1-mavzu. Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy h
olati
Reja:
1.1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari.
1.2. Menejmentning ilmiy maktablari.
1.3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi.
1.4. Menejmentning xorijiy modellari.
Mavzu bo’yicha xulosa
Boshqarish
insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqtirish, ishga mas’uliyatliligini
nazorat qilish, ularning bilim va ko’nikmalarini faoliyatga ijobiy ta’sir ko’rsatishini ta’minlash,
rag’batlantirish tashkil etishdir. Fanning predmeti xo’jalik yuritishning barcha bo’g’inlarida
boshqaruvni tashkil etish shakllari va uslublarini ifodalovchi nazariy hamda amaliy tamoyillar
majmuidan iborat. Boshqarish usullarini puxta egallagan, qo’llay biladigan rahbar nafaqat ishlab
chiqarish faoliyatini
samarali boshqarishga, qolaversa, butun iqtisodiyotni rivojlantirishga katta
ta’sir ko’rsatadi.
Menejment fani - ob’ekt-sub’ekt munosabatlarining barcha
jihatlarini boshqarishni
egallash, shuningdek, samarali faoliyat negizida foydani yanada ko’paytirish haqidagi nazariy va
amaliy bilimlar majmuasini o’rganadi.
“Menejment” kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarish, menejment tizimlari va uni
tuzishning tashkiliy shakllari, iqtisodiy mexanizmi va menejment uslublari, menejmnt texnika va
texnologiyasining nazariy va uslubiy asoslarini o’rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv
faoliyatining umumiy qonuniyatlari va
tamoyillari, menejment tizimiga ta’sir
usullarini
shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o’zini tutish hollarini
umumlashtiradi, iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va maliy tomonlarini o’rgatadi. Menejment
nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy tahlil va
mantiqiy uslub asosida, boshqaruvning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o’rganadi.
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: iqtisodiyotni bozor
munosabatlariga o’tishiga,
foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy
himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir.
Uning nazariy tomonlarining
asosiy vazifalari quyidagilar:
- menejmentning nazariy asoslarini o’rganish;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning asosiy usullarini o’rganish va amaliyotga
tadbiq etish;
- menejment faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egallash;
- menejment tamoyillari, funktsiyalari haqida tushuncha berish;
- menejment jarayonida kommunikatsiyalar va ulardan foydalanish ko’nikmalarini hosil
qilish;
- rahbarlik faoliyati bo’yicha kasbiy mahorat uslubi va madaniyati haqida
bilim berish;
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida menejment tizimini o’rganish va tahlil qilish;
- xorijiy tajribalarni o’rganish, ularni taqqoslash asosida o’qitish, o’rgatish va b.