2-§. Amir Temur davlatining tashkil topishi.
Amir Temur O„rta Osiyoda markazlashgan
davlat tashkil qilishda,
ma'rifat ishlarini rivojlantirishda katta rol o„ynadi
5
.
Temur o„z tasarrufida markazlashgan davlatni yuzaga keltirish maqsadida
Kesh shahridan Samarqandga ko„chib o„tib, uni Movarounnahrning poytaxtiga
aylantiradi. Sohibqiron aniq, muloxazalari bilan xalqni zulmdan ozod qilish
va o„zoq yillik boshboshdoqlik hukmron bo„lgan yerda markazlashgan davlat
tuzish mushkulligini sezganligi sababli dastlab mamlakatni tashqi xavfdan
saqlash maqsadida asosini barlos urug„lari tashkil etgan yengilmas va jangovor
milliy qo„shin to„zadi, ularga katta imtiyozlar beradi.
Temur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan o„z qo„shinlariga
suyanganligi sababli harbiy islohotga, ya'ni qo„shin boshliqlarini tanlash, lashkar qismlar,
ularning
joylashishi, askarlarning qurollanishi va harbiy intizom masalalariga keng
e'tibor bergan. U qo„shinlarini o„nlik, yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga
bo„lgan. Uning uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblagan.
Amir Temur lashkarlarga ham
katta e'tibor berib, ular nizomni qat'iy bajarishi,
jangda
ayovsiz va dovyurak bo„lishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo„lishi lozim
deb hisoblardi. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli,
xudojo„y kishilar ko„p bo„lgan. Ular bechoralarga xayru ehson ko„rsatish, boshga
og„ir kunlar tushganda yordam qo„lini cho„zish, asirlarga yumshoq
muomalada bo„lish va ularni ozod etishga odatlanganlar. Amir Temur doim
jangda jasorat ko„rsatgan amirlar va askarlarga alohida e'tibor bilan qaradi. Natijada
Sohibqiron uyushqoqlik hukm surgan yuz minglik qo„shinlari ichida intizomni
mustahkamlash bilan o„z davlatining poydevori bo„lgan qo„shin tuzishga
muvaffaq bo„ldi.
Temur Movarounnahr taxtini
egallagan vaqtdan boshlab, o„z davlati
chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Shu maqsadda u
1
1
Мўминов И. Амир Темурнинг Ўрта ОСиё тарихидаги ўрни ва роли ҳақида. Т., 1960, 14 б.
Amudaryo va Sirdaryo oralig„idagi yerlarni o„z tasarrufiga oladi. Xorazmga
besh marotaba yurish qilib, 1388 yilda uni butunlay bo„ysundiradi,
bu yerda
hukmronlik qilayotgan sufiylar sulolasini tugatadi. Temur o„zining uch yillik
(1386-1388), besh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari
davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini,
Hirotda
kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni o„z tasarrufiga oladi. 1394-1395
yillarda Oltin O„rda xoni To„xtamishga qarshi yurish qilib, uning ko„p sonli
qo„shinini mag„lubiyatga uchratadi va Oltin O„rda hududini egallaydi.
Temurning bu g„alabasi Oltin O„rdaga juda katta zarba berish bilan birga Temur
qo„shinlarining Volga daryosi bo„ylarida bemalol yurishlariga ham keng yo„l
ochdi. Ta'kidlash joizki, Temurning bu g„alabalari tarix sahnasida ulkan
ahamiyat kasb etdi.
Amir Temur 1398 yilda Hindistonga qilgan yurishida Dehli shahrini, 1400 yilda
Suriyaga qilgan yurishida g„alaba va Bayrut shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini
egallaydi.
1402 yilda usmoniylar imperiyasining sultoni
Yildirim Boyazidga qarshi
yurishida uni mag„lubiyatga uchratdi. Bu g„alaba bilan Temur yevropaning
usmoniylar asoratiga tushishini bir necha o„n yillar orqaga surib yubordi.
Temur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga yurish uchun
harbiy taraddud ko„radi. Shubhasiz, Temur bu yurish uchun o„zoq yillar
tayyorlanib, jang uchun kerakli bo„lgan ma'lumotlarni yillar davomida to„plagan
edi. 1404 yilda Temur 200 minglik qo„shin bilan Xitoy safariga otlandi. Ammo
Temurning qattiq betobligi tufayli uning qo„shinlari 1405 yilning yanvar oyida
Xitoyga yaqin bo„lgan chegara shahar O„tror shahrida to„xtaydilar va shu yerda
1405 yilning 18 fevralida buyuk sohibqiron Amir Temur vafot etadi. Vafotidan oldin
o„g„ilariga shunday vasiyat qiladi:
“O„g„illarim!
Millatning ulug„ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga
qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o„qing, aslo unutmang va tadbiq
eting.
Millatning dardiga darmon bo„lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko„ring,
yo„qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va Ozodlik dasturingiz,
rahbaringiz bo„lsun. Faqat vasiyatimda
sizga idora shaklini, uning ilkularini
ko„rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas...”
6
.
Dostları ilə paylaş: