ega bo‘lishidan iborat edi. E. Krechmer to‘rt xil asosiy konstitutsion tiplarni
ajratdi, bularga leptosomatik, piknik, atletik, displastiklarni kiritdi.
Leptosomatikka mo‘rt
tana tuzilishi, baland bo‘y, yassi ko‘krak qafasi, tor
elka, uzun va ozg‘in oyoq-qo‘llar xosdir.
Piknik – yog‘ to‘qimasi rivojlangan, o‘ta
semiz, o‘rtacha yoki past bo‘yli, katta qorinli, kengayib ketgan tana va kalta
bo‘yinda joylashgan dumaloq kallaga ega.
Atletik – mushaklari rivojlangan, kuchli
tana
tuzilishiga ega, baland yoki o‘rtacha bo‘yli, keng elkali, tor bo‘ksali odam.
Displastik – shaklsiz, noto‘g‘ri tana tuzilishiga ega bo‘lgan odam. Bu tipdagi
individlar tana tuzilishining turli nuqsonlari bilan ajralib turadilar, masalan, o‘ta
baland bo‘y, mutanosib bo‘lmagan tana tuzilishi.
Ko‘rsatib o‘tilgan tiplarning tana tuzilishlari bilan E.
Krechmer uch xil
temperament: shizotimik, iksotimik, siklotimiklarni ajratdi.
SHizotimik astenik
tana tuzilishiga ega, u odamovi, kayfiyatning o‘zgarishlariga beriluvchan, qaysar,
fikr va qarashlarini o‘zgartirishga moyil emas,
atrofga qiyinchilik bilan
moslashadi. Aksincha,
iksotimik atletik tana tuzilishga ega, xotirjam, imo-
ishoralari tiyilgan taassurotsiz odam, yuqori bo‘lmagan
tafakkur egiluvchanligiga
ega, ko‘pincha maydakash. Piknik tana tuzilishiga
siklotimik ega bo‘ladi, uning
hissiyotlari shodlik va g‘amginlik o‘rtasida o‘zgarib turadi, odamlar oson aloqaga
kirishadi, qarashlari voqelikka mos keladi.
Krechmer nazariyasi Evropada keng ommalashdi. AQSHda XX asrning 40-
yillarida
U. SHeldonning temperament konsepsiyasi keng tarqaldi. Bu konsepsiya
asosini tana va temperament – bu odamning bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan
ko‘rsatkichlari haqidagi taxmin tashkil etadi. Uning fikriga ko‘ra, tana tuzilishi
uning vazifasi bo‘lgan temperamentni belgilab beradi. SHeldon tana tuzilishining
asosiy tiplari mavjudligi haqidagi
gipotezadan kelib chiqib, ularni ta’riflashda
embriologiya atamalaridan foydalanadi.
U uch xil tipni ajratdi: endomorf (endodermadan asosan ichki organlar hosil
bo‘ladi); mezomorf (mezodermadan muskul to‘qima hosil bo‘ladi); ektomorf
(ektodermadan teri va nerv to‘qimasi hosil bo‘ladi). Endomorf tipiga mansub
odamlarga zaif, kuchli rivojlangan yog‘ to‘qimali tana tuzilishi, mezomorf tipiga
kelishgan va mustahkam tana tuzilishi, katta jismoniy kuch xosdir, ektomorfga esa
– mo‘rt tana tuzilishi, yassi ko‘krak qafasi va uzun ingichka kuchsiz muskulli
oyoq-qo‘llar xos. Sheldon bo‘yicha, bunday tipdagi tana tuzilishlariga
temperamentlarning ma’lum tiplari mos keladi, u tananing ma’lum organlari
vazifalaridan
kelib chiqib, quyidagicha nomladi: visserotoniya (ichki organlar),
somatotoniya (tana) va serebrotoniya (miya). Ma’lum tana tuzilishining ustunligini
sheldon mos ravishda visserotoniklar, somatotoniklar va serebrotoniklar deb ataydi
va har bir odam xossalarning bunday guruhlariga ega bo‘ladi deb hisoblaydi.
Hozirgi zamon psixologiyasida bunday tiplarning ko‘pchiligi inson psixik
xossalrining shakllanishida muhit va ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati to‘g‘ri
baholanmaganligi sababli qattiq tanqid ostiga olinadi. Organizmda dominantlik va
boshqaruvchi vazifalarni bajaradigan asab tizimi vazifalarining o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan konsepsiyalar jiddiy e’tiborga loyiqdir.
Nerv jarayonlari ba’zi umumiy xossalarining temperament tiplari bilan aloqasi
nazariyasi
I.P. Pavlov tomonidan taklif etilgan edi. U tadqiqot uchun Krechmer
kabi tanalar va qon tomirlarining tashqi tuzilishini (P.F. Lesgaft) emas, balki yaxlit
organizmni oldi va unda bosh miyani ajratib, ilmiy izlanish ob’ekti sifatida uning
xossalarini belgilab chiqdi.
Ushbu yondoshuvning afzalligi boshlang‘ich holat sifatida biologik
hosilaning qo‘shimcha
va ikkilamchi belgilari emas, balki inson organizmining
etakchi tizimi – markaziy nerv tizimi belgilari olinganligidan iborat edi.
Pavlov tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar temperamentning fiziologik
asoslarini tushunish uchun ahamiyatli bo‘lgan tajribalar sifatida baholanadi.
Temperament nazariyasining rivojlanishiga rus psixologiyasida
B.M. Teplov
katta hissa qo‘shdi. U temperament xossalariga psixik faoliyat dinamikasini
xarakterlaydigan barqaror psixik xossalarni kiritdi. Temperamentning individual
xususiyatlarini temperament u yoki bu xossalari rivojlanganlik
darajasi bilan
tushuntiradi. Temperamentning ahamiyatga molik xossalariga quyidagilar
kiritilgan edi: juda kuchsiz tashqi va ichki ta’sirlarga javob bildirish layoqati –
Dostları ilə paylaş: