Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
qonunloyihasi

 
14-modda. Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini hamda jamiyatning 
barqaror 
rivojlanishini 
ko‘zlab, 
ijtimoiy 
adolat 
va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi»; 
4) 15-modda
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: 
«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega 
bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va O‘zbekiston Respublikasining butun 
hududida qo‘llaniladi»; 
 
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin; 
5) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi inson va fuqaroning huquq hamda 
erkinliklariga, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
huquq 


va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy 
prinsiplarga va qoidalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas»; 
6) 17-moddaning
birinchi 
qismi quyidagi 
mazmundagi birinchi va ikkinchi 
qismlar bilan 
almashtirilsin: 
«O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli 
subyektidir. Uning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, 
chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l 
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va 
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. 
O‘zbekiston barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi 
siyosatini olib boradi»; 
 
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin; 
7) 18-modda
quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan to‘ldirilsin: 
«O‘zbekiston Respublikasida inson hamda fuqaroning huquqlari 
va erkinliklari xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga binoan hamda 
mazkur 
Konstitutsiyaga 
muvofiq 
eʼtirof 
etiladi 
va kafolatlanadi. 
Insonning qadr-qimmati, asosiy huquq va erkinliklari daxlsiz, ajralmasdir va 
ular har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi»; 

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin