2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari



Yüklə 445,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/26
tarix23.05.2023
ölçüsü445,46 Kb.
#120997
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
5 мавзу макро

Gn*cr = yoki ≠ s  
Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to`liq bandlilik sharoitida 
kafolatlangan va tabiiy o`sish sur‘atlari o`zaro teng bo`lganda ta‘minlanadi.Ammo 
bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.
5. R.Solouning neoklassik modeli asoslari. 
Iqtisodiy o`sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 yillarda, ya‘ni 
dinamik muvozanat muammosiga e‘tibor susaygan va birinchi planga nafaqat 
foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu bilan birga yangi texnikani joriy 
qilish, unumdorlikni oshirish va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash 
hisobiga potensial mumkin bo`lgan o`sish sur‘atlariga erishish muammosi chiqqan 
davrda paydo bo`ldi.
Shu sababli iqtisodiy o`sish muammosining nafaqat nazariy asoslari, balki uni 
tahlil qilishning uslublari ham o`zgardi. Bu davrda rivojlangan davlatlar 
iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o`sdi. Bu firmalar o`z investitsiyalarini 
strategik rejalashtirish uchun, iqtisodiy o`sishning neokeynscha modellariga 
tayangan holda, mikrodarajada o`sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi. 
Ta‘kidlangan modellarni tuzishda firmalar chiziqli dasturlash uslublaridan va 
V.Leontevning ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanishdi.
Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o`sishga 
erishishga intilishlari neoklassik yo`nalish vakillarini iqtisodiy o`sishning 
neokeynscha modellariga muqobil bo`lgan o`sish modellarini yaratishga faol 
kirishishga undadi.
Bu yo`nalish vakillari ( amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz iqtisodchisi 
J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o`z resurslaridan 
potensial o`sishga erishish maqsadi to`laroq foydalanish imkonini berish uchun, 
iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat‘iy cheklash lozim degan fikrni olg`a surishdi.
Ular yaratgan modellarning metodologik asoslari bo`lib, shuningdek, mehnat, 
kapital va erni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb qarovchi 
ishlab chiqaish omillarining klassik nazariyasi xizmat qildi.
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo`lib chekli 
(chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko`ra ishlab 
chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli mahsulotlari ( 
omillarning qo`shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo`shimcha mahsulot) bilan 
belgilanadi.
Noklassik maktab nazariyotchilari iqtisodiy o`sishning neokeynscha 
nazariyalarini uch jihat bo`yicha tanqid qildilar:

birinchidan, ular e‘tiborni faqat iqtisodiy o`sishning bir omiliga-kapital 
jamg`arishga ( investitsiyalarnining qo`shimcha o`sishiga) qaratishdi. Boshqa 
omillar( ayniqsa texnik taraqqiyot bilan bog`liq bo`lgan holatlar, ya‘ni ishchi 


kuchining ma‘lumot darajasi va malakasining o`sishi, ishlab chiqarishni tashkil 
etishning yaxshilanishi hamda boshqalar) ular e‘tiboridan chetda qoldi. 
Neoklassiklar bo`sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi 
ishchi kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo`shimcha o`sishini 
ta‘minlash mumkin deb hisobladilar;

ikkinchidan, neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital talabchanligi 
koeffitsenti-s (s= I / Δ Y )ni o`zgarmas deb qaradilar. Neoklassik modellar esa ikki 
ishlab chiqarish omilini (kapital va mehnatni) hisobga olgan holda va ularning 
o`zaro bir-birini almashtirishini ( substitut ekanligini) ko`zda tutib bu koeffitsent 
o`zgarishi mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab chiqarishning 
berilgan texnik qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab chiqarish hajmiga 
resurslarning turli kombinatsiyalarini qo`llab erishish mumkin degan xulosa 
chiqadi;

uchinchidan, neokeynschilar bozor mexanizmining muvozanatni 
avtomatik tiklash qobiliyatini etarlicha baholamadilar. Neokeynschilardan farqli 
ravishda, neoklassiklar faqatgina raqobatga asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy 
o`sishning balanslashganligini ta‘minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy 
o`sishning balanslashganligini ta‘minlash raqobat mexanizmidan tashqari barqaror 
pul tizimiga ham bog`liq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi bozor 
muvozanatini avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli ular, davlatning 
iqtisodiyotga aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil sifatida qarab, inflatsion 
davlat xarajatlariga qarshi chiqdilar.
Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash
xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda‖Iqtisodiy o`sish 
nazariyasiga hissa‖ asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda ―Texnik 
taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi‖ nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va 
yalpi taklifning tengligi hisoblanadi.
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan 
ifodalangan. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikiinchi tomondan 
foydalanilayotgan omillar hamda ularning o`zaro kombinatsiyalari o`rtasidagi 
funksional bog`liqlikni aks ettiradi, ya‘ni:

Yüklə 445,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin