Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi


Odamning dastlabki vatani



Yüklə 202,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix24.05.2023
ölçüsü202,04 Kb.
#121366
1   2   3   4   5   6   7
9-маъруза

Odamning dastlabki vatani 
Odamsimon maymunlar eng oldin yer yuzasining qaysi qismida odamga 
aylangan, degan muammo olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. Darvin 
paleontologik qazilmalar hamda odamsimon maymunlar - gorilla, shimpanzening 
Afrikada yashayotganligini e’tiborga olib, odamning dastlabki vatani, ehtimol, 
Afrikaning shimoli bo‘lgandir, degan edi. Keyinchalik esa dastlabki odamlar 
Janubiy Osiyoda yoki G‘arbiy yevropada paydo bo‘lgan, degan fikrlar ilgari 
surildi. 
Odamning dastlabki vatanini aniqlashda, albatta, ma’lum paleontologik 
dalillarga asoslaniladi. Shu nuqtai nazardan olganda, Avstraliya qit’asi odamning 
dastlabki vatani bo‘la olmaydi. Chunki, yuksak sutemizuvchilar, ya’ni 
yo‘ldoshlilar ilgari ham, hozir ham topilmagan. Amerika qit’asi ham odamning 
dastlabki vatani bo‘lishi ehtimoldan uzoq. Chunki Shimoliy va Janubiy Amerikada 
tor burunli maymunlar yashaganligini isbotlovchi birorta dalil yo‘q. Qadimgi 
odamlar qoldiqlarini Yevropa yoki Osiyoning shimoliy qismidan qidirish ham 
hech qanday natija bermadi. Chunki hozir ham, qadim zamonda ham maymunlar 
tropik iqlimga ega issiq mamlakatlarda yashagan. Hozir Afrikada va Janubiy 
Osiyoda odamsimon maymunlar yashaydi. Qayd qilingan territoriyalarda yuksak 
darajada tuzilgan odamsimon maymunlar hamda qadimgi odamlarning qazilma 
holdagi suyak qoldiqlari ko‘plab uchraydi. Chamasi, odamsimon maymunlarning 


odamga aylanish jarayoni Janubiy Osiyo va Afrikada, Janubiy yevropaning ko‘p 
qismini qamrab olgan katta territoriyada amalga oshgan. Bu katta territoriyada, 
aftidan, odamsimon maymunlarning bir turi yashab, ulardan eng qadimgi odamlar 
paydo bo‘lib, ular keyinchalik yer yuzasining turli qismlariga tarqalgan bo‘lishi 
mumkin. 
Irqlarning paydo bo‘lishi 
Hozirgi vaqtda yer yuzasida 6,5 milliarddan ortiq odam yashaydi. Uning 
hammasi bitta Homo sapiens turiga kiradi. Insoniyatning bu birligi uning kelib 
chiqishi, rivojlanishi, umumiyligiga, turli irqlarga mansub odamlarning bir-biri 
bilan cheksiz ravishda qo‘shilish qobiliyatiga, shuningdek, barcha irq vakillarining 
jismonan va aql-idrok rivoji amalda bir daraja ekanligiga asoslanadi. Bularning 
hammasi odamning kelib chiqishi monofiletik xarakterga ega ekanligidan dalolat 
beradi. Aqlli odam turi uchta katta irqqa — avstralo-negroid (ekvatorial), evropoid 
va mongoloid (osiyo-amerika) irqlariga bo‘linadi. 
Negroid irqi vakillarining terisi qora, to‘q jigar rang, sochi qora, jingalak, 
burni puchuqroq, keng, lablari qalin. Mongoloid, ya’ni osiyo-amerika irqi 
vakillarining terisi bug‘doy rang yoki tiniqroq, qirg‘iz qovoq, sochi to‘g‘ri va 
qattiq, soqol va mo‘ylovlari kam yoki rivojlanmagan, yonoqlari bo‘rtib chiqqan, 
lab va burunlari o‘rtacha qalinlikda, bodom qovoq bo‘ladi. 
Yevropoid irqiga mansub odamlar terisining rangi oqish, sochi yumshoq va 
to‘g‘ri, sersoqol, sermo‘ylov, burunlaritor, lablari yupqa bo‘ladi. 
Nima sababdan kishilar o‘rtasida bunday farqlar paydo bo‘lgan? Irqlarning 
kelib chiqishi juda murakkab tarixiy jarayondir. Y. Roginskiy fikriga ko‘ra, hozirgi 
zamon odami shakllanish jarayonida, ya’ni 100 ming yil oldin, Janubiy Osiyo va 
unga qo‘shni Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropada ikki irq — janubi-g‘arbiy, 
shimoli-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. Birinchi tarmoq keyinchalik yevropoid va 
negroid irqlarining, ikkinchisi esa mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab 
bo‘lgan. 
Odam irqlariVavilov N. I. 1927 yili organizmlarning yangi formalari paydo 
bo‘lgan markazdan retsessiv genlarning chetga chiqish qonunini kashf etdi. Bu 
qonunga muvofiq, tur tarqalgan areal markazida dominant belgilarga ega bo‘lgan 
formalar xukmronlik qilib, uning atrofini retsessiv genlarga ega bo‘lgan 
geterozigota formalar o‘rab turadi. Arealning eng chekka qismini esa retsessiv 
belgilari gomozigota holatda bo‘lgan formalar ishg‘ol qiladi. Mazkur qonun 
Vavilovning antropologik kuzatuvlari bilan uzviy bog‘liqdir. U boshliq 
ekspeditsiya 1924 yili Afg‘onistonning 3500—4000 m balandlikda joylashgan 
Kofiriston (Nuriston) da ajoyib voqeaning shohidi bo‘lgan.Ular Shimoliy — 
tog‘lik joylarda yashovchi kishilarning ko‘pchiligi ko‘kko‘z ekanligini 
aniqlashgan.O‘sha davrdagi hukmron farazga ko‘ra, shimoliy irqlar qadim 


zamonlardan keng tarqalgan va u erlar madaniyat o‘chog‘i hisoblangan. Vavilov 
bu farazni tarixiy-etnografik va lingvistik dalillar bilan isbotlab bo‘lmasligini 
tushuntiradi. Uning fikriga ko‘ra, nuristonliklar ko‘kko‘z bo‘lishi retsessiv genlar 
arealning chekkasiga surilishi qonunning aniq ko‘rinishidir. Bu qonunni 
keyinchalik Chebaksarov Skandinaviya yarim orolida yashovchi aholi misolida 
yanada ishonchliroq qilib isbotlab berdi. 
Irqchilik va uning asossizligi. Irqiy farq iqlim, fizik, geografik muhit, 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitning kompleks ta’siri tufayli kelib chikqan. Biroq 
ko‘pchilik burjua mamlakatlarida imperialistik urushlarni, mustamlakachilik 
siyosatini, kishilar o‘rtasidagi ishsizlikni himoya qilish maqsadida irqiy nazariyalar 
yaratilgan. 
XVIII asrdayoq nemis tarixchilaridan Meyners kavkaz irqi mongol irqidan, 
kelt irqi slavyan irqidan yuqori turadi, deb aytgan edi. XIX asrda Gobino oq 
irqlarni barcha irqlardan yuqori qo‘yadi. Xuddi shunday irqchilardan Lens, 
Gyunterlar shimoliy Evropa irqlarini iste’dodli, kishilar jamiyatinnng barcha 
madaniy meroslarini yaratgan irq, deb ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. Irqchilik 
ikkinchi jahon urushidan oldin gitlerchilar Germaniyasida, Italiyada, Yaponiyada 
keng tarqaldi. Bu bilan ular jahonni qayta bo‘lish, o‘zga xalqlarni qul qilish 
g‘oyalarini yashirishga urindilar. Hozirgi vaqtda irqchilik Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida, Janubiy Afrika Respublikasida avj olgan. 
Irqchilar xalqlarni oliy va quyi irqlarga bo‘ladilar. Oliy irqlar iqtisodiy, 
madaniy jihatdan yuqori, quyi irqlar past, shunga ko‘ra, ularning kelib chiqishi 
ham boshqa-boshqa — polifiletik harakterga ega emish. Irqchilar Yevropoid irqi 
neandertaldan, mongoloid irqi sinantropdan, negroid irqi avstralopitekdan 
tarqalgan deb kishilarni ishontirmoqchi bo‘ladilar. Irqlar to‘g‘risida so‘z borar 
ekan, shuni e’tiborga olish kerakki, irqiy farq juda kam bo‘lib, ular ikkinchi 
darajali belgilar hisoblanadi va odam tanasining barcha tuzilishiga xos emas. 
Yevropoid, mongoloid va negroid irqlariga mansub odamlar tashqi qiyofasi bilan 
bir-biridan farq qilsa ham, turmush qurib, normal nasl beradi. 

Yüklə 202,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin