uzun-uzun jun o‘sib chiqqanligi uchun u sher bashara bo‘lgan. Meksikalik raqqosa
Y. Pastranannng yuzi va tanasi ham junli bo‘lgan. Ba’zan dumli odamlar ham
tug‘iladi. Chunonchi 1848 yili Germaniyada dumining uzunligi 10 sm ga etadigan
bola tug‘ilgan. Odam bilan odamsimon maymunlarning o‘xshashligi va farqi.
Odamsimon maymunlarning odamga yaqinligi qadimgi zamonlardan ma’lum
bo‘lgan. Shu sababli Malayziyada yashovchi xalqlar odamsimon maymunlarni
o‘rmon odamlari (orangutan - Malayziya tilida o‘rmon odami) deb atashgan.
Odam bilan odamsimon maymunlar tanasining katta-kichikligi, qiyofasi
o‘xshashdir. Odam bilan odamsimon maymunlarda oyoq va qo‘llar bir xil suyak va
muskullardan tashkil topgan. Ularda skelet, muskullar, qon aylanish va nerv
sistemalari, ichki organlarning tuzilishi ham juda o‘xshash. Bosh barmoq boshqa
barmoqlarga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lishi sababli ularning har ikkisi ham
narsani ushlash imkoniyatiga ega. Odamsimon maymunlar uzun qo‘llariga tayansa
ham, orqa oyoqlarida yura oladi. Tishlarining kurak, qoziq, kichik va katta jag‘
tishlarga bo‘linishi hamda ularning soni odamnikiga mosdir. Odamda ham,
odamsimon maymunlarda ham yuz, kaftda va oyoqlar tagida jun bo‘lmaydi.
Gorilla va shimpanzening spermatozoidi odamnikiga juda yaqin. Odamsimon
maymunlarning bosh miyasi, miya yarim sharlari egat va burmalarining nihoyatda
rivojlanganligi odamlarnikiga ancha o‘xshash.
Odamsimon maymunlarning bosh miyasi yaxshi rivojlanganligi sababli, ular
oddiy qurollardan bemalol foydalana oladi. Chunonchi, odamsimon maymunlar bir
yog‘ochni ikkinchi yog‘ochga ulab, balanddagi mevani, o‘tni o‘chirib, yashiklarni
ustma-ust taxlab, emishni olish kabi ishlarni bajarishga layoqatli ekanligini
tajribada isbotlagan.
Dostları ilə paylaş: