Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

Ahmadiylik (Qodiyoniylik). G‘ayriislomiy mohiyat va diniy-siyosiy 
mazmunga ega bo‘lgan ahmadiylik oqimi XIX asrning oxirlarida Mirzo G‘ulom 
Ahmad Qodiyoniy tomonidan tuzilgan. Dastlab u asoschisining nomi bilan – 
«Mirzoiylik», keyinchalik esa vujudga kelgan joyga nisbatan – «Qodiyoniylik» 
deb nomlangan. Mirzo G‘ulomning 1900 yil 4 noyabrdagi bayonotiga binoan oxir-
oqibat «Ahmadiylik» nomini olgan. 
G‘ulom Ahmad 1840 yilda hozirgi Pokiston hududidagi Panjob viloyatining 
Gurdaspur mintaqasidagi Qodiyon qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidan hinduiylik, 
yahudiylik, xristianlik aqidalari bilan tanishgan. Bu esa uning dunyoqarashiga 
ta’sir ko‘rsatgan va u o‘zini hinduiylarning Avatari (hinduiylik ta’limotiga ko‘ra, 
Krishnaning yerdagi ko‘rinishi), yahudiylarning Mashiahi (yahudiylikka ko‘ra, 
Isroil xalqi va insoniyatni qutqarish uchun Yaratgan tomonidan yuboriladigan 
Dovud payg‘ambar avlodidan bo‘lgan shoh), xristianlarning xaloskori va 


72 
buddaviylarning Maytreyasi (buddaviylarning Yerda paydo bo‘lishi kutiladigan 
ilohi) deb e’lon qilgan. 
1876 yilda G‘ulom Ahmad Allohning huzuriga chiqqani va vahiy ola 
boshlaganini da’vo qilib chiqadi. 1880 yilda u o‘z ta’limoti asoslariga 
bag‘ishlangan «Barohin Ahmadiya» (Ahmad dalillari) nomli kitobining ilk ikki 
jildini nashrdan chiqarishga erishadi. Unda u islomni boshqa dinlardan himoya 
qilgan. Shu tufayli musulmonlar kitobdagi «ilohiy ilhomlar», karomatlar, o‘z-
o‘zini maqtashlarga, dastlab, uncha e’tibor bermaganlar. Uchinchi va to‘rtinchi 
jildlarda esa G‘ulom Ahmad o‘ziga vahiy tushayotgani va payg‘ambar ekanini 
da’vo qilgan. Shuningdek, ingliz hukumatini maqtab, hozirgi paytga kelib «jihod» 
tushunchasining o‘rinsiz, hukmsiz holga kelib qolganini aytgan. Boshlanishda 50 
jild bo‘lishi rejalashtirilgan «Barohin Ahmadiya»ning 5 jildigina nashr qilingan. 
G‘ulom Ahmad qarashlari evolyutsiyasining tahlili uning asl mohiyatini 
chuqurroq anglashga yordam beradi. Dastlabki bosqichda u o‘zini sof islom 
ta’limoti himoyachisi sifatida namoyon qilib, turli dinlarga o‘z raddiyalarini 
berishga urinadi. U o‘zini «xokisor» bir musulmon sifatida ko‘rsatib, o‘zini «o‘z 
da’vati va shaxsiy xususiyatlarida Masihga o‘xshagan kishi» deya tarafdorlarini 
to‘playdi. Ikkinchi bosqichda esa dinni yangilash g‘oyasini, ya’ni 1885 yili u o‘zini 
yashab turgan davr (hijriy XIV asr) «mujaddidi» ekanini, 1888 yilga kelib esa 
insonlardan «bay’at» olib, alohida «jamoat» tashkil qilish haqida buyruq olganini 
e’lon qiladi. G‘ulom Ahmad faoliyatining uchinchi bosqichida o‘zini «Imom 
Mahdiy», deb atab, islom asoslarini buzishga kirishgan. Xususan, 1891 yilda u Iso 
ibn Maryamning tabiiy yo‘l bilan o‘lganini aytib va shundan kelib chiqib o‘zini 
musulmonlar kutayotgan «Masih» va «Mahdiy» deb da’vo qilgan. Sunniylik 
aqidasiga ko‘ra, Mahdiyning qachon va qayerda paydo bo‘lishini Alloh taolo 
biladi. Bu borada kelgan hadislar tahlili esa, Mahdiyning imom Hasan avlodidan 
bo‘lishi, unga qarshi Shomdan askar yuborilishi, payg‘ambar sunnatiga amal 
qilishi, Yer yuzida adolat va insofni qaror toptirishi haqida ma’lumot beradi.
1900 yilga kelib, u payg‘ambarlik da’vosini ilgari surdi, «ilhom» xutbasini 
o‘qidi. Qizig‘i shundaki, G‘ulom Ahmad o‘zini oddiy payg‘ambar emas, balki 
«payg‘ambarlarning sarasi», deyishgacha borib yetdi. Uning «Amadiy dalillari» 
kitobining beshinchi juz’ida keltirilgan «Alloh barcha nabiy va rasullarni bir kishi 
qiyofasida mujassamlashtirishni istadi va o‘sha menman», - degan so‘zlari bunga 
dalil bo‘la oladi. Bundan tashqari u Yaratgan tomonidan vahiy yuborilishi hech 
qachon to‘xtamasligini e’lon qilish bilan necha asrlardan beri musulmonlar e’tiqod 
qilib keladigan aqidaga mutlaqo yot fikrni ilgari surdi. Islom ta’limotiga ko‘ra, 


73 
Muhammad (s.a.v.)dan so‘ng o‘zini payg‘ambar, deb e’lon qilgan kishi yo kazzob 
yoki dajjol yoki majnun hisoblanadi.
Ahmadiylarga ko‘ra, barcha dinlar qandaydir xaloskorni kutadilar, uning 
kelishiga umid bilan yashaydilar. Agar kutilayotgan qutqaruvchi, bir odamda 
mujassam bo‘lsa, dinlararo kelishmovchilik bartaraf etilib, birdamlik, 
hamjihatlikka erishilgan bo‘lardi. 
1904 yilda G‘ulom Ahmad o‘zini Krishnaning odam qiyofasidagi ko‘rinishi 
ekanini e’lon qildi. Yaratgan unga go‘yoki «Sen menga o‘g‘il kabisan», deb vahiy 
yuborgani haqidagi iddaosi uning sog‘lom fikrdan ancha uzoqlashib ketganini 
ko‘rsatadi. 
Ahmadiylarning islom asoslaridan uzoqlashib ketganini ko‘rsatuvchi yana 
bir holat ularning Makka, Madina qatorida Qodiyonni ham muqaddas shahar 
ekaniga e’tiqod qilishlaridir. Ular Qodiyondagi masjid oldida minora qurdirib, uni 
«xaloskor minorasi», ushbu qishloqdagi qabristonni esa «Jannat bog‘lari» deb atab, 
bu yerga ko‘milganlar jannatga kiradi, deb hisoblaydilar.
G‘ulom Ahmad 1905 yilda o‘zining o‘limi haqida vahiy kelganini aytgan 
bo‘lsada, 1908 yil 26 mayda Lahorda vafot etgan. Qabri Qodiyonga olib ketilgan 
va tarafdorlari uchun ziyoratgohga aylangan. 
Mirzo G‘ulom Ahmadning o‘limidan keyin shogirdlari uning fikrlarini 
yig‘ishda davom etdilar va natijada «Sinkretik Qodiyoniya-Ahmadiya harakati» 
yuzaga kelgan. Keyinchalik oqim «Qodiyon ahmadiylari» («Qodiyoniylar») va 
«Lahor ahmadiylari» («Lahoriylar») nomli ikki jamoaga bo‘linib ketdi. 
«Qodiyoniylar» G‘ulom Ahmadga nisbatan «Masih mav’ud» («Va’da qilingan 
Masih») va «Mahdiy», «Lahoriylar» esa «Nabiy zilliy» («Payg‘ambar soyasi») va 
«Nabiy g‘ayri tashri’iy» («Shariat joriy qilmagan payg‘ambar»), «mujaddid» 
(«dinni yangilovchi») nomlarini ishlatishda farqlanadilar.
Ahmadiylar muayyan mamlakatga kirib borar ekan, ko‘p hollarda savodi 
past musulmonlar yoki ilgari biror dinda bo‘lmagan kishilarni nishonga olishga, 
o‘zlarining talqinidagi nashr va kitoblarni chop etishga e’tibor qaratadilar. Jamoa 
tarkibiga faqat 10 sharti belgilangan rasmiy qasamyod vositasida a’zo bo‘lib kirish 
mumkin. Ular o‘z talqinida Qur’on nusxalarini turli tillarda (80 ga yaqin tilda, 
xususan o‘zbek tilida) nashr qilish va tarqatish bilan faol shug‘ullanadilar. 
Ma’lumotlar ahmadiylar O‘zbekistonga kirib kelishga qiziqayotganligini 
ko‘rsatadi. Xususan, ba’zi qo‘shni mamlakatlarda ahmadiylar g‘oyalarini targ‘ib 
qiluvchi «Tanlangan yozuvlar», «Tanlangan hadislar», «Tanlangan oyatlar» kabi 


74 
kitoblarning chop etilgani, Qur’oni karimning ular talqinidagi o‘zbekcha 
tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tgani yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. 
Ahmadiylik musulmonlarni ichidan bo‘lib tashlash, islomiy qadriyatlarni 
buzib talqin etish, islom diniga yangi tushunchalarni kiritish orqali odamlarni 
to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishga qaratilgan, shaklan islomiy, mohiyatiga ko‘ra unga 
mutlaqo zid bo‘lgan oqimlar sirasiga kiradi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin