O‘quvchi kundaligi. Uni tutish uchun o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida to‘liq
o‘zaro tushunish va ishonch bo‘lishi zarur. Kundalikda aks ettirilishi mumkin
bo‘lgan shaxsiy yoki nozik mavzular bo‘yicha, o‘qituvchi qanday qilib ta’sir
etishini oldindan belgilab olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchi kundalikdan bilgan
narsalar bo‘yicha bezovtalansalar, boshqa o‘quvchilarga maslahat bilan murojaat
qilish mumkinligini bilishlari kerak.
O‘z-o‘zini baholash. O‘quvchilar qo‘yilgan maqsadga erisha olishlari uchun
nimalar kerakligini aniqlay bilishlari kerak, buning uchun ularni o‘z-o‘zini
baholashga o‘rgatish zarur. O‘z-o‘zini baholash o‘qituvchi bilan dialog olib
borishga asoslangan. O‘quvchilarni o‘z-o‘zlarini baholashga tayyorlaganda
o‘qituvchi quyidagi savollarni ishlatishi mumkin.
Siz ushbu topshiriqni yaxshi bajarish uchun nimalar qildingiz?
Qaerda xatolar bor?
Boshqa o‘quvchilarga qaysi bo‘limlarni tushuntirib berishingiz mumkin?
Ushbu masalalar bo‘yicha maktabdan tashqari qanday tajribangiz bor?
Ushbu mavzu bo‘yicha qanday qo‘shimcha ma’lumotlarni bilasiz? va boshqalar.
Kuzatuv – baholashning muhim usuli bo‘lib, u ta’lim olish jarayonini tahlil
va nazorat qilishga qaratilgan. Quyidagilarni talab etadi:
Faqat ishning natijasiga emas, balki o‘quvchilar qanday ish olib borayotganligi
bilan ham tanishib borish.
O‘quvchilarning fikrlarini eshitish va zarur xulosalar chiqarish.
3. O‘quvchining o‘quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari XX asrda fanda monitoring tushunchasi qo‘llanila boshlandi. Boshqaruv
tizimida u o‘z vaqtida sifatli axborot to‘plash, ilmiy asoslangan axborotni qayta
ishlash, saqlash, tarqatishni o‘z ichiga oladi. U ilmiy izlanish orqali yig’ilganligi
uchun u yoki bu sohaning xulosalar asosida kelgusidagi rivojini ta’minlaydi. Ya’ni,
sohaning hozirgi ahvoliga baho beradi, istiqbolini bashorat qilishga yordam beradi.