16
- o„quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko„rinishini shakllantirishda
axborot
jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va
kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini ochib berish;
- kompyuterlardan
ongli va ratsional foydalanish ko„nikmalarini
shakllantirish.
«Informatika va AT» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy
ta`lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo„shadigan o„ziga hos xissasi bilan
aniqlanadi.
1.
O„quvchilarda informatika haqidagi bilimni shakllantirish va ular
tafakkurini rivojlantirish.
2.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu
muhim vazifani hal etishda
butun pedagogik jamoa barcha o„quv predmetlarini o„qitish jarayonida ishtirok
etadi.
3.
Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
4.
O„quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta`lim
olishni davom
ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilmagan holda,
alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas
bog‟liq holda amalga oshirilishi lozim. o„quvchilar informatika asoslarini
mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini
tarbiyalash va ilmiy
dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o„rgatish
bilangina, o„quvchilarning informatikani fan sifatida uning o„ziga xos tomonlarini
chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o„qitish
jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to„g‟ri hal etishga erishish uchun
informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to„g‟ri va chuqur
xulosalar qila olsagina, o„quvchilar har bir masalani
echishga tanqidiy va ijodiy
yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o„zlarini yo„qotib qo„ymaydilar va
turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko„rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish
o„quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi,
17
hamda informatikadan
bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to„liq va mustahkam
bo„lishini ta`minlaydi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o„quvchilari o„zlashtirishi zarur
bo„lgan informatika va AT fani mazmuniga qo„yiladigan talablar:
-
Informatsiya, o„lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika
fanining taraqqiyoti,
algoritm tushunchasi, dastur, uning turlari, EHM umumiy
tuzilishini bilish;
-
Norton Commander (NC) operatsion qobig‟i haqida tushuncha, fayl
tushunchasi, fayllarning
turlari va nomlanishi, NCda fayllar ustida bajariladigan
amallar, funktsional tugmachalar va ulardan foydalanish, amaliy dasturlar va
ularning asosiy turlarini bilish;
Dostları ilə paylaş: