76
bir) o‘z xonadonlarida yig‘ilishlar tashkil qilib, oqimning «Qur’ondan ma’ruf»
nomli kitobi asosida diniy darslar o‘tkazganlar. Ushbu jamoa diniy qarashlarida
islom ta’limotiga zid quyidagi tamoyillar mavjud:
- Qur’on tafsirlari va hadislar
inkor qilinadi;
- namoz besh mahal emas, istalgan vaqtda ikki rakat o‘qiladi, go‘yoki soliq
amallar namoz hisobiga o‘tadi deb hisoblanadi;
- Makka shahridagi «Masjidul Harom»dan
boshqa masjidlar tan olinmaydi,
imom-xatiblar go‘yoki sof islomdan qaytgan hisoblanib, jamoa a’zolariga namoz
uchun masjidga borish
man etilgan, juma namozi faqat Makka ahliga farz etilgan
deb da’vo qilinadi;
- islomiy marosimlar o‘tkazilmaydi. Jumladan, 2001 yilning sentyabrida
X.Karimov onasi vafot etganda
mayyitni kechasi yashirincha, «janoza» o‘qimay
ko‘mib kelgan;
- jamoa a’zolariga to‘y va boshqa dunyoviy marosimlarni o‘tkazish yoki ishtirok
etish ta’qiqlangan;
- quda-andachilik munosabatlari faqat oqim a’zolari o‘rtasida o‘rnatiladi;
- spirtli ichimliklarni ma’lum bir me’yorda (mast holatga keltirmaydigan) iste’mol
qilish harom sanalmaydi.
«Shohidiylar» jamoaga yangi a’zolarni asosan o‘zlarining yaqin qarindoshlari
ichidan jalb qiladilar. Quda bo‘lish ham odatda faqat jamoa doirasida amalga
oshiriladi. Yangi a’zolarga oq matoga o‘ng qo‘lini qo‘ygan holda qasamyod qilishi
va 70 kun ro‘za tutishi yoki kuniga 800-1000 so‘m (jami 56-70 ming so‘m)
miqdorida a’zolik badali to‘lashi buyuriladi.
Jamoa a’zolariga diniy tushunchalar «Qur’ondan ma’ruf»
nomli kitob asosida
beriladi. Ushbu kitob 1960-yillarda Toshkent shahri va viloyatida vujudga kelib,
hozir faoliyati kuzatilmayotgan, hadislarning muqaddasligini va mazhablarga
ergashishni rad etgan «Ahli Qur’on» norasmiy diniy jamoasi a’zolari
tomonidan
tayyorlangan.
Ma’lumki, islomda harom qilingan amal yoki narsani halol hisoblash e’tiqodiy
shirk hisoblanadi. «Ma’rifatchilar» va «Shohidiylar» jamoasiga a’zo bo‘lgan
shaxslar shariat hukmiga ko‘ra dindan chiqqan hisoblanadi.
«Shohidiylar» hozirda Andijon shahri va Andijon tumani hududida istiqomat
qiladilar.
Dostları ilə paylaş: