Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
qonunloyihasi

 
birinchi va ikkinchi 
qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi 
qismlar deb hisoblansin; 
8) 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«20-modda. Fuqaro o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa 
shaxslarning, 
jamiyat 
hamda 
davlatning 
huquqlari, 
erkinliklari 
va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart. 
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonun bilan va boshqa shaxslarning 
huquq va erkinliklarini, shuningdek jamoat xavfsizligini va tartibini taʼminlash 
uchun zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin»; 
9) 22-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«22-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida 
ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib 
yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas. 
Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning 
saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi»; 
10) 2425 va 26-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: 


«24-modda. Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi bo‘lib, qonun 
bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi. 
 
25-modda. Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. 
Hech kim qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi yoki qamoqda 
saqlanishi mumkin emas. 
Ushlab turishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga yoki ozodlikni 
boshqacha tarzda cheklashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sud 
qaror qabul qilmagunicha qirq sakkiz soatdan ko‘p muddat ushlab turilishi mumkin 
emas. Agar ushlab turish yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklash to‘g‘risidagi 
qaror belgilangan muddatda sud tomonidan qabul qilinmasa, shaxs darhol ozod 
qilinishi kerak. 
Shaxsni ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turish asoslari unga 
tushunarli tilda tushuntirilishi kerak. 
Hech kim shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganligiga asoslanib jinoiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy 
yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi 
mumkin emas. 
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy, ilmiy va boshqa tajribalar o‘tkazilishi 
mumkin emas. 
Har bir inson o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, qonun bilan taqiqlanmagan 
hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan har qanday 
harakatni amalga oshirish huquqiga ega. Qonunda belgilanmagan majburiyat hech 
kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi mumkin emas. 

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin