Amir Temurning yana bir xotini
Tukal xonimdir, Hizr Xo„janing qizi edi.
800/1397 yilda sohibqiron Amir Temur Konigulda katta to„y o„tkazib, Tukal xonimni o„z
nikohiga kiritadi. Tukal xonim xaramda (xon qizi bo„lgani tufayli) Saroy Mulk xonimdan
keyingi o„rinda turgan, ya'ni "kichik xonim" deb atalgan. 1397 yilda sohibqiron Tukal
xonim sharafiga Samarqandda "Bog„i dilkusho"ni barpo ettiradi.
Ibn arabshohning yozishicha, 1408 yilda Xalil Sulton Mirzoning xotini
Shod Mulk begim Tukal xonimni zaharlab o„ldirgan.
Sohibqironing keyingi paytlarda olgan xotini
Ruh Parvar Og‘o bo„lib, amir
Temurning xoz kanizlaridan edi. Rux, Parvar Og„o ham yosh va go„zal ayol bo„lgan.
Uning sohibqirondan farzandi bo„lmagan.
Amir Temur vafotidan so„ng Ruh, Parvar Og„oni Amir Hamza Sulduz
xotinlikka olgan. Amir Hamza Sulduz vafotidan keyin Ruh Parvar Og„oni amir Ali
Tarxon o„z nikohiga oladi. Ali Tarxon vafotidan keyin Ruh, Parvar Og„oni amir Hasan
So„fi o„z haramiga olgan. Ruh, Parvar Og„o 1423 vafot etgan
8
.
Dostları ilə paylaş: