O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta`lim vazirligi farg‟ona davlatuniversiteti fizika-matematika fakulteti


II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix02.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124072
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasi

II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA 
ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH 
2.1-§. Barkamol avlodga ta’lim –tarbiya berish jarayonida masofadan 
o’qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari 
Bizga ma‟lumki, bugungi kunda ta‟lim sohasi sifat va samaradorligini 
oshirishni zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarisiz tasavvur
qilish qiyin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta‟lim jarayonini didaktik va 
axborot ta‟minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish bosqichida 
ta‟lim-tarbiya mazmunini o‟zlashtirishning muammolarini yechishga qaratilgan 
zamonaviy ta‟lim-tarbiya texnologiyalarini yaratish dolzarb masala ekanligi 
ta‟kidlangan. Shu jumladan, ta‟lim-tarbiya jarayonida fan va ishlab chiqarish bilan 
integrasiyasi usullarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, nazariy va amaliy 
mashg‟ulotlar hamda mustaqil bilim olish jarayonini individuallashtirish, shu bilan 
birga masofali ta‟lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, 
o‟zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari hamda masofali o‟qitish 
texnologiyalari asosida o‟quvchilarni o‟qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb 
vazifalar sirasiga kiradi.
Bu vazifalar o‟z navbatida Prezident farmon va qarorlari, vazirlik va 
mutassaddi tashkilotlar qaror va buyruqlarida o‟z aksini topmoqda. «Barkamol 
avlod yili” Davlat dasturida ham “ ta‟lim sohasida zamonaviy axborot va 
kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli 
va keng 
formatli 
telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o‟zlashtirish” masalasi dolzarb 
vazifalar qatorida belgilanadi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, barkamol avlodni shakllantirishda masofaviy 
o‟qitish texnologiyalari asosida masofaviy ta‟limni tashkil etish, ushbu vazifalarni 
amaliyotga tatbiq etilishining ijobiy natijasi sifatida e‟tirof etish o‟rinlidir. 
Internet texnologiyalar asosidagi masofaviy ta‟lim, bu ta‟limning 
zamonaviy universal shakli bo‟lib, u o‟quvchilarning individual so‟rov-lariga
shaxsiy ehtiyojlariga va ularning qiziqishlariga mo‟ljallangan.


26 
O‟quv jarayonida axborot texnologiyalari asosida masofadan o‟qitish 
tizimini tashkil etishni an‟anaviy o‟qitish tizimi bilan uyg‟unlashgan holda 
samarali amalga oshirilishi quyidagi bir nechta omillarga bog‟liq bo‟ladi: 

ta‟lim 
muassasalarida 
zamonaviy 
axborot 
va 
kompyuter 
texnologiyalari bazasining mavjudligi va yetarliligi; 

Internet tarmog‟ida ishlashning uzluksizligi; 

masofadan bilim olayotgan o‟quvchilarning bilim olish ishtiyoqi
qiziqishi va o‟zlashtirish darajasining yuqoriligi; 

masofadan o‟qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali mutaxassis 
va o‟qituvchilarning jalb etilishi; 

masofadan o‟qitish tizimining kerakli va sifatli o‟quv materiallari,
elektron darsliklar va o‟quv kurslari bilan ta‟minlanganligi va ularning 
yetarliligi; 

masofadan o‟qitish tizimida barcha mashg‟ulotlarni tizimli tarzda olib 
borilishi. 
O‟quvchilarga ta‟lim-tarbiya berish jarayonida masofadan o‟qitish 
vositalariga an‟anaviy o‟qitish vositalardan tashqari quyidagilar ham kiradi: 

elektron o‟quv nashrlar; 

kompyuter o‟qitish tizimlari; 

audio-vidio o‟quv materiallari; 

turli adabiyot va axborotlar manbalari tomonidan tavsiya etilgan 
o‟quv-nazorat testlari; 

kutubxona ma‟lumotlar ba‟zasi bilan aloqa; 

virtual materiallar va laboratoriyalar; 

o‟quvchilar bilimlarini baholash mezonlari va materiallari. 
Ta‟lim tizimida axborot texnologiyalari asosida masofadan 
o‟qitishning samaradorligini oshirish ko‟p jihatdan yaratilayotgan va 
qo‟llanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar – o‟quv dastur, elektron o‟quv 


27 
qo‟llanma, avtomatlashtirilgan o‟qitish kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibiy 
qismi, mazmuni va o‟qitish sifatiga bog‟liq bo‟ladi. 
O‟quvchilar mustaqil bilim olishida, o‟tilgan mavzularni takrorlashda, 
hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o‟rgatuvchi, axborot – 
ma‟lumotli, nazorat qilish dasturlari axborot texnologiyalari asosida masofadan 
o‟qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‟ladi. 
Ta‟lim-tarbiya tizimida ana shu funksiyalarning hammasi o‟zida 
mujassamlashtirgan elektron o‟quv darsliklarini yaratish va undan foydalanish 
masofadan o‟qitish tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo‟lib hisoblanadi. 
Masofadan o‟qitish tizimida o‟quv ma‟lumotlarini olish va uzatish 
usullariga ko‟ra masofaviy taxnologiya 2 xil bo‟ladi: keysli va tarmoqli. 
Keys uslubi va texnologiyasi ta‟lim jarayonida amaliy mashg‟ulotlar 
sifatini oshirishning ilg‟or vositasidir. Keys ta‟lim maqsadini amalga oshirish, 
amaliy muammoli vaziyatlarni taxlil etish va o‟quv natijalariga kafolatli 
yetishishning optmial usul va vositalari majmuasidan iborat bo‟lgan ta‟lim 
texnologiyasidir.
Keys texnologiyasida o‟quvchilarga o‟quv va o‟quv-amaliy 
materiallar «Keys» yoki portfel ko‟rinishida beriladi. Bu materiallar kompakt-disk 
yoki boshqa axborot tashish vositalarida joylashgan bo‟ladi.
O‟quvchilarda unda berilgan nazariy ma‟lumotlarni mustaqil 
o‟rganish bilan birga, amaliy masalalar yechimiga nisbatan o‟zlarining fikr 
mulohozalarini bildiradilar. 
Masofadan o‟qitishning tarmoq texnologiyasida o‟quv dargohi va 
o‟quvchi orasida ma‟lumotlar almashinuvchi telekommunikasiyadan foydalanish 
bilan, ya‟ni lokal yoki internet tarmog‟ida ishlash orqali amalga oshiriladi. 
Tarmoq texnologiyasidan foydalanish orqali virtual o‟qitish formasiga 
o‟tish asoslari va texnologiyalari yaratiladi. 
Masofaviy o‟qitish an‟anaviy o‟qitish shakllaridan quyidagi harakterli
xususiyatlar bilan ajralib turadi: moslanuvchanligi, ya‟ni chegaralanmagan 
ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda va sur‟atda foydalanish imkoniyati; 


28 
modulliligi, ya‟ni extiyojiga qarab ixtiyoriy fanni o‟rganishi; parallellik, ya‟ni 
asosiy o‟qishidan ajralmagan holda ta‟lim olish; qamrab olish, ya‟ni bir vaqtning
o‟zida o‟quv axboratlarining bir qancha manbalariga murojaat qilish va 
o‟qituvchilar bilan muloqotda bo‟lish; iqtisodiyligi, ya‟ni, o‟quv xonalari va 
texnika vositalaridan samarali bepul foydalanish; texnologiyaliligi, ya‟ni ta‟lim
jarayonida axborot va telekommunikasiya texnologiyalarining erishgan yangi
yutuqlaridan foydalanish o‟quvchilarni jahon axborotlar olamiga kirib
berishini ta‟minlaydi. 
Masofaviy o‟qitish barcha o‟quvchilarga o‟zlarining individual 
xususiyatlariga muvofiq bilim darajalarini oshirish imkoniyatini beradi. 
O‟qitishning bunday usulida o‟quvchi aniq bir vaqtlarda mustaqil tarzda interfaol 
tarzda o‟quv – uslubiy materiallarni o‟zlashtiradi, test sinovlaridan o‟tadi, 
o‟qituvchi rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va «virtual» o‟quv guruhidagi 
boshqa shquchilar bilan o‟zaro aloqa qiladi. Ma‟lumotlarni matn ko‟rinishda 
yetkazish asosidagi o‟qitishning an‟anaviy vositasi o‟quvchilarni yangi o‟quv 
materiali bilan tanishtirish uchun qo‟llaniladi, interfaol audio va video 
konferensiyalar esa real vaqt rejimida o‟zaro muloqot qilishni ta‟minlaydi, 
kompyuterli anjuman va elektron pochta esa axborotlarni uzatish, o‟quvchilar bilan 
o‟zaro aloqa qilish va bir guruhda o‟qiydigan o‟quvchilarni o‟zaro aloqalarini 
ta‟minlash uchun qo‟llaniladi. Oldindan yozib olingan video materiallar 
o‟quvchilarga o‟quv materiali mazmunini vizual tarzda yetkazish imkonini beradi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin