nazariyasi», «Mehnat iqtisodiyoti», «Mehnat sotsiologiyasi»,
«Mehnat huquqi» kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
«Personalni boshqarish» fani, jumladan, «Falsafa» fani
tamoyillarini, ya’ni insoniyatning tarixiy shakllanishi, mehnat
jarayonining mohiyati va mazmuni insonning asosiy faoliyati
sifatida namoyon bo‘lishi, uning ijtimoiy va fan-texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq tarzda har tomonlama rivojlanishi kabi
muammolarni birgalikda o‘rganadi.
«Personalni boshqarish» fani, «Iqtisodiy nazariya» fani
bilan ham chambarchas bog‘liqdir. U mehnat bozori va uning
tarkibiy qismlari, ishsizlik va uni kamaytirish yo‘nalishlari,
mehnat bozorini tartibga solish, davlatning ijtimoiy siyosati kabi
masalalarning iqtisodiy hamda nazariy jihatlarini birgalikda hal
etadi.
11
Mehnatning mohiyati va mazmuni, taqsimoti va
kooperatsiyasi, xodimlarning mehnatini ilmiy asosda
tashkil etish, mehnatga haq to‘lash, uni rag‘batlantirish kabi
muammolarni birgalikda hal etish jihatidan ushbu fan «Mehnat
iqtisodiyoti» fani bilan uzviy bog‘liqdir. Bu xodimlarning
serunum ishlashini ta’minlash, malaka ko‘nikmasidan samarali
foydalanish, salomatligini saqlash va mustahkamlash, komillikka
erishishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berishda, ayniqsa,
muhimdir.
Personalni boshqarishda inson omiliga tashqi muhitning
ta’siri, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida ishlovchilarning
o‘z atrofidagilarga munosabati, ishlab chiqarish muhitining,
sanitariya-gigiyena omillarining inson organizmiga, salomatligi
va ishga bo‘lgan munosabatiga hamda ishlash qobiliyatiga
ta’siri kabi jihatlar, albatta, hisobga olinishi lozim. Bular
ishlovchilarning o‘zi ishlayotgan korxonaga, o‘z ishiga
bo‘lgan munosabatida shakllanadi. Shunday ekan, «Personalni
boshqarish» fani o‘zi chambarchas bog‘liq bo‘lgan «Mehnat
fiziologiyasi», «Mehnat gigiyenasi», «Mehnat muhofazasi» kabi
fanlarning mehnatga munosabati borasidagi nazariy tomonlari
va tavsiyanomalariga amal qilishi lozim.
Mehnat faoliyatining ijtimoiy yo‘nalishlari va jamoaning
ijtimoiy masalalari — mehnatning mazmun va xarakteriga
ko‘nikish, uni tashkil etishda, ishlovchilarning faolligi,
mehnatdan qoniqish hosil qilish omillari, rag‘batlantirishning
turli shakllari va ularga munosabat kabi masalalarni o‘rganishda
«Personalni boshqarish» fani «Sotsiologiya», shu jumladan,
«Mehnat sotsiologiyasi» fani bilan uzviy aloqador. Shuningdek,
mehnat qonunlari, huquqlari va me’yorlarini o‘rganishda huquqiy
fanlar, jumladan, «Mehnat huquqi» fani tavsiyanomalariga
tayanadi.
12
Umuman, kadr deganda, turli sohadagi fan va texnika
mutaxassislari, shu jumladan, bajarayotgan ishi maxsus kasb
tayyorgarligini talab qiladigan malakali ishchilar tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |