Mavzu: o ‘quvchilar bilimini baholashning umumiy pedagogik masalalari



Yüklə 368,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü368,26 Kb.
#123262
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu o ‘quvchilar bilimini baholashning umumiy pedagogik masal

Baholash shakllari. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil 
shaklda o‘tkazilishi mumkin:
1. Mezonga asoslangan baholash.
2. Qiyoslashga asoslangan baholash.
Mezonga asoslangan baholash - baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga 
kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv 
maqsadlari asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga 
ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday 
baholash shu mezonlar bilan aniq belgilab berilgan o‘zlashtirish maqsadlari 
bo‘yicha erishilgan natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bunda natijalar
bevosita va xolis baholanadi, shuningdek,o‘quvchilar va sinflar bo‘yicha 
o‘zlashtirishni yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki 
boshqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari 
aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va 
o‘lchanadi.
Mezonga asoslangan (yoki maqsadli) baholashning:
Afzalligi
o‘quv maqsadiga muvofiq baholanadi. 
ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasi ob’ektiv baholanadi.
baholash o‘zining aniq ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. 
ta’lim oluvchining olgan bahosi uning yo‘l qo‘ygan xatolarini yaqqol ko‘rsatib 
beradi. 
baholanuvchini ta’lim olishga yo‘naltiradi;
baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini 
xolisona aniqlab beradi, ularning o‘z bilimi va malakalariga bo‘lgan ishochini 
oshiradi. 
hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarini o‘rnatadi.
ta’lim mazmunini aniqlab beradi. 
baholanuvchilarning o‘z faoliyati natijalariga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi.
Kamchiligi 
 mezonlarni ishlab chiqish ko‘p vaqt talab qiladi.
mezonlarning xolisligi, aniqligi va haqqoniyligini ta’minlashga nisbatan 
talablarning ko‘pligi;
Qiyoslashga asoslangan baholash – nisbiy baholash shakli bo‘lib, u yuqorida 
bayon qilingan mezonga asoslangan baholashdan so‘ng, uning natijalari asosida


baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro taqqoslash 
orqali o‘lchashdan iborat.
Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda 
baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu 
natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi.
Afzalligi
o‘qituvchi ko‘p vaqt sarflamaydi.
turli shart - sharoitga oson moslashtirish mumkin.
muayyan baholanuvchilar guruhi a’zolarini ularning o‘zlashtirish darajasiga 
qarab tabaqalashtirish imkonini beradi. 
baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini ajratib olish imkonini 
beradi (masalan, olimpiadaning navbatdagi bosqichiga ishtirokchilarni yoki 
kollejga kirish imtihonlari natijasida, boshqalarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkich 
ko‘rsatgan 25 kishini ajratib olish mumkin).
Kamchiligi
faqat muayyan o‘quvchilar guruhi, sinf, maktabdagi mavjud natijalarga qiyosan 
baholash amalga oshiriladi. 
baholar o‘qituvchi tomonidan sub’ektiv belgilanishi mumkin.
bilimlarni xolisona va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratadi.

Yüklə 368,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin