Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
tartibi qonun bilan belgilanadi.
Fuqarolarning
mahalliy
ahamiyatga
ega
bo‘lgan
masalalarni
o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning o‘ziga xos tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek
milliy va maʼnaviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar hamda anʼanalardan kelib
chiqqan holda, mustaqil ravishda va qonun doirasida hal etish huquqi hamda uni
amalga oshira olish qobiliyati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb eʼtirof
etiladi»;
14)
35-moddaning birinchi qismidagi «muassasalariga yoki» degan so‘zlar
«muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoki» degan
so‘zlar bilan almashtirilsin;
15)
IX bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«
IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar»;
16)
36-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Har kim qonun bilan
muhofaza qilinadigan mulkka, shu jumladan
intellektual mulkka bo‘lgan huquqqa ega»;
17)
37 – 40-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«
37-modda. Har kim munosib mehnat qilish, erkin kasb tanlash, xavfsizlik va
gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash,
mehnati
uchun
hech
qanday
kamsitilishlarsiz
va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan
tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda
himoyalanish huquqiga ega.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi
uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni
ishga qabul qilishni rad
etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.
Har bir ishlovchi ayol homilador bo‘lgan taqdirda va tug‘ish davrida haq
to‘lanadigan taʼtilga hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun
taʼtilga yoki bolani farzandlikka olish uchun taʼtilga chiqish huquqiga ega.
Jazoni sudning hukmiga ko‘ra o‘tash tartibidan boshqacha tartibdagi majburiy
mehnat yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa
hollardagi majburiy mehnat
taqiqlanadi.
Majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan
foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: