Dinshunoslik


 O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoa va sektalar



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

4. O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoa va sektalar. 
Tarix shuni ko‘rsatadiki, chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar boshidan 
kechirayotgan jamiyatda rivojlanishning «yagona to‘g‘ri yo‘li»ni, agar jamiyatdagi 
vaziyat salbiy tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, «yagona najot yo‘li»ni bilishga da’vo 
qiluvchi turli diniy jamoalar yoki sektalar vujudga kelishi kuzatiladi. 
O‘zbekistonda ham 1990-yillarning boshida muayyan darajada xarizma va 
tashkilotchilik qobiliyatlariga ega, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan ayrim «yangi 
dindorlar» o‘z g‘oyalarini boshqalarga ham targ‘ib qila boshladilar. Oqibatda 
respublikada bir necha norasmiy diniy jamoalar shakllandi. Ularning a’zolari 
orasida maxsus diniy ma’lumotga ega shaxslar deyarli uchramaydi.
Norasmiy diniy jamoalar ilgari surayotgan diniy-g‘oyaviy qarashlarning 
aksariyati sof diniy xarakterga ega bo‘lib, «xalifalik qurish» kabi diniy-siyosiy 
maqsadlarga qaratilmasada, aqidaviy jihatdan hanafiylik mazhabi ta’limotiga 
mutlaqo zid g‘oyalarni targ‘ib etish va o‘zlariga ergashmagan musulmonlar va 
boshqa din vakillariga o‘ta keskin munosabat bildiriladi. Jamoa ichida ayrim 
holatlarda fuqarolarning qadr-qimmatini kamsituvchi tartiblar joriy qilingan va 
jamiyatga salbiy munosabatlar shakllantirilgan. Oqibatda jamoa a’zolarining 
jamiyat va ijtimoiy aloqalarning uzilib qolishi, ular va boshqa fuqarolar orasida 
o‘zaro mojarolar kelib chiqishi, ayrim sekta vakillarining oilalari barbod bo‘lishi 
kabi ijtimoiy illatlar kuzatilmoqda. Jamoa rahbarlari esa o‘z tarafdorlarini shaxsiy 
manfaat yo‘lida foydalanish holatlari aniqlangan. Hozirgi kunda respublikada 
faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalar qatoriga «Ma’rifatchilar»
«Shohidiylar» va «Baxshillochilar»ni kiritish mumkin.
«Ma’rifatchilar» jamoasiga 1990-yillarning o‘rtasida Farg‘ona viloyati 
Toshloq tumanida yashovchi Bahodir Mamajonov (1950 y.t.) tomonidan asos 
solingan. Jamoaning g‘oyaviy ta’limoti B.Mamajonov tomonidan yozilgan va 
noqonuniy tarzda chop etilgan, diniy va ilmiy asossiz yozilgan «Ma’rifat», 
«Tilak», «Namoz-Sig‘inish», «Rost-Qur’on» kitoblari hisoblanadi. 
«Ma’rifat» kitobi B.Mamajonovning diniy mavzudagi fikrlari va nozil 
bo‘lish tartibiga ko‘ra joylashtirilgan bir necha suralarning tarjimasidan iborat. 


75 
Ushbu kitob nomidan kelib chiqqan holda aholi ichida B.Mamajonovning 
izdoshlari «Ma’rifatchilar» deb tanilgan. B.Mamajonov esa o‘zini va tarafdorlarini 
«To‘g‘ri din»dagilar deb hisoblaydi. 
«Namoz-Sig‘inish» kitobida B.Mamajonov tomonidan belgilangan namoz 
tartibi bayon qilingan. «Rost-Qur’on» kitobida ham go‘yoki «Usmon ibn Affon 
davrida Qur’on noto‘g‘ri tartiblangan» degan da’vo ostida suralar nozil bo‘lish 
tartibiga ko‘ra joylashtirilgan. 
«Ma’rifatchilar»ning an’anaviy islom ta’limotiga zid da’volari: 

Qur’on va namoz milliy tilda, ya’ni o‘zbek tilida o‘qilishi shart hisoblanib, 
go‘yoki «o‘zi aniq bilmagan narsaga erishish» shirk ekani e’lon qilinib, «ota-
bobolarimiz ... mushrik edilar» deb hisoblanadi; 

O‘zbekiston aholisi faqat 1990 yili «Sharq yulduzi» jurnalida chop etilgan 
Qur’on tarjimalari orqali haqiqiy Qur’onga (B.Mamajonovning da’vosicha – 
«Rost-Qur’on») erishgan, ungacha Qur’onga go‘yoki «shayton suralari 
qo‘shilgan» deb da’vo qilinadi hamda mavjud tafsirlar tan olinmaydi; 

Muhammad payg‘ambarga «vositachi», «uning vazifasi faqat Qur’onni 
yetkazish edi» degan da’vo bilan hurmat ko‘rsatilmaydi, «xulafoi roshidin»dan 
keyingi xalifalar «do‘zaxi» sanaladi; 

Qur’on - yagona muqaddas manba, hadislar tan olinmaydi; 

dunyoviy partiya va boshqa dindagilar, shu jumladan, yahudiy va xristianlar 
«shaytonga ergashgan»lar deb qaraladi; 

mazhablarga ergashish «shirk» amal hisoblanadi; 

mayyitni kafanlash va «janoza» o‘qish islomda yo‘q amallar, deb qaraladi; 

go‘yoki isrof bahonasida davlat bayramlari va tug‘ilgan kunlarni nishonlash, 
to‘y-ma’rakalar o‘tkazish, diniy marosim va urf-odatlar dindan chiqaruvchi 
shirk amallar qatoriga kiritilgan; 

namoz va ibodatda ishlatiladigan sano va salovotlarning barchasi o‘zbek tilida 
o‘qilishi joriy qilingan, namoz vaqti va tartibi e’tiborga olinmaydi, bir sutkada 
besh mahal azonsiz, B.Mamajonov belgilagan vaqt va tartibda 17 rakat, kechasi 
2 rakat sunnat namozi o‘qiladi. 
Jamoa a’zolarining asosiy qismini B.Mamajonovning qarindoshlari va yaqinlari 
tashkil etadi. Ayrim a’zolar O‘zbekiston islom harakatining jangovar lagerlarida 
«hijrat»da bo‘lib qaytganlar. Hozirda jamoaning kam sonli a’zolari Farg‘ona 
viloyatining Toshloq tumani va Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida 
istiqomat qiladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin