Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi



Yüklə 202,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix24.05.2023
ölçüsü202,04 Kb.
#121366
1   2   3   4   5   6   7
9-маъруза

Neandertal 
Neandertallar tafakkuri ancha rivoj topganligini ular yasagan qurollardan 
bilish mumkin. Topilgan qurollarda sinantroplarning oddiy qurollariga qaraganda 
ancha pishiq ishlov berilganligini ko‘rsatuvchi izlar saqlanib qolgan. Tosh qurollar 
orasida ayniqsa uchi qirrali tosh qurol, dastali chopqi, qirg‘ichlar ko‘p uchraydi. 
SHubhasiz, neandertallar xuddi sinantroplarga o‘xshash tosh qurollardan tashqari, 
yog‘och, so‘yil, nayza kabilarni ham ishlatgan. Jamoa bo‘lib yashash neandertallar 
haYotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Yashash uchun kurashda yaxshi ov 
qiladigan va o‘zini oziq bilan ta’minlaydigan jamoalar g‘olib kelgan. Chamasi, 
ularning yosh va voyaga etganlari o‘rtasida o‘lim kam bo‘lgan. Albatta, jamoa 
afzalligiga nisbatan ayrim shaxsning afzalligi juda kam. Lekin jamoa yashab 
qolishi uni tashkil etuvchi individlarning foydali sifatlariga bog‘liq bo‘lgan. Tabiiy 
tanlanish tufayli paleantroplarda jamoa uchun foydali xossalar takomillasha 
borgan. Bundan taxminan 40000 yil ilgari yashash uchun kurashda paleantroplar 
mag‘lubiyatga uchrab, ularga nisbatan progressiv bo‘lgan Homo erectus ning 
ikkinchi tarmog‘i neantroplar yashash uchun kurashda ulardan g‘olib kelgan. 


Neoantroplar. Hozirgi zamon qiYofasidagi odamlarning suyak qoldiqlari 
dastlab Fransiya, Nil, Kromanon g‘oridan topilgan. Yuqoridagi dalilarga asoslanib 
XX asrning 60 yillariga qadar ko‘pchilik antropologlarning odamning dastlabki 
vakili Yevropa va bundan tahminan 90-40 ming yillar oldin paydo bo‘lgan degan 
fikrni quvvatlar edilar. Lekin XX asrning 70-80 yilarida Afrikada topilma odam 
suyaklari bunday fikr xaqiqatdan yirik ekanligini ko‘rsatadi. Xabashistonning 
OMO daryo vodiysida topilma odam kalla suyak qoldiqlari tuzilishi hozirgi 
odamlarga juda yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Lekin XX asrning 70-80 yillarida 
Xabashistonning OMO daryo vodiysi yaqin 100-150 ming er yotqiziqlarida 
topilgan odam kalla suyak tuzilishi ko‘p jihatdan hozirgi zamon tipidagi odamlarga 
o‘xshash ekanligini ko‘rsatadi. Keyinchalik shunga o‘xshash kalla suyaklari 
Tanzaniya davlatining Mumba g‘oridan ham topilgan. Yuqoridagi antropologik 
dalillarga suyanib hozirgi paytda Neoantroplarning dastlabki vakili Janubiy Afrika. 
Bu yerlarda hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar taxminan 13 xatto 200 mln yil 
oldin paydo bo‘lganlar degan fikr mulohazalar ko‘pchilik antropologlar tomonidan 
e’tirof etilgan.
Isroil, Kafzex va Sxul g‘orlarida neandertal va hozirgi zamon qiyofasidagi 
odam skeletlari bundan 70-100 ming yillarga teng. Binobarin yaqin Sharqda 
hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar bundan 100 ming yil avval paydo bo‘lgan, 
keyinchalik ular o‘z o‘rnini yevropani shimolidan kelgan neondrtallarga bo‘shatib 
bergan. Faqat so‘ngi 40 ming yil ilgari hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar yaqin 
Sharq va tarqala boshlaganlar va yashash uchun kurashda neandertallar ustidan 
g‘olib kelganlar. Shunday qilib, keyingi antropologik materiallarga qoldiqlari 
hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar Homo sapienes neandertallardan kelib 
chiqishiga ularning har ikkisiga Homo erectus avlodi hisoblanadi. Bundan 
taxminan 100000 yillar Afrika va Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan.
Dastlabki hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar chaylalarda, yerto‘lalarda 
yashagan, it, cho‘chqa, qo‘y va boshqa uy hayvonlarini asragan. Ular hayvonlarni 
ovlashda juda murakkab va xilma-xil usullardan foydalangan, yaxshigina uy-joy 
qurgan, nafis qurollar yasagan, tasviriy san’atni bilgan. Kromanon odamlari 
yashagan qarorgohlardan ibtidoiy ninalar topilishi ular hayvonlar terisidan o‘ziga 
kiyim tayyorlaganligini bildiradi. Kiyim tikish va uy-joy tayyorlash orqali 
odamning iqlim sharoitiga tobeligi tobora kamaya boshlagan. Odamning tarixiy 
rivojlanishida biologik qonunlar asta-sekin ijtimoiy qonunlar bilan o‘rin 
almashgan. Chunki odam barcha tirik organizmlarga o‘xshash o‘sib rivojlansa 
ham, biroq jamiyatdan tashqarida uning haqiqiy inson bo‘lib etishishi mumkin 
emas. Jamiyat va mehnat faoliyati odamning tarixiy rivojlanishida hal qiluvchi rol 
o‘ynagan. Binobarin, odamda biologik irsiyat bilan bir qatorda, sotsial 
programmaga ega bo‘lgan irsiylanish ham bor. Uning yordamida an’ana, 


madaniyat, fan, bilimlar kelgusi bo‘g‘inga beriladi. Binobarin, odamning 
individual rivojlanishida orttirilgan tajriba bilan yo‘qolib ketmaydi, balki umumiy 
insoniyat madaniyatiga qo‘shiladi. Irsiyatning bu tipini M.E. Lobashev «signal 
irsiylanish» deb nomlagan.
Hayvonlar tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni sezish orqali biladi. Bu 
Pavlov iborasi bilan aytganda, birinchi signal sistemasidir. U odamda ham mavjud, 
lekin odam tashqi muhitdagi voqea-xodisalarni asosan ikkinchi signal sistemasi - 
nutq orqali biladi. Odam signal irsiylanishga ega bo‘lishi va u orqali xilma-xil 
ilmiy-texnika va madaniyatga oid axborotlarni o‘zlashtiradi. 
Odam yer yuzasining turli iqlim sharoitida yashaydi. Chunki u ana shu 
sharoitga faqat jismonan moslashmay, balki noqulay sharoitga qarama-qarshi 
vositalar ham ixtiro qilgan. Fan va madaniyat rivojlanishi bilan odam o‘zi uchun 
sun’iy muhit vujudga keltirgan. Shunga ko‘ra, 40000 yildan beri hozirgi zamon 
tipidagi odamlar o‘zining kompleks biomorfologik belgi xususiyatlarini saqlab 
kelmoqda.
Odam evolutsiyasidagi eng katta muvaffaqiyatlardan biri yovvoyi hayvonlar 
va o‘simliklarni xonakilashtirish - neolitik revolutsiyadir. Bu revolutsiyaga qadar 
odam oziq va kiyim-kechak topishda tabiatga butunlay qaram bo‘lgan. Dastlabki 
xonakilashtirilgan hayvonlar, o‘simliklar tufayli bu qaramlikka barham berilgan. 

Yüklə 202,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin