Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi



Yüklə 202,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix24.05.2023
ölçüsü202,04 Kb.
#121366
1   2   3   4   5   6   7
9-маъруза

Arxantroplar 
Dastlabki topilgan tosh qurollar kaynozoy erasining to‘rtlamchi davri 
boshlariga to‘g‘ri keladi. Topilgan qazilmalarga ko‘ra, eng qadimgi odamlar, 
asosan, g‘orlarda yashab, yovvoyi otlar, cho‘chqalar, nosoroglar, ayniqsa kiyiklar, 
kemiruvchilar, yirik qushlar bilan oziqlangan. Ular ba’zan o‘zlariga yirik 
toshlardan vaqtincha boshpana yasagan va olovdan foydalanishni bilgan. 
Arxantroplar so‘zlashni bilganligi ehtimoldan uzoq emas. Nutq juda tuban 
darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Ularning qiyofasi birmuncha hozirgi zamon 
kishilari qiyofasiga o‘xshash, bir qancha belgilari bilan ulardan keskin farq qilgan. 
Chunonchi, 1891—1892 yillarda golland olimi E. Dyubua tomonidan Yava 
orolidan topilgan pitekantropning kalla suyagi sodda tuzilgan. Jag‘lari oldinga 
turtib chiqqan, iyagi rivojlanmagan, qosh burmalari yaxshi rivojlangan. Miya 
qutisining hajmi 900 sm3, demak, har qanday antromorf maymunning miyasidan 
1,5 baravar ortiq bo‘lgan. Eng qadimgi odamlarning, pitekantropdan tashqari, 
Xitoyda sinantrop, Germaniyada geydelberg, Afrikada telantrop kabi formalari 
ham topilgan. 
Pitekantroplarda, maymunlarga nisbatan, miyaning oliy nerv faoliyati bilan 
bog‘liq qismlari rivojlangan. Lekin nutq funksiyasi bilan bog‘liq zona yaxshi 
rivojlanmagan. Uning bosh miyasining chap yarim shari o‘ng yarim shariga 
nisbatan kattaroq bo‘lgan. Bu hodisa pitekantrop hozirgi odamlarga o‘xshash o‘ng 
qo‘lini ko‘proq ishlatganligining nishonasidir. 
1927—37-yillarda Pekin atrofidagi g‘orlardan arxantrop boshqa vakilining 
kalla, pastki jag‘ suyaklari, tishlari topilgan va unga xitoy odami — sinantrop deb 
nom berilgan. U ko‘rinishidan pitekantropga anchagina yaqin bo‘lsa ham, lekin 
unga nisbatan ancha rivojlangan bo‘lgan. Sinantroplarning bo‘yi past (erkaklari 
156 sm, ayollari 144 sm), peshonasi tor, ammo pitekantropnikiga qaraganda 
do‘ngroq, pastki jag‘i katta, tishlari yirik bo‘lgan, iyagi yo‘q, miya qutisining 
hajmi 1000 sm3 ga teng edi. Sinantroplar yashagan g‘orlarda oddiy tosh qurollar, 
gulxan, turli hayvonlar suyaklarining qoldig‘i, o‘simliklar urug‘i topilgan. Albatta, 
ular eng oddiy yog‘och qurollar-tayoq va so‘yillardan foydalangan. Biroq ular 
chirib ketib, bizgacha etib kelmagan bo‘lishi kerak. Sinantroplar har holda olov 
yoqish, uni o‘chirmasdan saqlash, oddiy qurollar yasash va ulardan ovda 
foydalanishni bilgan. 
Odam tarixiy rivojlanishining bu bosqichida dastlab yangi sotsial 
qonuniyatlar vujudga kelsa ham, lekin tabiiy tanlanish hukmronligi namoyon 
bo‘lgan. U tik yurishni yanada takomillashtirishga, bosh miyani yanada 
rivojlantirishga tomon yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Tabiiy tanlanish tufayli qadimgi 


odamlar ichidan nisbatan yaxshi rivojlangan tafakkur, nutq va mehnat faoliyatiga 
ega formalar yashab qolgan, boshqalari esa qirilib ketgan. 
Shu tariqa 600000-400000 yil muqaddam avj olib rivojlangan eng qadimgi 
odamlar Homo erectus keyinchalik qirilib, yangi, o‘zlariga nisbatan progressiv ikki 
tarmoqqa ajralgan. Ulardan biri: 
Paleoantrop (neandertal)lar. Yevropa, Afrika, Old Osiyo, O‘rta, Markaziy, 
Sharqiy Osiyo, Indoneziyaning 400 dan ortiq joyida bundan 200000-40000 yil 
oldin yashagan va tuzilishiga ko‘ra eng qadimgi odam hamda hozirgi zamon odami 
o‘rtasida oraliq forma hisoblangan. Bu odamlarning barchasi neandertal odami 
nomi bilan yuritilgandi. Neandertal odamining suyagi - Kiyik-koba g‘oridan, 
O‘zbekistondagi Surxondaryo oblastining Boysun tog‘idagi Teshik-toshdan 
topilgan. Ularning qazilma suyaklari bilan birga tosh qurollar, gulxan qoldiqlari, 
o‘ldirilgan hayvonlar suyagi ham topilgan. 
Neandertal odamining bo‘yi 155-160 sm bo‘lib, bukchayib yurgan, 
peshonasi tor, bir oz nishab bo‘lgan. Uning pastki jag‘ suyaklari ko‘proq 
odamnikiga o‘xshash, biroq iyak suyaklari oldinga turtib chiqqan, qo‘llari hozirgi 
odamlarnikiga nisbatan rivojlangan. Bosh miyasining hajmi 1450 sm3 ga teng. 
Neandertal odamlari to‘rtlamchi davrdagi muzlashning eng og‘ir sharoitda 
yashagan. Ular o‘t (olov) ni saqlashnigina emas, hatto ikkita yog‘ochni bir-biriga 
ishqab o‘t chiqarishni ham bilgan va shu bilan o‘zlari yashayotgan g‘orlarni 
isitgan. Neandertallar yirik hayvon go‘shtini egan, terisini yopinib yurib, sovuqdan 
saqlangan. 

Yüklə 202,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin