Insonlar o`zaro
munosabatlarning tabiatiga
bog`liq.
Murakkab ijtimoiy hamkorlik
faoliyatning mazmuniga
bog`liq.
1.3-sxema.
Ijtimoiy psixologiya – ijtimoiy jarayonlar, jamiyatdagi o`zgarishlarga aloqador
psixik hodisalarni o`rgangani uchun ham bevosita davrga bog`liqdir.
Fransuz olimi Serj Maskovisi. “Ijtimoiy psixologiyaning
vazifalarini bevosita
jamiyat belgilaydi” deb yozgan edi.
Mustaqil davlatimiz, jamiyatimizda keskin ijtimoiy iqtisodiy o`zgarishlar ro`y
berayotgan vaqtda ijtimoiy psixologik darajada hal qilinishi lozim bo`lgan vazifalar
har qachongidan ham muhim bo`lib turibdi.
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi – barkamol avlod tarbiyasini
ta`minlovchi barcha ma`naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar
mohiyatini tahlil
qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir.
Ijtimoiy
tafakkurning,
yangicha
dunyoqarash
va
munosabatlartning
shakllanishini, insonning o`ziga va o`zgalarga ta`sir etishning mexanizmlarini
o`rganish eng dolzarb masalalardandir.
1.3- sxema.
Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot
ob’ektlarida odamlarni guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o`rganish, kichik
guruhlarning psixologik tuzilishi, ularga ro`y beradigan
dinamik jarayonlar
(uyushqoqliq, o`zaro moslik va hokazolar); guruhlardagi peshqadamlik va
boshqarish psixologiyasi; konformizm hodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari,
turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar o`rtasida o`zaro muloqot,
o`zaro bir- biriga ta’sir
usullari, odamlarni samarali muloqotga o`rgatish ham
guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o`rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab
chiqarish ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
Dostları ilə paylaş: