Ta‟lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta‟lim metodlari yordamida amalga
oshiriladigan ta‟lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin.
Ta‟lim metodi - bu ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum maqsadga
qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan
yo„l-yo„rig„idir.
Pedagogik metodlarning turlari. Ta‟lim metodlarini ta‟lim maqsadlariga erishish bo„yicha, o„quvchi va
o„qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo„yicha
quyidagicha guruhlarga bo„lish mumkin:
O„qituvchi markazda bo„lgan uslublar;
O„quvchi markazda bo„lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o„qitish modellarida
birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy
uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to„la muvofiq bo„lib,
o„quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo„llaniladi.
O„qituvchi markazda bo„lgan uslub. Bu uslub orqali o„qituvchi o„zi
egallagan ma‟lumot va ko„nikmalarni o„quvchilarning sezgi organlari orqali
uzatish yo„llarini qidiradi. Bunda o„quvchilarning ishtiroki passiv bo„ladi, ya‟ni
ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma‟ruzalarni yozib boradilar.
Bu uslublar asosan o„qituvchining quyidagi faoliyat turlari orqali amalga
oshiriladi:
Og„zaki o„qitish usuli (ma‟ruza, hikoya) Insonlar o„rtasidagi eng sodda muloqot yo„llaridan biri – og„zaki nutq –
og„zaki ta‟rif yoki asosiy mazmunning og‟zaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub
butunlay «so„zlash» orqali amalaga oshiriladigan o„qitishning eng rasmiy uslubi
hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o„quvchining
ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.Bunda asosan o„quvchining
eshitish qobiliyati ishga solinadi.