motivlari, uning yo`nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli
ijtimoiy rollari, mavqei, ijtimoiy qo`shilish omillari - ijtimoiylashuvi; shaxsning o`z-
o`ziga bahosi,
munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy
shartsharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, shaxs tiplari o`rganiladi.
Ommaviy ijtimoiy psixologik hodisalar. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy
hodisalar deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o`zaro ta’sir
jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy
madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli,
olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning
bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o`zaro ta’sir masalalari tushuniladi.
Hozirgi murakkab ijtimoiy hodisalar sharoitida
ommaviy ijtimoiy psixologik
qonuniyatlarni bilishning hamda ularni boshqarishning ahamiyati juda kattadir.
Oila-ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida.
Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar oila a’zolarining bir-birlariga
munosabatlari, nikohdagi o`zaro moslik masalalari,
oilaviy mojarolarning
psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy-psixologik metodlari
o`rganiladi.
Dostları ilə paylaş: