BMI obyekti. Jizzax shahar hokimligi Moliya bo’limi bitiruv malakaviy
ishining obyekti hisoblanadi. BMI predmeti. bo’lib, innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni
boshqarishni rivojlantirish jarayonida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarni
boshqarishning innovatsion yo’llari o’rganishdan iborat.
BMI maqsadi va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi – mamlakatimiz
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirishga oid
amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun
quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-innovatsion tadbirkorlikni tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq
etish;
- innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish tizimini asoslab berish;
-Jizzax shahar hokimligi Moliya bo’limining tashkiliy tuzilishi, tahlil
qilish;
-Jizzax shahar hokimligi Moliya bo’limining daromadlari tarkibi va
tuzilishining tahlil qilish;
- O’zbеkistanda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish yo`nalishlari;
- O’zbekistonda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab
chiqish. BMI nazariy va amaliy ahaamiyati. Innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish
va uni boshqarishni rivojlantirish bo’yicha faoliyatining mohiyatini, ularni
boshqarish bo’yicha boshqaruv qarorlarini ishlab qilish, nazorat qilish, ularni
strategiyasini ishlab chiqish usullari to’g’risida nazariy va amaliy bilimlar doirasini
kengaytiradi.
BMI tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi 85 bet,
tuzilmasi kirish, uch bob, xulosa va takliflar, 6 ta jadval va 5 ta rasm,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.