Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabatda
bo‘linishi va ularning shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishi kerak.
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning
qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi kerak»;
11) quyidagi mazmundagi
26
1
va
26
2
-moddalar bilan to‘ldirilsin:
«
26
1
-modda. Har bir shaxs advokat yordamidan o‘z tanloviga ko‘ra
hamda
jinoyat protsessining har qanday bosqichida foydalanish, shaxs ushlab turilganida
esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan eʼtiboran
foydalanish huquqiga ega.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi
ayblovning mohiyati va
asoslari to‘g‘risida xabardor qilinish, o‘ziga qarshi ko‘rsatma bergan guvohlar bilan
yuzlashtirilish, o‘z foydasiga ko‘rsatma berayotgan guvohlarning chaqirtirilishi
huquqiga ega.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish
chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Huquqbuzarliklardan va hokimiyatni suiisteʼmol qilishdan jabrlanganlarning
huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga
odil sudlovdan
foydalana olishini va yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinishini taʼminlaydi.
Har bir shaxs davlat organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining
noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat
tomonidan qoplanishi huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: