Agar
sotsiologiya shaxs ijtimoiy faolligining
manbalarini tushuntirib bersa,
ijtimoy psixologiya esa bu faollikning namoyon bo’lish konuniyatlari va yo’llarini
tadqiq qiladi, bu faollik to’liq amalga oshishining sharoitlarini aniqlashga yordam
beradi.
Sotsiologiya turli xil insoniy guruhlar ichidagi
shaxslararo aloqalarning
ijtimoiy mohiyatini ochib beradi.
Ijtimoy psixologiya esa bu munosabatlar har-biri alohida kishining faoliyatida
va ayrim guruhlarda qanday namoyon bo’ladi hamda
ularning shaxs sifatlari
shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri o’rganadi.
Pedagogika qo’lga kiritilgan
tajribadan foydalanar ekan,
ijtimoy psixologiya
shaxs va jamoaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish
samaradorligini oshirish, ta’lim
tarbiya jarayonlarini takomillashtirish yo’llarini ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: