O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta`lim vazirligi farg‟ona davlatuniversiteti fizika-matematika fakulteti


II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix02.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasi

II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA 
ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH ................................. 25 
2.1-§. Barkamol avlodga ta‟lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o‟qitish 
texnologiyasidan foydalanish asoslari ............................................................... 25 
2.2-§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari. ....... 28 
2.3-§. Elеktron darsliklar yaratish tеxnologiyasi................................................ 38 
2.4-§. Elektron ma‟lumotnomani yaratishda qo‟llanilgan dasturiy vositalar. ..... 52 
XULOSA. ............................................................................................................ 61 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: ........................................................... 64
 
 



KIRISH 
 
Biz amalga oshirayotgan islohotlarning 
asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi 
uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir. 
Sh.M.Mirziyoyev
 
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi:
Hozirgi kunda umumiy o„rta ta‟limning biror o„quv fanini to„liq ravishda 
yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o„tsa qanday samara berishini yoki 
AKTni qo„llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, 
uning bilish jarayoniga ta‟sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana 
boshqa ko„p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo„lib bormoqda. Akademik 
litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o„quv 
qo„llanmalari o„g„il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, 
pedagoglar uchun ko„makchi vazifasini ham o„tayotir. Darsliklarning elektron 
shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz 
mutaxassislari Respublika ta‟lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo„lga 
qo„ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali 
virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta‟limiy o„yinlar va boshqa ta‟lim resurslari, 
metodik qo„llanmalardan ayni vaqtda ko„plab ta‟lim muassasalarida keng 
foydalanilmoqda.
Ta‟lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida 
pedagoglar uchun o„quv-trening vazifasini o„tovchi elektron axborot-ta‟lim 
resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o„qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, 
malakasini 
oshirishga 
xizmat 
qiladi. 
Multimedia 
dasturlarini 
yaratish, 
rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o„z samarasini bermoqda. Ta‟lim 
maskanlarida o„quvchilar to„g„ridan to„g„ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va 
audiodisklar 
yordamida 
fanga 
oid 
ma‟lumotlar 
bilan 
tanishmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o„z 



salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. 
Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay 
imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir.
Barchamizga ma`lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. 
Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi 
texnologiyalardan foydalanib dars o‟tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‟lgan 
yoshlarni yuksak madaniyatli, o‟tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog 
xodim o‟zini mas`ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib 
borishi, 
yangi 
texnologiyalardan 
unumli 
foydalanishi 
dolzarb 
masala 
hisoblanadi.[2] 
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bilimdon va ma`naviy 
yetuk bo‟lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara 
oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning 
asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor 
iqtisodiyotiga o‟tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan 
tayyorgarligiga bog‟liq bo‟ladi”, deb ta`kidlagan edilar. 
Mustaqil rivojlanish yo‟lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy 
sharoitlar ro‟yobga keldiki, bu xalq xo‟jaligining barcha sohalarida, xususan, 
ta`lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va 
texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng 
qo‟llanilayotganligi, o‟quvchilarga berilishi lozim bo‟lgan bilimlar ko‟lamining 
tobora oshib borayotganligi, ta`limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‟yicha milliy va 
mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash 
imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta`limning zamonaviy metodlarini ishlab 
chiqishni talab qiladi.  
O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Ta`lim to‟g‟risida”gi 
qonunda ta`limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida 
ta`limni umumiy o‟rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar 
kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‟yilgan bo‟lsa, “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning 



ilg‟or yutuqlarini e`tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har 
tomonlama shakllangan va yetuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy 
yo‟nalishlari belgilab berilgan. 
Xalq xo‟jaligining istiqbolli rivojlanishini ilmiy kuzatishlar asosida olib 
borish kadrlar tayyorlash masalasini to‟g‟ri rejalashtirishga va hal qilishga yordam 
bermog‟i lozim. Bu esa akademik litseylarda ta`lim tizimining boshqa 
bosqichlarida ta`lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashni, ya`ni ta`lim jarayonida 
yangi pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishni, amaliy vaziyatlarni 
modellashtirish va ularni yechishning samarali metodlarini izlab topishni, 
ta`limning shaxsiy va mustaqil shakllarini rivojlantirishni, talabalarni yo‟nalishlari 
bo‟yicha ijodiy qobiliyatlarini, mustaqil fikrlarini shakllantirish va rivojlantirish 
hamda ularning analitik va ijobiy fikrlashlarini ilmiy va ilmiy-metodik 
tadqiqotlarga faol jalb qilishni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birga 
umuta`lim maktablari, akademik litseylarida informatik ta`limning ham nazariy,
ham amaliy jihatdan zamonaviy talab darajasiga ko‟tarilayotganligi, uning amaliy 
ahamiyatining oshganligi, ta`limni isloh qilish to‟g‟risidagi qonunlari talabalarni 
yo‟nalishi bo‟yicha mutahassislik tayyorgarligini tubdan yaxshilash zaruratini 
ilgari suradi.[3] 
O‟zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlab 
o‟tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo‟lajak o‟qituvchilar shaxsiga 
qo‟yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma`naviy 
barkamollik deb belgilash mumkin”.[2]
Qabul qilingan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta`lim muassasasi va 
o‟qituvchilar tayyorlovchi muassasalar oldiga katta vazifalar yuklaydi. Hozirgi 
zamon o‟qitish tizimidagi maktab darslarida nazariyot bilan amaliyot o‟rtasidagi 
bog‟lanishni kuchaytirish malakasi muhim ro‟l o‟ynaydi. 
Keyingi o‟n yillar davomida O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikka 
erishgandan so‟ng ta`lim sohasida ham qator tub o‟zgarishlar amalga oshirilmoqda 
“Ta`lim to‟g‟risida”gi qonun, “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi” akademik 



litsey va kasb-hunar kollejlari o‟qituvchi va o‟quvchilarining oldiga ham qator 
vazifalar qo‟ymoqda. 
O‟quvchilarning informatik bilimlarini o‟z kasbi doirasida, kundalik 
hayotda qo‟llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon 
talabidir. 
Ta`limda talabalarni bilimlarini va ularni nazorat qilishda zamonaviy 
pedagogik vositalarini qo‟llaganda o‟quvchi eshitish, ko‟rish, ko‟rganlari asosida 
mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‟ladi. Ta`lim jarayonida zamonaviy 
pedagogik vositalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda 
tashkillashtirish uchun ma`lum bir shart – sharoitlar mavjud.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan 
foydalanib o‟qitish texnologiyasi mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan 
biridir. Bugungi kun o‟quvchisi nafaqat bilim, ko‟nikma, malakalarini o‟zlashtira 
oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‟oyasi singdirilib boriladi. 
Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir. 
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda fanlar bo‟yicha o‟qituvchilar, talaba 
o‟quvchilarning bilimlarini doimiy tashkil etish va ularni nazorat qilish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy va 
o‟quv yurtida informatik ta`limni kelgusi istiqbollarini belgilash va harakatlarni 
aniqlangan kamchilik va chetlanishlar tomon yo‟naltirish ko‟plab muammolari tez 
hal qilishga yordam beradi.[4] 
Bugungi kunga kelib ta`lim jarayonida faqat pedagogning faol mehnat 
qilishi yetarli samara bermay qoldi. O‟qitish, o‟rganish jarayonida o‟quvchilarning 
faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlay olishi, mustaqil o‟rgana olishi, 
mustaqil masalalar yecha olishi ta`lim samaradorligini o‟quvchilarning mustaqil 
bilim olishlarining ahamiyati katta. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin