Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
qonunloyihasi



O‘zbekiston Respublikasining 
KONSTITUTSIYAVIY QONUNI LOYIHASI 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 
 
1-modda. 1992 yil 8 dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Kengashining 
o‘n 
birinchi 
sessiyasida 
qabul 
qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 4-modda; 1994 yil, 
№ 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 
yil, № 3–4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 162-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, 
№ 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014 yil, № 4, 85-modda; 2017 yil, № 4, 
134-modda, № 5, 200-modda, № 8, 383-modda; 2018 yil, № 10, 674-modda; 2019 
yil, 
№ 
2, 
47-modda, 
№ 
3, 
162-modda, № 9, 588-modda; 2021 yil, № 2, 139, 140-moddalar) quyidagi 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 
1) Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«Muqaddima 
Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi, 
inson huquqlariga va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, 
davlat suvereniteti prinsiplariga o‘z sodiqligimizni tantanali ravishda eʼlon qilib, 
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalari ustuvorligini eʼtirof etib, 
har bir insonning shaʼni va qadr-qimmati, farovonligi hamda manfaatlari 
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan, insonparvar, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va 
dunyoviy davlatni barpo etish hamda mustahkamlash borasida hozirgi va kelajak 
avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatimizni anglagan holda, 
ochiq, adolatli va barkamol fuqarolik jamiyatiga intilib, 
o‘zbek davlatchiligining uch ming yillikdan ziyod tarixiy taraqqiyot 
tajribasiga, shuningdek jahon va islom sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa 
qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy merosiga tayanib, 
demokratiya g‘oyalariga, ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglik kabi 
qadriyatlarga o‘z sodiqligimizni tasdiqlab, 
mamlakatimizning barqaror rivojlanishini, yoshlarning munosib hayot 
kechirishini, shu maqsadda taʼlim, ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyat taraqqiyotini 
taʼminlashga intilib,
bizgacha yetib kelgan tabiiy, madaniy, moddiy va maʼnaviy qimmatliklarni 
hamda boyliklarni ko‘paytirishga va muhofaza qilishga, atrof-muhit musaffoligini 
saqlashga astoydil bel bog‘lab, 


O‘zbekistonning jahon hamjamiyati va eng avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan 
o‘zaro 
bir-birini 
qo‘llab-quvvatlash, 
hamkorlik 
va hurmat qilish, tinchlik va totuvlik asosidagi uyg‘un, do‘stona munosabatlarini 
mustahkamlashga hamda rivojlantirishga intilib, 
fuqarolar tinchligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni hamda 
bag‘rikenglikni taʼminlash maqsadida, 
O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qilamiz va 
eʼlon qilamiz»; 
2) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«1-modda. O‘zbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, 
demokratik 
davlat. 
Davlatning 
«O‘zbekiston 
Respublikasi» 
va “O‘zbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi»; 
3) 13 va 14-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«13-modda. O‘zbekiston 
Respublikasida 
demokratiya 
umuminsoniy 
prinsiplarga asoslanadi, ularga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-
qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. 
Insonning shaʼni va qadr-qimmatini, huquq va erkinliklarini hurmat qilish, 
ularga rioya etish, ularni himoya qilish davlatning majburiyatidir. 
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi, qonunlarning maʼnosini, 
mazmunini va qo‘llanilishini, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyatini belgilaydi. 
Insonga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi davlat organi tomonidan 
ko‘zlanadigan qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor 
shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak. 
Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda 
yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va 
noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi. 
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya 
qilinadi. 

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin