Temperament va xarakter



Yüklə 432,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü432,37 Kb.
#123704
1   2   3   4   5   6   7
\'òåìïåðàìåíò

 
17.1. Shaxs rivojlanishining 
individuallik xususiyatlari 
differensial psixologiyaning 
predmeti sifatida 
 
Xarakterning irodaviy qirralari – hulq-atvor va faoliyatni ongli, tushunchaviy-
vositali boshqarishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari. 
Xarakterning emotsional qirralarixarakatning bevosita, o’z-o’zidan
boshqarilishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari. 
Xarakterning intellektual qirralari – aqliy qobiliyatlarning barqaror individual–
tipologik xususiyatlari.
 
Shaxs – psixologiya fanining asosiy 
ilmiy 
tushunchalaridan 
biri 
bo‘lib 
hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish 
va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini 
beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish 
uchun ushbu tushunchani «inson individ
shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz. 
Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, 
ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur 
faylasuflaridan biri YUrgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi 
dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», 
individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni 
taklif etdi. 
Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z 
maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu 
fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga 
muvofiq faoliyat olamidir. 
Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli 
faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan 
munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va 
yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. 
Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan 
o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni 
biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi 
jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni 
o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar 
tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi . 
Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi 
va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson 
mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat 
qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, 
u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning 


«hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan 
holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib 
emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa 
«mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga 
yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida 
kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, 
san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi. 
«Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ – 
bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil. 
Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi 
biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, 
ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» 
tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan 
foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi. 
Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy 
sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud 
emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni 
xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik 
xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni 
boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab 
boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi. 
SHaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil 
ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. 
Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. 
Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. 
Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar 
yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va 
muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan 
ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib 
boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur 
va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning 
ta’riflari shulardan iborat. 
Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: 
«SHaxs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va 
munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar 
uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining 
psixologik xususiyatlari tizimidagi inson»
1

1
Немов Р.С. Психология. В 3-х кн. М., 1999. Кн.1. Б.33. 



Yüklə 432,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin