Antropometriya. Bolalar qaddi-qomatini shakllanishi


parta qirrasi orasida 10 sm. ga yaqin masofa bo‘lsin



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix02.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#122695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
13 talik full removed.2tali pdf (....2)


parta qirrasi orasida 10 sm. ga yaqin masofa bo‘lsin.


Asosiy almashinuv jarayoning yoshiga qarab aniqlash 
Odam tashqi muxitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni o‘zgarishi, xazm qilinishi, 
hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi 
deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya 
hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar kupayadi, yosh organizm o‘sadi va 
rivojlanadi, tana xaroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-
biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyatsiya va 
dissimilyatsiya orqali o‘tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga 
o‘tishi assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya natijasida hujayralarning tarkibiy 
qismlari yangilanadi, ular kupayadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda 
assimilyatsiya shuncha aktiv o‘tadi, bu esa yosh organizmning o‘sishi va
rivojlanishini ta’minlaydi. 
Yevropa Ittifoqining barcha mamlakalatlarida salomatlik darajasi va ijtimoiy status 
orasida tizimli korelllyatsiya mavjud – ijtimoiy holat, statusda pasayishlar 
kuzatilishi bilan salomatlik darajasining ham pasayishi kuzatiladi. Sog’liqni saqlash 
sohasidagi ushbu ijtimoiy gradientlar zararli va adolatsizdir, ayniqsa, gap bolalar va 
yoshlar haqida ketganida bu adolatsizlik yaqqol seziladi, chunki dastlabki yillardagi 
qiyinchiliklar butun hayot sikli davomidagi salomatlik darajasiga o’z ta’sirini 
o’tkazadi. 
Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi dissimilyatsiya deyiladi. 
Buning natijasida energiya hosil bo‘ladi. Dissimilyatsiya natijasida hosil bo‘lgan 
qoldiq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Keksa odamlar 
organizmida dissimilyatsiya jarayoni ustun bo‘ladi. Sog‘lom organizmda bu ikkala 
jarayon muvozanatda bo‘ladi. Jismoniy mehnat, sport, aktiv turmush odam 
tanasidagi to‘qimalarning yangilanishi, organizmning yosh,sog‘lom va tetik 
saqlanishiga olib keladi. Moddalar almashinuvida ishtirok etadigan asosiy oziq 
moddalar-oqsillar; yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv 
hisoblanadi. 


Oziqlanish, moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari oziqlanish va moddalar
almashinuvi. Oziqlanish - hayot davomida organizmning opsish va rivojlanishi,
parchalangan hujayralar va to‘qimalar o‘rniga yangilarining hosil bo‘lishi, fiziologik
funksiyalarning bajarilishida sarflangan encrgiya o‘rnini topldirishi va moddalar
zahirasini yaratish uchun zarur moddalaming tashqi muhitdan tushib turish
jarayonidir.Moddalar almashinuvi organizmga tashqi muhitdan tushib turadigan
hayot uchun zarur bo‘lgan organik va anorganik moddalardan va ulardan
foydalanish natijasida hosil bo‘lgan oraliq va oxirgi mahsulotlarni chiqarilishi kerak
bo‘lgan jarayonlardan iboratdir. Organizm tarkibiga kiruvchi barcha moddalar
doimo yangilanib turadi. Ular parchalanish mahsulotlaridan va organizmga ovqatlar
bilan tushadigan moddalardan sintezlanadi. Moddalar almashinuvi ikki jarayonning:
assimilyasiya va dissimlyasiyaning birligida namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhitdan ichki muhitga tushgan barcha moddalar organizmning o‘zini
tarkibiga kiradi. Ular atrofiyaga uchragan hujayralarni tiklanishini, organizmning
opsishini, garmonlar, fermentlar sinte/ini organizmning hayotiy faoliyatida ishtirok
etuvchi boshqa organik moddalar sintezini va gidrolizini tapmin etadi (oziqlarning
plastiklik ahamiyati). Organizmga rushayotgan moddalar parchalanishi natijasida
o‘zlarida mavjud bo‘lgan potensial energiyani ajratadi va organizmni hayotiy
funksiyalarini tapmin etuvchi boshqa turdagi energiyalarga aylantiradi
(ozuqalarning energiyaviy ahamiyati). Assimlyasiya va dissimilyasiya jarayonlarida
hosil bopluvchi zaharli moddalar organizmda zararsizlantiriladi va moddalar
almashinuvining oxirgi mahsulotlari, undan ter, siydik va najas tarkibida chiqariladi.
Organizm ichidagi ozuqaviy moddalaming o‘zgarishi oraliq yoki intermediar
moddalar almashinuvini tashkil etib, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar almashinuvini
o‘z ichiga oladi. Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo’lsalar
ular shunchalik o’chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish ularning
salomatligiga ham ta’sir ko’rsatishdir. Ularga zaxira ma’lumotlarini to’plashlariga
yordam berish ularning butun umrlarida foyda berishi mumkin, shu bilan birga zarar
ham keltirishi mumkin.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin