Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi



Yüklə 202,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.05.2023
ölçüsü202,04 Kb.
#121366
  1   2   3   4   5   6   7
9-маъруза



MAVZU: ANTROPOGENEZ. IRQLAR VA ULARNING BIRLIGI. 
Reja: 
1. Odam bilan hayvonlar tuzilishidagi o‘xshashliklar. 
2. Odam bilan odamsimon maymunlarning o‘xshashligi va farqi.
3. Odam paydo bo‘lishini isbotlovchi paleontologik omillar. 
4. Odamning dastlabki vatani.
5. Irqlarning paydo bo‘lishi. 
6. Odamning kelgusi taraqqiyoti. 
Odam paydo bo‘lishi masalasi nihoyatda murakkab muammolardan biri 
hisoblanadi. Bu muammo uzoq davrlardan beri turli xil munozaralarga, baxslarga 
sabab bo‘lmoqda. Turli dinlar odamni xudo yaratganligi to‘g‘risida muqaddas 
kitoblar Tavrot, Injil, Qur’oni karimdan qayd etilgan fikrlarini da’vat qilib 
kelmoqdalar. Musulmonlarning muqaddas kitobi hisoblangan Qur’oni karimning 
yettita surasida odamning loydan, tuproqdan, suvdan, nutfa, maniydan, bir parcha 
go‘shtdan, qondan yaratilganligi haqida ta’kidlab o‘tiladi. Jonsiz- tuproq, loy, 
suvdan yaratilgan odamga xudoning inoyati bilan jon kiritilgan deyiladi. Ilm-fan 
esa odamning yer yuzida paydo bo‘lganligini ashyoviy dalillar asosida yechishga 
harakat qiladi. Biologiyaning alohida sohasi bo‘lmish antropologiya inson 
tanasining tuzilishi, uning qanday qilib paydo bo‘lganligi, takomillashib 
borganligi, odam gavda tuzilishining qaysi jihatlari bilan hayvonot dunyosiga 
yaqinligini konkret dalillar –faktlar yordamida tushuntiradi.
Odatda odamning hayvonot olamidan kelib chiqqanligi uning ayniqsa 
odamsimon maymunlar to‘g‘risida gap ketganda ko‘pchilik ingliz tabiatshunosi, 
hozirgi zamon ilmiy biologiyasiga asos solgan Ch. Darvinni ayblaydilar. Shuni 
ta’kidlash kerakki odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligi to‘g‘risida 
fikr-mulohazalar Darvindan ancha ilgari yashagan olimlar tomonidan ta’kidlab 
o‘tilgan.
Vatandoshimiz buyuk olim Abu Nasr Forobiy odam zotini aqlli jonivor deb 
atagan. Hayvon turlari o‘rtasida va bir tur ichida kurash qonuniyati borligini 
Forobiy birinchi bo‘lib anglagan. Hayvonot olamida amal qilinadigan bu qonun 
odamlarda vaxshiylik sifatlarini tug‘dirib, turganiga e’tiborni qaratgan. Shunga 
o‘xshash fikr keyinchalik boshqa tabiatshunos olimlar, ayniqsa, J.B. Lamarkda 
ham uchraydi. 
Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini faqat tabiatshunos 
olimlargina emas, balki islom dini peshvolarining biri bo‘lgan Aziziddin Nasafiy 
ham o‘zining «Zubdat ul haqoyiq – haqiqatlar qaymog‘i» nomli risolasida tirik 
tabiat o‘lik tabiatdan paydo bo‘lganligini, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar bir 
tarmoqdan rivojlanganligini qayd etadi va ochiqdan- ochiq «inson hayvon 
turlaridan biridir. Aynan hayvon ruxi tarbiya topib ta’lim va tahsil ko‘rib, bilish, 


takrorlash, taqvo va zikr tufayli darajalar bo‘ylab rivojlanadi va har bir daraja – 
martabada yangi ismga molik bo‘ladi» deydi.
Odam tabiiy ravishda paydo bo‘lganligi haqidagi g‘oya antik dunyoda 
yaratilgan. Chunonchi, eramizgacha VI asrda yashagan Anaksimandr «barcha tirik 
mavjudotlar dastlab Quyosh nurlari isitgan loydan kelib chiqqan, so‘ngra ularning 
ba’zilari quruqlikka tarqalib, o‘zgargan. Odam ham shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan» 
degan edi. Qadimgi yunonlarning odam paydo bo‘lishi haqidagi fikrlari tub 
mohiyati bilan to‘g‘ri bo‘lsa ham, ular hech qanday dalillarga asoslanmagan edi. 
Biroq tabiatshunoslar qadimgi vaqtlardaYoq odam bilan odamsimon maymunlar 
orasida o‘xshashlik borligini e’tirof etdilar va odamsimon maymunlarni «o‘rmon 
odamlari» deb atadilar. XVIII asrga kelib, maymunlarning to‘liq anatomik 
tuzilishiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi. 
O‘simliklar bilan hayvonlarning dastlabki sun’iy sistemasini tuzgan Linney 
odamni xudo yaratgan, degan diniy tasavvurlarga ishonsada, biroq odamning tana 
tuzilishi hayvonlarnikiga o‘xshash ekanligini e’tiborga olib, uni primatlar 
turkumiga kiritgan. XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida odam paydo bo‘lishi haqida 
dastlabki evolutsion tasavvurlar vujudga keldi. Lamark birinchilar qatori odam 
paydo bo‘lishini evolutsiyaning umumiy g‘oyasi bilan bog‘lagan. U odam o‘z tana 
tuzilishi bilan sut emizuvchi hayvonlarga o‘xshash, biroq tik yurish, orqa, oldingi 
oYoqlarining tuzilishi va boshqa xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi.
Odam paydo bo‘lishini organik olam evolutsiyasidan ajralgan holda 
tushunish mumkin emas. Darvin o‘zining «Turlarning kelib chiqishi» degan 
asarida odam paydo bo‘lishi ustida alohida to‘xtalmay, faqat uning nazariyasiga 
mazkur masalani yoritishda aniqlik kiritishni ta’kidladi, xolos. Darvinning qayd 
qilingan asari chop etilgandan so‘ng Geksli va Gekkellar evolutsion ta’limotni 
birinchi bo‘lib odam paydo bo‘lishi masalasiga tadbiq qildilar. 
Geksli qiyosiy anatomiya dalillaridan mohirlik bilan foydalangan holda 
odam odamsimon maymunlarga yaqin ekanligini ko‘rsatib berdi. Gekkel esa 
embriologiya ma’lumotlariga asoslanib, odam primatlardan kelib chiqqanligini 
qayd qildi. U sut emizuvchilarning shajarasini tuzib genealogik chiziq chala 
maymunlardan maymunlarga, ulardan odamga borib taqalishini e’tirof etdi. Gekkel 
uchlamchi davrning oxirida antropoidlar bilan odam o‘rtasida qandaydir oraliq 
mavjudotlar yashagan, deb taxmin qildi va ularni «pitekantrop», ya’ni maymun 
odam deb nomladi. Keyinchalik olimning bu taxmini to‘g‘ri ekanligi paleontologik 
topilmalar orqali isbotlandi. 
Odam bilan hayvonlar tuzilishidagi o‘xshashliklar. Odamning qo‘l-oyoq 
suyaklari quruqlikda hayot kechiruvchi umurtqali hayvonlarning oldingi va orqa 
oyoq suyaklari tuzilishiga o‘xshashdir. Chunonchi, odamning qo‘li, qushlarning 
qanoti, sudralib yuruvchilarning, suvda va quruqda yashovchilarning oldingi oyoq 


suyaklari — elka, bilak, tirsak, kaft oldi, kaft va barmoq suyaklaridan tashkil 
topgan. Orqa oyoqlar taqqoslanganda ham shunday o‘xshashliklarni ko‘rish 
mumkin. Odam organizmining tuzilishi, ayniqsa, sut emizuvchi hayvonlarning 
organizmi tuzilishiga juda yaqin. Barcha sutemizuvchi hayvonlarga xos bo‘lgan 
organlar, xususiyatlar, chunonchi, sut bezlari, junlilik, issiqqonlilik, quloq 
supralari, jag‘dagi uch xil (jag‘, qoziq, kurak) tishlar odamda ham uchraydi. Ichki 
organlar tuzilishida ham o‘zaro o‘xshashlik bor. Har ikkala holda ham tana ko‘krak 
va qorin bo‘shliqlariga bo‘linadi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida yurak, o‘pka, qizilo‘ngach, 
qorin bo‘shlig‘ida esa jigar, taloq, ichaklar, buyrak va hokazolar joylashgan. 
Odamning hayvonlarga qon-qarindosh ekanligini isbotlovchi muhim dalillardan 
yana biri rudiment organlaridir.
Odamdagi rudiment organlar deyilganda, uning ajdodlarida yaxshi 
takomillashgan, lekin odam paydo bo‘lishi natijasida asta-sekin o‘z vazifasini 
yo‘qotib, qoldiq holatga o‘tgan organlar tushuniladi. Odamda 90 dan ortiq 
rudiment organ bor. Masalan, ko‘richak ning chuvalchangsimon o‘simtasi — 
appendiksni olaylik. Odamlarda bu o‘simtaning uzunligi 2—3 sm bo‘lib, uning 
yallig‘lanishi appenditsit degan og‘ir kasallikka olib keladi. U anchagina xavfli 
bo‘lganligi sababli vrachlar uni operatsiya Yo‘li bilan kesib tashlaydilar. Dag‘al 
oziq-o‘tlar bilan oziqlanuvchi barcha hayvonlarda ko‘richak va uning 
chuvalchangsimon o‘simtasi juda yaxshi rivojlangan. Chunki me’dada hazm 
bo‘lmagan oziq shu chuvalchangsimon o‘simtada hazm bo‘ladi. Umurtqali 
hayvonlarning ko‘pchiligida dum bo‘ladi va u tegishli vazifani bajaradi. 
Katta Yoshdagi odamlar umurtqa pog‘onasining pastki qismida to‘liq 
rivojlanmagan 4—5 ta umurtqa bor. U dum suyagini tashkil qiladi. Dum suyagi bir 
juft nerv va qisqarish faoliyatini Yo‘qotgan dum muskullariga ega. Odam hayotida 
dum qoldig‘i hech qanday vazifa bajarmaydi va rudiment holatda bo‘ladi. 
Ma’lumki, sut emizuvchi hayvonlarning quloq suprasi tez-harakat qiladi. 
Shu sababli ular shitirlagan tovushnigina emas, balki ovozning qayoqdan 
kelayotganini ham bilib oladi. Quloq suprasini harakatlantiruvchi maxsus 
muskullar bor. Odamning hayvonot olamidan ajralib chiqishi va tabiat ustidan 
hukmronlik qila boshlashi tufayli quloq suprasi rudiment holga kelgan. Odam 
ko‘zining ichki burchagidagi yarim oysimon parda biror vazifa bajarmaydi. U 
hayvonlar ko‘zidagi uchinchi qovoq (pirpiratadigan parda) ning rudimentidir. 
Yarim oysimon parda qushlar hamda sudralib yuruvchilarda yaxshi rivojlangan. 
Qushlar uxlaganda oq pardani ko‘rish mumkin. Odam tanasidagi mayin jun (tuk) 
ham rudiment organga misol bo‘ladi. 

Yüklə 202,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin