farqlanadi.
- yaratilgan innovatsiyaning asoslari – yangi texnika, yangi texnologiya, yangi 
materiallar, yangi qarorlar, yangi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarining 
kiritilishi; 
- innovatsion jarayonning egallangan kengligi: fundamental tadqiqot 
o’tkazilgan ilmiy-tadqiqotlarning qayta ishlanishi loyihaning ishlari tajribalari 
ishlab chiqarishni o’zlashtirish va amalga oshirish
- boshqaruv darajasi – xalqaro, respublika miqyosida tarmoqli, mintaqaviy, 
tashkilotlar uyushmasi, tashkilot, bo’lim; 
- tuzilmali bo’limini xududiy joylashishi har xil geografik va iqtisodiy 
mintaqalar yoki bitta tumanda; 
- tashkilot bo’limlarining ierarxik shakllari aloqalari – vertikal, gorizantal, 
aralash; 
- innovatsion tadbirkorlikni amalga oshirish shakllari – fan, sanoat ishlab 


11 
chiqarish, agrar sektor, sotsial doira, ekologiya, gumatinar muammolar; 
- innovatsion tadbirkorlikning subyektlari – jismoniy shaxs, yuridik shaxs,
vazirlik, oliy ukuv yurtlari, markazlar, mablag’li ishlab chiqarish guruhlari; 
- ishlangan innovatsion tadbirkorlikning xarakteri – majmuaviy keng oliy 
ta’lim tizimidagi informatsion texnologiyalar, jihozlar, ishlovchi materiallar va 
tarkibiy bazasi, ishlovchi va tugallangan loyixalar, ishlab chiqilgan ma’lumotlar 
va darsliklar, ukuv kullanma, monografiyalar bilan ta’minlash, tavsiyalar usuli; 
- ijrochilar birlashmasi usullari – vaqtinchalik jamoalar, mutaxassislashtirilgan 
sohalardagi ijodiy jamoalar, fondning har xil turlari, inkubatorlar, texnoparklar, 
texnopolislar. 
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tezlashtirilish ahamiyatli 
darajada innovatsion jarayonning samaradorligi bilan bog’liq. O’z navbatida 
innovatsion jarayonning samaradorligi innovatsion biznes tashkiliy tuzilmasining 
mustahkamligi, 
innovatsion 
tadbirkorlik 
bilan 
aniqlanadi. 
Innovatsion 
tadbirkorlikning avzalligi innovatsion g’oyalarni qidirishga intilish, yangi 
loyihalarni amalga oshirishga intilish va qayta ishlash adekvativ tashkiliy 
mexanizmlarni talab qiladi. Innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy shakllarining 
mustahkamligi uning avzalligini kapital ishlab chiqarishning an’anaviy usullari 
bilan 
aniqlanadi. 
Innovatsion 
tadbirkorlikning 
tashkiliy 
tuzilmasining 
mustahkamligi innovatsion jarayonning aniq topshiriqlarini rivojlanishini, zaxiralar 
bilan ta’minlanganligi, aniq ma’lumot ba’zasiga egaligi, innovatsion loyihani 
amalga oshirish doirasini ko’rsatadi. Aynan shu paytda innovatsion 
tadbirkorlikning tashkiliy tizimi umumiy xususiyati hamda ularda tavakkal 
omilining o’zlashtirilishi, maqsadga erishishida noaniqlik va oxirgi natijalar bilan 
bog’liq.
Hozirgi paytda jaxon tajribasida innovatsion tadbirkorlik, innovatsion faoliyat 
ko’p qirrali tashkiliy shakllarni namoyon etadi. Ular o’rtasida keng tarqalganlari 
quyidagilar: 
- yuz kishigacha odamlari bo’lgan mayda korxonalar va yillik ishlab chiqarish 
innovatsion mahsulot AQSh dollarida besh milliongacha; 


12 
- o’rtacha innovatsion korxona – bandlik yuzdan minggacha odam va yillik 
daromad AQSh dollarida besh mln.dan ellik mln.gacha; 
- yuqori korxonalar – bandlik mingdan oshiq va ishlab chiqarish xajmi ellik 
mln.dan ortiq AQSh dollari. 
Innovatsion tadbirkorlik doimiy ravishda o`zgarishni, yangi g`oya, yangi 
tovar modifikatsiyasi va boshqa yangiliklarni joriy qiluvchi tashkiliy formalarni 
joriy qilishni nazarda tutadi. 
Innovatsion tadbirkorlik faoliyati uchun kichik korxonalarda yaratilgan 
yangilikni tijorat maqsadida ishlata oladigan bilim va intuitsiyaga ega bo`lgan 
mutaxassis lozim. 
Kichik 
korxonalarda 
innovatsion 
tadbirkorlik 
faoliyati 
ustunliklari 
quyidagilardan iborat: 

yangilikka yaratishdan manfaatdorlikning yuqoriligi; 

tor doirada (aniq yunalishda) ilmiy izlanishlarni olib borilishi; 

barcha intelektual resurslarni yakuniy maxsulot ishlab chiqarishga 
yonaltirish imkonini mavjudligi; 

katta korxonalar amalga oshira olmaydigan “risk”i yuqori bolgan ishlar olib 
borilishi. 
Innovatsion tadbirkorlik uchun biznes muxit asosiy xisoblanadi, chunki 
yangiliklarni kashf etish va uni amaliyotga tadbiq qilish etarli tadbirkorlik muxitini 
talab qiladi.
Tadbirkorlik muxiti – bu biror bir maqsadga yo`naltirilgan izlanish(tadqiqot) 
olib borish va uni amalga tadbiq qilish uchun sharoit yaratib beruvchi muqitdir. 
Bunday muxitning asosiy elementlarini bozorda erkin xarakatlanuvchi, o`z 
moliyaviy mablag`iga ega bo`lgan investorlar, raqobatbardosh tovar ishlab 
chiqaruvchilar va ularga xizmat qiluvchi bozor infratuzilmalari tashkil qiladi. 
Iqtisodiyotda bunday bozor muhitini yaratish - xozirgi kundagi mamlakatimiz 
oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. 
Kichik biznes kafolatlarini mustaqkamlash, uning rivoji uchun qulay muqit 
yaratish maqsadida davlat boshqaruv idoralari va bozor institutlarida ma'muriy 


13 
protseduralarni bajarish bilan bog`liq, ancha yuqori darajada bo`lib turgan biznes 
xarajatlarini kamaytirish lozim. Biznes muhit mamlakatimizda vujudga kelayotgan 
innovatsion tadbirkorlikni asosini tashkil etadi. 
Innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy – huquqiy asoslari turlichadir. Bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda katta risk (tavakkalchilik) bilan ishlaydigan 
maxsus venchur firmalari mavjud bo`lib, ular yangi tovar va xizmatlar yaratish 
ustida tadqiqotlar olib boradilar. 
Vechur firma asoschilari – injener, olimlar o`z tadqiqot natijalarini ekspierent, 
patient va kommutant firmalarga topshiradilar. 
Innovatsion tadbirkorlikning yana bir territorial tashkiliy turi - ilmiy tenologik 
park (texnopark) lar bo`lib, bu struktura innovatsion biznes maxsulotini ishlab 
chiqarish va bozorda sotishni tashkil qilishga yordam beradi va shu orqali kichik 
biznesda innovatsion faoliyatni riojlantirishga yordam beradi. 
Biznes inkubatorlar – kichik kichik innovatsion korxona faoliyat korsatishi 
uchun sharoit yaratuvchi strukturadir. Biznes inkubatorlar bir qancha funktsiyalarni 
bajaradilar: 
-kichik biznes korxonalariga imtiyozli shartlarda asbob-uskunalar etkazib 
beradilar, xuquqiy maslaxat va axborot xizmatlarini ko`rsatadilar; 

ilmiy texnologiyalarni tijorat asosida sotadilar; 

tadbirkorlarning malakasini oshiradilar va boshqalar. 
Oqilona investitsiya siyosatini yuritishda davlat tomonidan innovatsion 
tadbirkorlikka sarmoya qo`yishning o`ziga xos afzalliklari mavjud. Saloxiyatli 
sarmoyadorlarning erkin pul mablag`larini jalb etishida eng muxim iqtisodiy 
instrument fond bozoridir. Aktsiyalar likvidligi, firmaning reklama-axborot 
faoliyati, valyuta maydonchasida sotuvga qo`yilgan aktsiyalar xarakatining taxlili 
va aktsiyalar paketini chet el investorlariga sotish fond bozori xolatining yanada 
yaxshilanishiga xizmat qiladi. 
Innovatsion 
biznes 
bo`yicha 
faoliyat 
yuritadigan 
tadbirkorlar 
va 
investorlarning daromadi, investitsiya korxonalari aktivlarining bozor qiymati 
o`sishiga belgilangan soliq stavkasiga, ya'ni fond bozorida sotiladigan qimmatli 


14 
qog`ozlarning sotuv qiymatiga o`rnatiladigan soliq stavkasiga bog`liqdir. Soliq 
stavkasi innovatsiya korxonalarini moliyalashtirish tavakkalchiligi darajasini 
oshiruvchi yoki kamaytiruvchi omil xisoblanadi. Shuning uchun xam qimmatli 
qog`ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda dividentdlardan, qimmatli 
qoqg`ozlarni sotib olishdan undiriladigan soliq, shuningdek, tarkibiga qimmatli 
qog`ozlar qiymati kiritilgan korxonalar mulkidan olinadigan soliq, kabi 
undiriladigan turli xil qayta-qayta soliqarga yo`l qoymaslik lozim. Soliq solishng 
bu kabi amaliyoti natijasida ishbilarmonlik faolligi pasayadi, ya'ni innovatsion 
korxonalar tashkil topishi sur'atlari qisqaradi, oqibatda xozirgi kunda 
korxonalarning faoliyat yuritish imkoniyatlari kamayib boradi. Soliq yukining 
pasayishi innovatsion tadbirkorlikka qamda iqtisodiyotning xususiy sektoriga 
investitsiyalar jalb qilishda ikkilamchi kapital (qimmatli qoqozlar bozori)ning 
axamiyatini oshiradi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin