Shaxs psixologiyasi, uning ijtimoy- psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi
kundagi o’zgarishlar va ma’naviy jihatdan poklanish davrida o’ta muhim sohasidir.
Har bir shaxsning jamiyatda ro’y berayotgan tub islohatlarga munosabati, ularni
idrok
qilish va anglash darajasi, o’z-o’ziga nisbatan munosabatining tabiati,
xulqidagi ijtimoiy motivlar va yo’nalishlar katta ahamiyatga egadir.
Jamiyat miqiyosida ro’y beradigan ommaviy xodisalar
ham ijtimoy psixologiya
uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy
hodisalarning, katta guruhlarning ta’sirini inkor etib bo’lmaydi.
Mamlakatimizda ro’y berayotgan tub ijtimoiy –
siyosiy islohatlar ijtimoiy
taraqqiyot va tafakkuri rivojlanishini tezlashtiruvchi,
davr va kishilar ruhiga
xamohang tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tadbiqiy ishlar xususida, yoshlarda
yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.
5. Ijtimoiy psixologiyaning alohida sohalari:
Hozirgi kunda ijtimoiy psixologiya har bir sohaga kirib brogan. M: Iijtimoiy
psixologiya oilani o`ziga xos ijtimoiy guruh sifatida tekshirib, unda sodir bo`ladigan
barcha ruhiy jarayonlarni o`rganadi. Respublikamizda oila va nikoh masalalariga
e’tiborning kattaligini hisobga olib, ko`pchilik tadqiqotchilar o`z
ilmiy ishlarini ana
shu muammolarga bag`ishlaganlar.
Ijtimoiy psixologiyaning alohida sohalari.
sanoat va ishlab
chiqarish
boshqaruv
psixologiyasi
nikoh va oila