Mavzu: o ‘quvchilar bilimini baholashning umumiy pedagogik masalalari



Yüklə 368,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix02.06.2023
ölçüsü368,26 Kb.
#123262
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu o ‘quvchilar bilimini baholashning umumiy pedagogik masal

2.O‘quvchilarni baholash turlari
O‘quvchilarni baholashning hozirda keng tarqalgan test sinovlari, yozma ishlar, 
laboratoriya ishlari, amaliy ishlar va boshqa shakllari bilan birga quyidagi ayrim 
shakl, usullardan foydalanish aynan o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim 
jarayoni shakllariga mos keladi:
Suhbat. O‘quvchi bilan suhbat dialog va hamkorlik tamoyillariga asoslangan 
bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va aniq 
vazifalari 
belgilanadi. 
O‘qituvchi tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali 
kamchiliklarni bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatib beriladi. O‘qituvchi suhbatni 
oldindan rejalashtiradi va o‘quvchi bilan suhbatni olib borganda, boshqa 
o‘quvchilar so‘zini bo‘lmasligi uchun oldindan kelishib olishi zarur. Har bir suhbat 
natijasini sinf rahbari jurnaliga yozib borish maqsadga muvofiqdir. Suhbat 
natijasida o‘qituvchi va o‘quvchi bir necha muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni 
belgilashlari lozim. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli, erishib bo‘ladigan 
maqsadlar kelishib olinadi va bu maqsadlarga erishishda yordam berishi mumkun 
bo‘lgan mavjud imkoniyatlarni muhokama qilib, belgilab olinadi.
Sinfdoshlar bilan baholash. O‘quvchilarni sinfdoshlar tomonidan baholash 
ko‘nikmalariga sinfdosh o‘quvilarni o‘rgatib borish lozim. Yaxshisi, baholashni 
kichik guruhlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda o‘qituvchi 
o‘quvchilarning ma’lum bir aniq bajargan ishini baholaydi. Sinfda oldindan 


qoidalar ishlab chiqilishi muhumdir. Ulardan asosiylari quyidagilar bo‘lishi kerak: 
barcha ishtirokchilar bir-birlarini eshitishi kerak, do‘stlarining so‘zini bo‘lib 
bo‘lmaydi, sabr-toqatli bo‘lishlari, fikrni ochiq bildirish, ijobiy yutuqlardan 
boshlash lozim (ular 3 tadan kam bo‘lmasliqi lozim), ishni yaxshilash bo‘yicha o‘z 
tavsiyalarini berish. Barcha ishtirokchilarni eshitib bo‘lgandan so‘ng, ishi 
muhokama qilingan o‘quvchi o‘z fikrini bildirishi mumkin. 

Yüklə 368,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin