3. Rivojlangan davlatlarning xalqaro moliyaviy inqirozga qarshi choralarining ustuvor yo‟nalishlari. Inqiroz AQSHning yirik moliyaviy muassasalari Citigroup, Bank of
America, JP Morgan Chase, Wells Fargo va boshqalarni qamrab ola boshladi.
Bank tizimidagi likvidlilik muammolari, o‗z navbatida, xo‗jalik sub‘ektlari va
aholining bank tizimiga bulgan ishonchi pasayishiga, kredit risklarining ortishiga
va iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab buldi.
Inqiroz banklarning kreditlash sohasidan ishlab chikarish sohasiga ko‗chdi:
bozorda taklifning talabdan oshishi kuzatildi va bu holat AQSH avtosanoatidagi
yoppasiga ishdan bushatishning kuchayishi bilan yakunlandi. AQSHning inqirozga
karshi siyosati bozordagi talabni rag‗batlantirish, yirik biznesga yirik banklar va
korporatsiyalarga etarlicha ko‗mak berishga yunaltirildi.
Ishlab chiqarishning tushib ketishi bank kreditlarining qiskarishi, real ishlab
chikarish risklarining ortishi bilan birga kechdi. Ishlab chiqarishning pasayishi va
risklarning ortishi, o‗z navbatida, investitsiyalarni, shuningdek, import tovarlariga
bulgan talabning kamayishiga olib keldi. AQSH Prezidenti B.Obamaning 2009 -
yilning fevral oyida tasdiklangan inqirozga karshi choralar Dasturi Amerikani
tiklash va kayta investitsiyalash Rejasi (American Recovery and Reinvestment
Act) nomi bilan ham yuritilib, 3 yil muddatga, ya‘ni 2011- yilgacha ishlab
chiqilgan. (3-jadval)
Jahon moliyaviy inqirozi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bank
tizimiga xam jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Bunga javoban Evropada
banklarni qutkarish choralari ko‘rildi. G.Braun boshchiligidagi
Angliya xukumatining inqirozga karshi choralarida bank tizimi
ustidan kuchli davlat nazoratini ta’minlash asosiy bo‘g‘inga
aylandi. Braun dasturi (510 mlrd. AQSH dollari) 290 mlrd. dol¬lar
mikdoridagi mablarlarni Britaniya banklari muammoli aktivlarini
sotib olishga, 220 mlrd. dollarni esa banklarning kayta